Qorong‘i xonada uchgan pashshalarning vizillashi eshitildi. Biroq hali uqusi o‘chib ketmagandi. Shunday bo‘lomasa, uning naharida u hozir hech narsani eshitmasligi kerak edi. Qlrong‘ilikda hech narsa eshitilmasligi kerak – uning tasavvurida hayotning, tabiatning mantig‘i shu edi. Shu payt eshik ochilib, kimningdir kirganini payqadi, shu bilan birga xonaga oqib kirgan sovuq havo oqimini ham his etdi. Xonada eski palos ustida ishqalanayotgan supurgining tovushi eshitildi. Keyin gsharsa qanday kelgan bo‘lsa, shunday chiqib ketdi.
O‘tgant kuni ko‘rgan tushninig sehri hamon uni tutib turardi. Tushidi eri yumshoq qor ichida yalang‘och yotganicha, uni yoniga chaqirayotganmish.
– Kel buyoqqa, kiymlaringni yech, – dermish u. – yonimda yot. Bu yer salqingina. Naryog‘da issiqda nafasim qaytib ketdi.
Sovuqdapn tishlarini taraklatib, oyoqlarini birini qo‘yib birini olarmish. Shunda eri uning qoqsuyak bilagidan tutib, o‘ziga tortmoqchi bo‘libdi. Har qancha urinmasin uning changalidan qututlolmasmish.
– Qo‘yvoring, – dermish. – qo‘yvoring qo‘llarimni, sizga issiqroq kiyim olib kelay, havo sovuq-ku?
–Kelmaysan, – dermish. – bilaman, ketsang, qaytib kelmaysan. Men seni bilaman-ku?
U har qancha yalinib-yolvorsa-da, ombirdek mahkam barmoqlardan o‘zini qutqaza olmasmish. O‘zini yulqib tortgani sari, temir panchalar bilagiga chuqurroq kirib borarmish. Birdan… chap qo‘li uzilib, erining barmoqlari orasida qolibdi. Aylanib-aylanib, oppoq qor ichiga yiqilib tushibdi. Hushini yo‘qotib, o‘ng qo‘liga tayangancha o‘rnijdan turibdi.
Birdan bu dunyoni qoplagan qor daryosi erib oqishni boshlabdi va u erini ham oqizib ketibdi. Shovullagancha oqib ketgan qor sedining ortidan yashil bir dunyo ko‘zga tashlanibdi. Qichiqrgancha, oqsoqlangancha, qor seldining ortidan yuguribdi.
–Qo‘limni qaytaring, – yeb byuaqiribdi. – Axir men qo‘lsiz nima qilaman?
Ko‘zlarini ochib, qorong‘ida yo yer-bu yerni ko‘zdan kechirdi. Ustidan surilib yerga tushgan ko‘rpani olmoqchi bo‘ldi, qo‘lidan kelmadi. Xuddi g‘och parchasidek yoniga oilib turgan chap qo‘lini paypaslab ko‘rdi.
«–Falaj?!..».
Birdan ko‘z oldi qorong‘ilashib ketdi.
Yuqorida yotolmasdi, xastalanib ko‘rpaga mixlanganda, o‘rnini pastga ko‘chirishdi. Bv yerda na bolalarning shovqini, na kelib-ketuvchilarning savol-so‘rog‘i bor. Yana bu yerni to‘shamasi tuproqdlan bo‘lgani uchun ham ma’qul ko‘rgandi. Umrining katta qismi ana shunday tuprqo uyda o‘tgandi. Endi o‘g‘lining taxtadan pol qilingan uyiga ko‘nikolmasdi.
Kunning qaysi payti ekanini bilolmadi. Agar o‘rnidan turolganida edi, sapchib turib, eshikni ochar, tashqariga nazar solardi. Faqat… boyagina eshikning ochilib-yopilgani, ichkariga yog‘iydek yopirilib kirgan svuq izg‘irin esiga tushdi. Demak, kundz ekan. Havo ham ochiq. Kun oydn bo‘la, uxoamaslik kerak. Aks holdla, uzun kechalarda tong ottirishi qiyin kechadi. Qorong‘m xonada kechani kunduzdan ajratolmasa-da, kunduzlarni biroz bo‘lsa-da, kech qildsa bo‘ladi: ammo kechani uyqusiz o‘tkazish azob edi. Bu juda mashaqqat edi. Shuning uchun ham imkon qalar uyqusini qo‘rib, kechgacha bedor o‘tirio‘ga harakat qilardi.
