Yolka Nyagolova – taniqli bolag shoirasi, adiba va tarjimon. “Belgilar” jurnali bosh muharriri. Slavyan adabiyot va san’at akademiyasi asoschisi. Uning o‘n beshdan ortiq she’riy kitoblari ona vatani va boshqa mamlakatlarda chop etilgan. “Kaftdagi kashtan”, “Oyna”, “Shahar manzaralari” singari she’riy to‘plamlar muallifi. Asarlari rus, ingliz, ukrain, nemis, frantsuz tillariga o‘girilgan.
KUNGABOQAR
Mana, men, turibman kuzakda
kungaboqar misoli,
Zilday og‘ir boshimni tashlab yelkamga.
O‘ylarim to‘kilar –
chambarakdan so‘kilar
etilgan urug‘…
Ne bo‘lar bir marta tushimga kirsa
Ko‘rkam-tik qaddim,
yashil ko‘ylagim,
O‘tgan, olislagan tillarang kunlar…
Tomchi-tomchiyurak so‘zlarimni
bir qush cho‘qilaydi erinmay,
Soqovday tutilib takrorlar chunon.
Qanotsiz, begona hayot haqida
Quyoshga xabarlar so‘ylar sovuqqon…
Rus tilidan Abdul Jalil Xo‘jam tarjimasi