Abdurrahmon al-Xomisiy (1920-1987)

Abdurrahmon al-Xomisiy (عبد الرحمن الخميسى) — misrlik mashhur shoir va yozuvchi, tanqidchi, jamoat arbobi. 10 dan ortiq kitoblari chop etilgan. «Teranliklar» (Qohira, 1950), «Biz o‘lmaymiz» (Bayrut, 1953), «Olovli shamollar» (Qohira, 1954) kitoblari mashhur.

ISYoNKOR UMID

Agar
Misr,
Mavval* kuylari go‘yo,
Qalbimda yashaysan zabun, nolavor,
Misoli tuganmas alam va g‘ubor…
O, alam yoshlari, koshki bebaho
Obihayot bo‘lib bersangiz mador!

Bilaman, g‘am-sitam chekilmas bekor,
Sen kutgan tong otib kelmoqda alhol!
Mening Vatanim ham, ana, mardona,
Uzib kishanlarni bahodirona,
Tong sari yurmoqda ko‘rgazib viqor.

O, Vatan!
Ko‘zyoshu alam-armondek
G‘arib-g‘urabolar tutmish baringdan.
Tumanli ufqlar yorishur tongdek
Sening hur shu’lavor umidlaringdan!

Bitsin zulm, marzalar bo‘lganday yakson
Isyon omochining tig‘i tekkan on.
_________
* Mavval – arab klassik she’r shakli.

Turob To‘la tarjimasi