Eduard Georgiyevich Militonyan — arman jamoat arbobi, shoir va yozuvchi.
SO‘ZLAR
Shoir ko‘zlarini yumib oldi og‘riq zarbidan,
Shunda so‘zlar qo‘llaridan quyilib keldi.
Bino bo‘lmay turib,
bir so‘zni ham bilmas edi ul.
Yana bir so‘z bilmaydi ul barham topgan dam.
Tiriklikda esa…
Tiriklik, demak, —
SO‘ZLAR ZAMONI.
Shoir tishlarini g‘ijirlatar og‘riq zarbidan,
Shunda so‘zlar quyiladi naq ko‘zlaridan.
Ruschadan S. G‘iyos tarjimasi