Svetlana Aleksiyevich. Urush ayollar ishi emas (qissadan parcha)
Ayollar bilan bog‘liq tushunchalarimizning barchasi “mehr-shafqatli”, degan so‘zga jo bo‘ladi. Singil, rafiqa, do‘st, ona – bu yuksak ta’riflar negizi, mohiyati ham mehr-shafqatdan iborat emasmi? Ayol – hayot baxsh etadi, hayotni ko‘z qorachig‘iday asraydi, ayol va hayot – mushtarak. XX asrning davomi…


Svetlana Aleksiyevich 1948 yil 31 mayda Ukrainaning g‘arbidagi Stanislav, hozirgi Ivano-Frankovsk shahrida tug‘ilgan. Onasi – ukrain, otasi – belorus. Ularning oilasi keyinchalik Belorussiyaga ko‘chib o‘tadi. O‘rta maktabni tugatgandan keyin maktabda tarbiyachi, tarix va nemis tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan, shuningdek, tuman gazetasida muxbir bo‘lib xizmat qilgan. 1972 yili Belorussiya davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Shundan keyin qator gazeta va jurnallarda turli lavozimlarda ishlagan. 2000 yildan Italiya, Frantsiya, Germaniyada yashagan. 2013 yildan buyon yana Belorussiyada istiqomat qilmoqda.