1966 yilning 27 martda Bolgariyaning Pazardjik shahrida tug‘ilgan. Maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Bolgariya mustaqil yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Bolgar va rus tillarida ijod qiladi. Bir qator rus shoirlarining she’rlarini bolgar tiliga o‘girgan. Bolgar va rus tilidagi she’rlari jamlangan “Qalbim chizgilari” she’riy to‘plami chop etilgan. Adabiyot yo‘nalishidagi “Yil shoiri ‒2015” milliy mukofoti nominanti.
2015 yilda Rossiyada o‘tkazilgan “Ona Vatan, senga sodiqman” ijodiy tanlovi “Xorij adabiyoti” nominatsiyasida ikkinchi o‘rin sohibasi va ko‘plab xalqaro mukofotlar sovrindori.
BAHOR TONGI
Moviy gumbazlari aro ko‘klamning
Lovullab yuz ochar lolaqizg‘aldoq,
Shudringlarda yuzin yuvgancha maysa,
Bir lahza tabassum qilgay yarqiroq.
Quyoshning sanoqsiz zarralaridan,
Biz yurgan yo‘llarga inar harorat,
To‘rg‘aylar qo‘shig‘in qalbim qatida,
Avaylab yuribman sen uchun faqat.
Biz uchun yaralgan tongda gullarning,
Va nafis saslarning simfoniyasi.
Raqsga tushaylik, kel, senu men hamda
Ko‘klamning eng nafis bir Soniyasi!
Rus tilidan Nodira Abdullayeva tarjimasi