Yashpal. Raqqosa (roman)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
XX asr hind adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi Yashpal zamonaviy hindiy tilida eng ko‘p va xo‘b asarlar ijod etgan so‘z ustasidir.Yashpal 1903 yili Sharqiy Panjobning Shirozpur shahrida tug‘ilgan. Lahordagi Panjob milliy kollejini tugatgan. Milliy-ozodlik harakati qatnashchisi. 1932 yili siyosiy faoliyati uchun qamoqqa olingan. 1938 yilgacha hibsda qolgan.”Yolg‘on haqiqat” (2 qismli), “Amita”, “O‘rtoq dada”, “O‘rtoq firqa”, “Raqqosa” kabi o‘nlab yirik romanlar, pesalar, hikoyalar to‘plamlari muallifi. Bir necha marta Hindiston hukumatining oliy darajadagi mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Bir paytlar Kulluga ketayotib, olis tog‘lar bag‘ridan panoh topgan Mandi qishlog‘iga yo‘l-yo‘lakay qo‘nib o‘tgandim. Qishloq tomon ketayotib yo‘l chetida xayolchan o‘tirgan tog‘lik ayolga ko‘zim tushdi. Uning oldida, yerda o‘rik to‘la simto‘r savat turardi. Tog‘liqlar odatiga ko‘ra, bu ayol ham o‘z davomi…