Nikolay Liliyev (haqiqiy ismi Nikolay Mixaylov Popivanov; 26 may 1885, Stara-Zagora — 6 oktyabr 1960, Sofiya) — bolgar shoiri, dramaturg, tarjimon. Bolgar simvolizmining atoqli vakillaridan biri.
* * *
Navbahorning mayin yomg‘iri
Tom ustida sochmoqda jarang.
Tinglagancha bahor yomg‘irin
Qancha umid ko‘z ochar, qarang!
Shu bahoriy mayin yomg‘ir-la
Uyg‘onmoqda ohista Zamin.
Shu bahoriy mayin yomg‘irlar
So‘zlab berar ko‘klam ertagin!
Ko‘klamoyning yomg‘iri mayin —
Baxt shu’lasin yo‘ymang sarobga.
Tinglagancha bahor yomg‘irin
Qancha orzu chiqar ro‘yobga!
Rus tilidan Gulnoz Mo‘minova tarjimasi