Anupama Bosumatariy

ShILLIQQURTLAR

Hammayoq ag‘dar-to‘ntar,
Shilliqqurtlarni terdim.
Don-dunlar sochilgan,
Poyalar baravj.
Ularga yopishgan shilliqqurtlarni
Birma-bir terdim.
Ularni kuzatib
Dahshatga tushdim.

G‘azabim qo‘zidi.
G‘azabim bosib,
Bosib sharbat ichdim,
Irg‘itib tashladim bo‘sh po‘choqlarni.
G‘ichirlagan pol ustida sudralar
Shilliqqurt,
Shilliqqurtlar.
Azoblanib ketdim, azoblar
She’rlarimiga kirib boradi.

Emaklayman sohil bo‘yida,
Er va suv so‘zlaydi.
Ildizlarga qarayman, ular
O‘xshamaydi bir-biriga.
Suvga to‘lqin rasmini chizdim,
Ko‘nglim xushladim.

G‘aroyib – ajoyib qo‘llar
Balandga tortar meni.
Sharbatni simirdim,
Simirdim.
Meni tashlab ketdi qabrlar.

Po‘choqlar vujudimda g‘ijirlar,
G‘ijirlash – vujudimni,
Yuragimni sindirdi,
G‘amgin tortib ketaman, g‘amgin…

Ingliz tilidan Oygul Suyundiqova va Zuhra Asqarova tarjimaci