– Men avvalgi odammasman. – Olti yillik tanaffusdan keyin so‘ngsiz hayajon bilan kutilgan ilk uchrashuvdayoq hol-ahvol so‘rash asnosida shu javobni eshitishi bilan u seskanib ketdi va ayriliqdan kechgan bu yillar ichida xayolida tiklangan dunyo ham yer bilan yakson bo‘ldi.
Do‘sti boshqarayotgan mashina atrofi granitli qoyalar va siyrak o‘rmonlar bilan qoplangan yo‘l bo‘ylab borarkan, ko‘zlari notanish manzaralarga qadalsa-da, insonning shu qadar o‘zgarishi mumkinligini aqliga sig‘dirolmasdi.
U haddan ortiq begonalashib ketgan, sovuqqon va odamovi bo‘lib qolgandi. Biroz yoshargan vujudida, chehrasining qaysidir chizgilarida o‘sha azobli yillarning o‘tkinchi nishonalarini topishga urindi.
Oxirgi javobdan so‘ng uni boshqa savol o‘ylantira boshladi: ikki haftani bu odam bilan qanday o‘tkazadi?
Mashina o‘rmon oralab borarkan, asabldarni tinchlantiruvchi yashillik va yovvoyi go‘zallik oritda yashiringan begonalikni, yolg‘izlikni butun vujudi bilan his etdi.
Haligi so‘zlardan keyin, uning ichini bu mamlakatga kelishdan pushaymonlik tuyg‘usi tirnay boshladi.
Endi nima qiladi? Qayoqqa boradi? Xuddi o‘zi bilan o‘zi gaplashayotgandek qfaor qabul qilishga qiynalardi.
«Unda nega kutib oldi? Nega qo‘ng‘iroq qilganida, ko‘rishgisi kelayotganini bot bot eslatardi? Nega sog‘inganini aytardi? Nega harakatlari aytgan gaplariga mos kelmayapti?”
Aeroportdan shaharga olib boruvchi yo‘l bo‘ylab yashil manzaralar turli binolar bilan o‘rin almasha boshlaganda ichidagi xavotir ham ortdi. Utsdar bir-biridan ancha olisda edi. Tirik jon ko‘zga tashlanmas, xuddi bu yerlarda odam bolasi yashamaydigandek tuyulardi.
Aslida keyingi yillarda har gal qaysidir ish bilan xorijga chiqarkan, boshqa ortiga qaytmasligini o‘ylab, zarur hujjatlari va ashyolarini o‘zi bilan olib ketardi. Chunki u o‘z vatanida yasholmasligini, umrining yarmidan ko‘prog‘i o‘tgan yurt uning uchun haqiqiy jahannamga aylanganini butun vujudi bilan his etardi. Bir paytlar yaqin insonlar o‘z aqidasi, maslagini o‘zshgartirib, tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketishganini hecham tushuna olmas, bu odamlar davrasida o‘zini begonadek his etardi.
– Gaplarimdan xafa bo‘lding, shekilli? Nima qilay yolg‘on gapirolmayman, ¬– U ko‘zlarini yo‘ldan uzmasdan boyagi gaplarini qaytardi. – Men endi butunday boshqa odaman, shuni bilishingni istagandim.
Qamoqxonada bir yil bitta kamerada yotishgandi, xibsdagi hayotning chidamb bo‘lmas mashaqqatlari, yaxshi-yomon kunlarini birga o‘tkazishgandi. O‘sha mash’um kunlarda do‘stining irodasi uni qoyil qoldirgandi. Tirnoqlarini sug‘urib, elektr toki bilan azoblashsa-da, hech bir gunohi bo‘lmagani holda turli tuhmatlarni bo‘yniga ilsalar-da, uning irodasini sindira olishmagandi.
Hozir qamoqxonadagi o‘sha damlarni birma-bir ko‘z oldiga keoltirarkan, mashina boshqarib ketayotgan odam xuddi o‘sha kuchli iroda sohibi ekaniga ishonolmasdi.
