Ovanes Sheroz (1915-1984)

Ovanes Tadevosovich Sheroz (Հովհաննես Շիրազ, asl ismi Onik Karapetyan; 27 aprel 1915 — 14 mart 1984) — arman shoiri, jamoat arbobi.

* * *

Kim bilur, qanchada mo‘ysafid Masis,
Buni kim yechadi, na menu na siz.

O‘ragan bo‘lsa ham uni mangu qor,
Xislati hamisha yaratish bahor!

Benasib bo‘lsa kim bu chin ma’vodan,
Benasib ekan u, demak, dunyodan!

Turob To‘la tarjimasi