Vosifi Boxtariy (1942)

Afg‘onistondagi hozirgi zamon forsiy — dariy adabiyotining zabardast vakillaridan biri – olim, shoir, yozuvchi va tarjimon Ustod Vosifi Boxtariy (استاد واصف باختری‎‎) hisoblanadi. U 1942 yil Balxda tug‘ilgan. Ilk ma’lumotni shu yerdan olib, 1967 — yil Kobul institutining fors tili davomi…

Ajmal Xattak (1925-2010)

Muhammad Ajmal Xattak ( اجمل خټک) Pushtunistonning Akora Xattak degan qishlog‘ida dunyoga keldi. Ajmal afg‘on adabiyotiga Xushholxondan tashqari yana o‘nlab zabardast shoirlarni yetishtirib bergan xattaklar xonadoniga mansubdir. Otasi Hikmat Xattak barvaqt vafot etib, bo‘lajak shoir yetimlkda o‘sadi. Maktabni bitirgach, 1943 davomi…

Xalilulloh Xaliliy (1907-1987)

Afg‘onistonning forsiy tilida ijod etuvchi mashhur shoirlaridan biri ustod Xaliliydir (خلیل‌الله خلیلی‎). U 1907 yili tug‘ilgan. Otasi marhum Mirzo Muhammad Husayn moliya sohasida katta lavozimga ega bo‘lgan edi. Bo‘lajak shoir boshlang‘ich ma’lumotini o‘z uyida olgan. Keyinchalik rasmiy maktablarda o‘qib, arab davomi…

G‘ulom Dastagir Panjshiriy

G‘ulom Dastagir Panjshiriy – afg‘onistonlik shoir. KURASh TARONASI Sher yigitlar elga yor xizmat bilan, Yashnagay mardum dili rag‘bat bilan. Mard yigitlar to‘lqini — mavji zamon, Yovga qarshi qo‘zg‘alur g‘ayrat bilan, Qancha hushyor bo‘lsa el, yurtdosh ulus, Do‘st bo‘lurmiz shuncha yurt, davomi…

Abdullo Baxtoniy (1926)

Abdullo Baxtoniy (عبدالله بختانی) Nangrahor viloyatidagi Surxrud (Qizil daryo) yoqasida joylashgan Baxton qishlog‘ida 1926 yil dunyoga kelgan. Shoir Baxtoniy boshlang‘ich ma’lumotni Nangrahorda olgach, 1946 yili ana shu viloyatning maorif bo‘limida kotib bo‘lib ishlaydi, bir yil keyin Nangrahordagi pashto‘ tili kursida davomi…

Kozimxon Shaydo (1727-1778)

Kozimxon Shaydo 1727 yilda Xattaklar nabilasi yashaydigan Saroy tumanidagi Afzalobod degan joyda tug‘ildi. Uning otasi Afzalxon Xattak, mashhur tarixchi bo‘lib (“Tarix-e murasso” asarining muallifi), Xushholxon Xattakning nabirasi edi. Kozimxon Shaydoning otasi vafot etgandan keyin, xattaklar xonligi akasi Asadullaxon qo‘liga o‘tadi. davomi…

Ahmadshoh Duroniy (1721-1771)

Ahmadshoh Duroniy (1721—1771) faqatgina afg‘on milliy davlatining asoschisi bo‘libgina qolmay (1747 yilda birinchi martaba afg‘on milliy feodal davlati barpo etiladi), XVIII asr afg‘on poeziyasining davomchisi sifatida o‘z ona tili — pashto‘ tilida lirik she’rlar yaratgan shoir hamdir. 1940 yilda Kobulda davomi…


Maqolalar mundarijasi