O‘sha damlarda qamoqxonaning dahshatli hayot ularni bir-biriga yaqinlashtirgandi. Ba’zan kameraning kichik tuynugidan oqib kirgan oy yog‘dusi ostida kelajak haqida shirin xayollar surishardi. Albatta u paytlarda eng katta orzulari ozodlikka chiqish edi. Xibsdagi hayot har qancha azobli bo‘lmasin, bir kuni alatta erkinlikka chiqishlariga umid bilan yashashardi.
O‘sha kezlari ozodlikka chiqqach birgalashib bu mamlakatdan bosh olib ketishga qaror qilishgandi. Ammo bolalikdagi do‘stiga hamrohlik qilolmadi. Irodasini yetmadimi, ota-onasini taqdir hukmiga tashlab ketishni istamadimi – buning sababini o‘zi ham bilmasdi.
Do‘sti mamlakatdan chiqib ketganini bir necha kun o‘tib eshitdi. Onasining tobi qochib qolgani uchun uni ko‘rgani qishloqqa ketgandi. Avval bu xabardan birog‘ saroismaga tushdi. Har qalay yaqin bir insonining olislarga ketib qolgani. U bilan qayta ko‘rishish imkoni juda ozligini uni tushkunlikka solib qo‘ygandi.
Bu uchrashuvni ham boshqacharoq tasavvur qilgandi. Negadir do‘sti uning kelishidan umuman xursand emasdek. Yonida yetti yot begaon odam o‘tirardi go‘yo. Na gaplashgisi keladi, na tanish-bilishlarning ahvolini so‘raydi. Hatto mamlakatdagi vaziyat bilan ham qiziqmasa…
O‘z vatanini tan etganlarni faqat birgina jihatdan oqlash mumkin – qachonki, ular o‘z aqida va qarashlarini himoya qilishga majbur bo‘lsalar. Bordiyu, o‘zga yurtda o‘z qarashlaridan voz kechishsa, unda vatanni tark etishga nima hojat bor edi?
Do‘sti oilasini o‘zi bilan olib kelganini bilardi. Ammo o‘rtada yuzaga kelgan sovuqchilikdan anchagacha bu haqda og‘iz ochishga jur’at qilolmadi. Nihoyat mashina besh qavatli bir binoning qarshisida to‘xtadi.
-Etib keldik, men sh uyda turaman, – dedi do‘sti.
Ikkovlon shoshilmasdan mashinadan tushishdi. U bagajni ochib, buyuumlarini oldi. Liftda to‘rtinchi qavatga ko‘tarilguncha gaplashmay borishdi.
Ikki xonali kvartiraga kirib borishganda, ichkaridagi manzaralardan do‘stining yolg‘iz turishini tushundi. Biroq, sir boy bermasdan tuflichini yechishga tutindi.
Jolashib olgach, dastlab dush qabul qildi. Keyin birgalashib choy ichishdi. Do‘sti unga kalitning bir nusxasini tuqazib, zarur ish bilan chiqib kelishini aytdi. Chiqayotib, bironima yegisi kelsa, sovutkichda borligini eslatib ketdi.
…U ketgach, ancha payt deraza oldida turb qoldi, atrofdagi yashilikni shoshmasdan tomosha qildi. Yeyin devorga urilgan xaritadan o‘zi kelgan shaharni izlab topdi. Bugun ertalab uyidan chiqqandi. Bir necha soat ichida shuncha yoo‘l boisb kelganidan hayratga tushdi.
Bu o‘lka haqida ko‘p o‘qigandi, tarixini, madaniyatini, adabiyotini bu yerda yashaydiganlarning ayrimlaridan yaxshiroq bilardi. Ammo bu mamlakatda yashay olarmikin? Taqdirini shu o‘lkaga umrbod bog‘la olarmikin? Buni tasavvur qilolmasdi.
Keyin mehmonxonani ko‘zdang kechirdi. Xona juda oddiy jihozlangan, ammo devor bo‘yoqlari mebellarga mos tarzda tanlangandi.
…Do‘sti uyga ancha kech qaytdi. Ichkavriga kirishi bilan uni yolg‘iz tashlab ketgani uchun uzr so‘radi. Ishlari ko‘p ekanini yana bir eslatdi:
–Boshqacha xayollarga borib yurma, bu yerda yashash uchun kechayu kunduz ishlashingga to‘g‘ri keladi.
U javob qaytarmadi. Birgalashib stol qarshisida o‘tirishdi.
