Filip Martin (1931-2005)

Filip Martin (Philip Martin) — avstraliyalik akademik shoir, tarjimon, tanqidchi va publitsist. “Fleyta”, “Shamol bayrog‘i”, “Tanlangan asarlar” kitoblari muallifi.

MEROS

Men ijodimni meros qoldiraman…
O‘qishni yoqtirmaslar, baribir qoldiraman,
Karlarga qo‘shiq aytganday bo‘ladi,
Ko‘rlarga osmonni tasvirlaganday qoldiraman.

Ko‘chirmakashlarga qoldiraman –
Farosatlari bo‘lmasa, na iloj.

Munaqqidlarga –
Mag‘zava to‘kishlari uchun tinimsiz! –
Yarim umrim mahsulini yarim soatda
elakdan o‘tkazishlari uchun qoldiraman…
Ilohiy umid bor, axir: ular, ehtimol,
Do‘zax eshigida uyatni anglashar.

Siyosatdonlarga qoldiraman – yurtimni.
Ular Xudo emas,
Qurg‘oqchilik onida – bir piyola suv bermaganlar.

Xotinimga ijod emas,
Elektrisitgichli ko‘rpa qoldirdim.

Karim Bahriyev tarjimasi