Chivinlar boyagi charcharuvchi ovozlari bilan vizillagancha uchishardi. Uning nazarida qorong‘i xonada yig‘ma karavotda emas, dunyoning bir chetida, tubsiz jarlik qirg‘og‘ida yotgandek, agar joyidan sal qimirlasa, seksizx bo‘shliqqa ravona bo‘ladigandek edi. Nazarida ana shu bo‘shliq dunyoning, hayotning chegarasi edi, inson vaqti-soati yetib, ana shu chegaradan oshib o‘tadi va ana shu bo‘shliqqa g‘arq bo‘ladi.
Ichini xastalik qovurayotgan bo‘lsa-da, e’tibor bermas, umrining bu pallasida har qanday dard tabiiy ekanini yaxshi tushunardi. Og‘riqlar pasayganida, uni uyqu eltardi. Yana uyg‘ongar, yana uyquga cho‘mardi. Uyqu bilan tushunchalarini bir-biridan ajratolmasdi ba’zan. Uning nazarida hamma narsa kecha yo o‘tgan kuni ro‘y bergandi. Axir yaqin-yaqingacha boa edi, yosh edi, sevib-sevilgandi. Oradan o‘tgan yillar ko‘zga ko‘rinmas, quloqqa chalinmadi, umr shu qadar tez o‘tib ketganini idrok etolmasdi.
Bog‘ning etagidan sokin va ovozsiz daryo oqib o‘tardi. Kunduzgi shovqin suron sababli daryoning shovullashi eshitilmasdi. Faqat kechalari suvning shaqirashini aniq eshitib yotardi. O‘sha paytlarda o‘rnidan turib, bog‘ning etagiga, daryo sohiliga borgisi kelardi. Ammo madorsizlik sababli o‘rnidan qimirlolmas, shu tariqa daryoning sirli qo‘shiqlari sassiz yangragancha, zulmatning xotirasidan o‘tib ketaverardi.
Ishtahasi yo‘qolgan. Biroq, odam bu yoshda o‘zi istamasa ham baribir yeyishi kerak. Tirik qolishi, yashashi uchun. Lekin yegisi kelmaydi. Anchadan beri dorilari ham tugagan. Bu haqda o‘g‘liga aytolmaydi. Axir ishli odam, kerakli dorini topishi uchun ish-kuchini tashlab, shaharni izlashi kerak bo‘ladi. Dorisiz ham bo‘lmaydi-da! Balki, o‘g‘lining o‘zi “ona, doringiz yetarlimi?” deb so‘rab qolar, degan ilinjda edi. Ammo o‘g‘lidan sadoq chiqmayapti.
Eshik ochilganda, uyqu va uyg‘oqlik orasida edi. Ko‘zini ochmasa-da, o‘g‘li ekanini bilardi. Chunki, har doim aynan shu paytlarda uning yoniga kelardi. Kelib o‘tirar, kosovga aylangan qo‘llarini hovuchiga olar, til uchida nimadir pichirlar, nimanidir so‘rar, savollariga javob qaytarardi. Biladi – uning prastki qavatida yotishidan o‘g‘li norozi. Hatto bir gal og‘irlashib qolganida, o‘g‘li uni karavoti bilan tepaga olib chiqqanini yaxshi eslaydi. O‘g‘lini tushunadi. U ham o‘zicha haq, ammo imkoni yetmaydi.
O‘g‘li bilan kelini gohida gaplashib qolishadi, pastda ularning gap-so‘zi eshitilib turadi. Oradalarida sovuqchilik tushganidan ham xabari bor. O‘g‘lining shashti pasayib qolganidan ham. Ammo hammasini bilib bilmaslikka oladi. Axir oila poydevoriga darz ketmasligi kerak.
