Doris Kareva (Doris Kareva; 28 noyabr 1958, Tallin) — eston shoirasi va jurnalisti.
* * *
Dengiz yoqasidagi uy
esiga oladi har doim
qirg‘oqda to‘xtagan qayiqligini.
Vaqt va borliqni oralab,
oxiri yo‘q ummon tomonga
jo‘nab ketadi qayiq.
Uning atrofida oqar yulduzlar,
ichida ichikar o‘choq,
hech kim yo‘q o‘tini gurillatishga.
O‘z xo‘jasin sog‘ingan qulday
ha, shunday
dengiz bo‘yida
kulba ko‘z tikadi o‘z xo‘jasiga.
Rus tilidan Go‘zal Begim tarjimasi