Viktor Nekrasov. Qirol Nyu-Yorkda (hikoya)
Ma’ruzaning xulosasini o‘qib bo‘lib, Aleksey Nikolayevich Vishi degan ilib qolgan bemaza suvdan bir-ikki ho‘pladi (nutqining oxiriga kelib tomog‘i butunlay qurib qolgan edi) va o‘z chiqishini bunday hollarda aytilishi lozim bo‘lgan so‘zlar bilan tugatdi: “Xalqlarning ishonchi komil bo‘lmog‘i kerakki, Birlashgan Millatlar davomi…


Rus yozuvchisi Viktor Nekrasov 1911 yili Kiyevda tug‘ilgan. Viktor Nekrasov adabiyotga urushdan keyin kirib kelgan. Uning birinchi kitobi — “Stalingrad xandaqlarida” qissasi bilan juda mashhur bo‘lgan. Qissani oddiy kitobxon zo‘r qiziqish bilan, kommunistik mafkura muhiblari esa g‘ashlik bilan qarshi oldilar, muallifni sovet tuzumining dushmani sifatida baholadilar. Adib bundan keyingi asarlarida ham, nima to‘g‘risida yozmasin, hayot haqiqatini markazga ko‘yib qalam tebratdi. Bu sho‘ro mafkurasi sharoitida juda qiyin ish edi. Tegishli tashkilotlar Nekrasovning asarlarini bosmaslikka, hatto nomini ham tilga olmaslikka buyruq berdilar. Yozuvchi muhojirlikka ketishga majbur bo‘ldi. U ko‘p yillarini Parijda o‘tkazdi, o‘sha yerda bir qator esselar, xotiralar yaratdi.