Uyqu bosgani uchun o‘g‘lining qachon kelib-ketganini bilolmay qoldi. Ko‘zlarini yumishi bilan xuddi Azroilning ovozini eshitgandek bo‘ladi. Ana u, tuproq to‘shamaning ustida chordona o‘tirgancha, uzun kipriklarini pirpiratib, unga qarayapti. Ko‘zlarini ochishi bilan Azril ham g‘oib bo‘ladi. To tong otgunicha bo‘lari bo‘ladi. Daqiqalar, soniyalar xuddi yukli karvon misol imillaydi. Tong otgunini xo‘roz qichqirishidan, sigirlarning mo‘rashidan biladi. Shunda o‘zini biroz xotirjam his etadi. Tun bo‘yi Azroil bilan olishib charchagan vujudi uyqu taslim bo‘ladi. Qorong‘i xonada bir uxlab, bir uyg‘onib, peshingacha yotadi.
O‘tgan haftada oyparchadek chaqaloq nabirasiga ko‘z tegdi – ikki kun ichida yig‘lab-yig‘lab, omonatini topshirdi. To‘shakda yotgan og‘ir bemorning badaliga nechta sog‘ insonlar jon taslim qiladi” deyishadi. O‘sha hodisadan keyin o‘g‘lidan boshqa birov uning holini so‘ramay qo‘ydi. O‘g‘li ham istasa xabar oladi, istamasa yo‘q.
Tashqarida shamol uvillaydi. Shamol qarshisida ikkiqat bukilgan yalang‘och novdalarning iltijolari eshitiladi. Pechkani qachon yoqishdai – bilmaydi. Lekin hozir juda solvuq, suyaklari qaqshayapti, qo‘yib bersa, surinib, yonib turgan o‘choqning ichiga kirib olgisi keladi. Tashqarida esayotgan sovuq shamol xudi uning ichki organlarini to‘g‘rayotgandek bo‘ladi. Uning nazarida ichiga cho‘kib qolgan sovuqlikni hechs narsa bilan chiqarib bo‘lmaydi.
Kenchga yaqin ancha yengillasha boshladi. Turib yotoqxonasiga kirdi. Uyquning aks-sadosi qulog‘i ostidan ketmasdi. Ovoz uni sehr kabi, tilsim kabi yoruqqa boshlardi. Ovoz qulovlari aks-sado bera-bera uzoqlasharkan, yuragi bu ovoz bilan qo‘shilib olislarga ketishni istardi. Ovoz ilgarilab borar, uni ham ortidan sudrab borish uchun ortag qaytar, yana ilgarilardi. Har qancha urinmasin, ovozning sehridan, tilsimidan xabar topolmadi.
Birdan o‘zini xuddi onadan tug‘ilgandek his etdi. Karavotning panjarasini ushlab o‘rnidan turdi. Bu bir yil ichida ilk bor oyoqqa turishi edi.
Eshikni itarib tashqari chiqdi. Ufqda eriyotgan quyoshning sovuq shafaqlari ko‘zlarini qamashtirdi. Hovlida hech kim ko‘rinmasdi. Faqat yuqori qavatdan o‘g‘li va kelinining ovozi eshitiladi. Nima haqdadir bahslashishmoqda.
Tashqariga chiqib dunyoning kengligiga qaragisi keldi. Lekin oyoqlari uni uyning qansharidagi qayrog‘och tomon boshladi. Daraxt tagidagi xarsang ustiga o‘tirib, uning g‘adir-budur tanasiga suyandi. Uning o‘lim to‘shagidan turg‘izib, tashqariga chorlagan ovoz ham shu qayrog‘ochning bag‘ridan kelardi.
Qishning qahratonida qayrog‘oqning yaproq yozgan novdalariga qaradi. Umrida qishning bu paytda barg yozgan qayrog‘oni ilk bor ko‘rib turishi edi. Qayrog‘och ichidan kelayotgan ochiq-oydin ovoz uning ruhiga, borlig‘iga uyqu singari yoyilar, bu ovoz daraxtning o‘zagidan, qobig‘idan ne-ne azoblari bilan chiqib kelayotganini o‘z ujudida his etmoqda edi.
Boshini ko‘tarib, yana butoqlarga qaradi. Ko‘zlariga ishonmadi. Qayrog‘ochning yashil yaproqlari sekin asta bandidan uzilib, tuproq ustiga to‘kilmoqda edi.
1985, Boku
Ozarboyjonchadan Rustam Jabborov tarjimasi