Jibanananda Das (1899-1954)

Jibanananda Das (জীবনানন্দ দাশ) – Bangladesh shoiri, yozuvchi va essenavis. Bengal adabiyotiga o‘zining ijodi bilan modernizm kayfiyatini olib kiradi, Rabindranat Tagor she’riyatidan ta’sirlanib qator asarlar yaratadi. Hindiston va Bangladeshda Tagordan keyingi yetakchi ijodkor sanaladi.

* * *

Sarojini* yotar bu yerda;
shunga dovur bilmas ekanman!
Bas, ketibdi mangu uyquga;
Bulutini ko‘zlabdi, chamam.
Sayohati uzoq bo‘ldimi?
Etishdimi yangi ufqlariga?
Ko‘zlariga ziyo to‘ldimi?
Dil berdimi oshiqlariga?
Sarojini ketdimi yiroq?
Ko‘kka chiqibdimi benarvon?
Qanotlari yo‘q edi, biroq
Topibdi-da qushdayin imkon.
Tuproqqa singib ketgandir balki,
Balki har kun qilinar so‘roq.
Javob berar: “Bilmayman hechni”,
Ko‘k za’faron tusga kirgan chog‘;
G‘olib kelgan mushuk singari;
Besamar makrning bir telbanamo
Bekadar kulgisi uyg‘otar uni…

__________
* Sarojini Naydu – hind shoirasi, Hindiston ozodligi yo‘lida Buyuk Britaniyaga qarshi kurashgan jangchi ayol. Hindiston milliy kongressining birinchi ayol prezidenti hamda Agra va Aud qo‘shma shtatlarining birinchi ayol gubernatori.

Ingliz tilidan Sevara Alijonova tarjimasi