Frensis Keri Sleyter (JAR)

Frensis Keri Sleyter (1896-1958) – janubiy afrikalik shoir, davlat arbobi

YO‘L

(Shaxtalarda ishlash uchun uyidan ketayotgan mardikor ishchilar qo‘shig‘i)

Ota uy! Biz yashash umidida ketmoqdamiz,
Ammo biz o‘lamiz sendan yiroqda, daraxtlarday:
Ildizi bilan qo‘porilgan, toshga ekilgan daraxtlar kabi,
Ularning barglari sarg‘ayadi, shoxlari quriydi.
Ammo biz o‘lamiz sendan yiroqda, buloq suviday:
Buloq suvini ko‘zaga solsangiz – o‘ladi uning bokiraligi,
Loyqalanadi, chiriydi, sasiydi turib qolsa suv.
Ado bo‘lamiz, onasining murdasi ustida qolgan go‘daklarday,
Ini buzilgan qushlar kabi.
Shaharlar beton uylarining jag‘i bilan chaynaydi bizni,
Nurimiz va havomizni shaxtalar yutadi,
Ochko‘z mashinalarga xizmat qilib,
Ularni ter va qon bilan to‘ydirib, qoramiz.
Ota uy! Biz qaytish umidida ketyapmiz,
Sendan yiroqda ado bo‘lamiz, ayon!

Karim Bahriyev tarjimasi