–Meiyeng qornim to‘q, – dedi do‘sti. – Hozir senga biror narsa pishirib beraman.
-Qo‘y ovora bo‘lma, – dedi u kutilmagan taklifdan biroz o‘ng‘aysizlanib. – Ishtaham yo‘q.
Aslida bugun samoyoltda yegan ovqat bilan yurgandi. O‘sha yemakning noxush hidi hamon burnidan ketgani yo‘q. Balki oradan shuncha payt o‘tib, ishtahasi yo‘qligining sababi ham shundandir?
–Yaxshi, unda kech muzdek pivo ichamiz. – Do‘sti muzlatkichdan ikki shisha pivo oldi-da, bokallarga quydi.
Ertalabdan beri hech narsa yemagani uchun pivo darrov ta’sir qildi. Kayfiyati ham bir mncha o‘zgardi.
– Xotining, bolalaring qani? – til uchida saovlni berdi u.
– Ajrashganmiz, – dedi do‘sti sovuqqonlik bilan.
Bu gapni do‘sti shu qadar loqayd ohangda aytdiki, sababini so‘rashga ham jur’ati yetmadi. Do‘sti o‘zi oydinlik kiritdi:
– Bir-birimizni tushunolmadik.
– Hozir qayerda ular? Bolalaringni ko‘rib turibsanmi?
Do‘sti bosh chayqadi:
-Ular endi meni qiziqtirmaydi.
Do‘sti oilasi haqida gapirishni istamayotganini tushunib, gapni ishga burdi.
-Bir kompaniyada ishlayapman, – dedi do‘sti. – Mazut savdosi bilan shug‘ullanamiz.
Bu javob ham uni ajablantirdi. Chunki do‘sti siyosatchi edi. Uning siyosatdan uzoqlashib boshqa ishda ishlashi mumkinligini xayoliga keltirolmasdi.
-Siyosiy ishlarga ham vaqting qolyaptimi?
Do‘sti boyagi asabiylik bilan bosh chayqadi:
-Endi meni siyosat qiziqtirmaydi. Umrimni bema’ni ishlarga sarflab, katta xato qilibman. Afsusdaman. – bu boradagi suhbat ham shu taxlit yakunlandi.
Ko‘p o‘tmay do‘sti ertalab barvaqt turishi lozimligini aytib, o‘tog‘ini mehmonxonada yolg‘iz qoldirdi.
* * *
…U esa yotolmadi.
Kunduzidan farqlanmaydigan qutb kechasining yorug‘ida ertalabgacha ko‘ziga uyqu kelmadi. Umrida ilk bor o‘z umrini sarhisob qilishga kirishdi. Vaqt shu qadar tez o‘tibdiki…
Xotirasida qorishib ketgan vaqt hissini aniqlab olish uchun deraza tomon yurdi. Qutb kechasining sutdek oydin shu’lalariga cho‘mlayotgan shahar uzra kezayotgan sukunatning zerkarli manzarasini tomosha qildi. Falak qubbasininng o‘rtasida aylanayotgan quyosh siyrak bulutlari ihotasida xira nur sochadi. Yarim kechasi osmonda quyoshning nur sochib turishin ko‘rish chindan-da hayratlanarli edi. Tun shu qadlar yorug‘ ediki, umrida ilk bora yorug‘likning ko‘pligidan bezovtalandi.
Shaharning yog‘du selida suzayotgan kimsasiz ko‘chalari bir zum unga odamlari mahv etilgan dunyoni eslatdi. Uning nazarida shaharda o‘zidan boshqa br jon yo‘qdek edi. Shunchalik katta shahar ko‘chalari, imoratlari, bog‘-rog‘lari, daryolari, ko‘l va ko‘lmaklari – hammasi unga tegishli edi go‘yo.
Ruhini zadalab o‘tgan bu tushuncha ta’sirida anchagacha uxlolmadi.
U xuddi o‘z soyasidan qochib qutulmoqchidek, bu shahardan ham uzoqlashishdi istardi.
Ammo qayoqqa borishini bilmas, ortdagi ko‘priklar yonib bitgandi…
2007, Oslo, Norvegiya
Ozarboyjonchadan Rustam Jabborov tarjimasi