Viktor Vasilev. Tal tilsimoti (hujjatli qissa)
Shohmot tarixiga nazar tashlab, XX asrning elliginchi yillarida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan Mixail Tal singari katta shov-shuv uyg‘otgan boshqa shohmotchini topish qiyin (zero, shohmotda hamisha iste’dodlar ko‘p). Albatta, XIX asrda shohmot osmonida yulduzday bir yonib-o‘chgan afsonaviy Paul Morfi va chempionlik davomi…


Rossiyalik yozuvchi va jurnalist Viktor Vasilev XX asrning 50-yillari oxiridan nufuzli sport gazetasida shohmot sharhlovchisi sifatida mehnat faoliyatini boshladi. Xizmat yuzasidan taniqli grossmeysterlar bilan muloqotlar uyushtirish, qizg‘in bahslarning shohidi bo‘lish va musobaqalardan hisobotlar tayyorlash orqali shohmotning sirli olamiga kirib bordi. Uning maqola va asarlarida asosiy e’tibor shohmot kurashining ruhiyatiga qaratilardi. Shu bois uning jahon chempionlari – Mixail Botvinnik, Vasiliy Smislov, Tigran Petrosyanga bag‘ishlangan asarlari va boshqa mavzulardagi maqolalari o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan o‘qilardi. Ayniqsa, Viktor Vasilevning shohmot bo‘yicha sakkizinchi jahon chempioni Mixail Tal (1936–1992) hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Tal tilsimoti” hujjatli qissasi keng kitobxonlar tomonidan yuqori baholandi.