Sergey Dovlatov. Akam (hikoya)

Hayot xolavachcham Boryani – men uni aka derdim – qip-qizil jinoyatchiga aylantirdi-qo‘ydi. Omadi chopgani shu-da. Aks holda, xudo urib, kattakon bir partiya arbobi bo‘pketarmidi…
Bunday deyishga vajkarsonlarim yetib ortadi. Lekin hozircha shoshmay turaylik…
Xolam baobro‘ adabiy muharrirlardan edi. Eri Aron harbiy shifoxonaning boshlig‘i o‘lib, salomatlik to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qib turar, buning ustiga, turli-tuman markalar yig‘ish bilan shug‘ullanardi. Xullas, risoladagiday oila edi.
Akamning dunyoga kelishi antiqa bo‘lgan. Qizlik chog‘ida xolamning boshiga ham ishq savdosi tushgan. U Sergey Mironovich Kirovning muovini Alek¬sandr Ugarovni sevib qolgan. Leningradlik qariyalar obkomning taniqli bu arbobini hali-hali eslashadi.
Uning oilasi bor edi. Xolamni nikohga chap berib tuzoqqa ilintirgan ekan-da.
Shuytib, xolam homilador bo‘pqoladi.
Tug‘ish payti yaqinlashadi. Uni tug‘ruqxonaga olib ketishadi.
Onam Smolniyga boradi. Ming mashaqqat bilan Kirovning o‘rinbosari huzuriga kirib, ahvolni tushuntiradi.
Ugarov qovog‘ini solib, kimlargadir topshiriq beradi. Obkom yugurdaklari tug‘uruqxonaga ketma-ket gul va meva-cheva tashiy boshlaydi. Xolamning uyiga qarta o‘ynashga mo‘ljallab yasalgan naqshinkor stol eltib qo‘yishadi. Chamasi, sinfiy yot unsurlardan musodara qilingan chiqarov.
Xolam istarasi issiq, pahlavonkelbat o‘g‘il tug‘adi. Men aka deb o‘sgan Borya – shu. Onam obkomga yana boradi. Lekin ichkariga kirolmaydi. Ugarov kekkayib ketgani uchun emas. Io‘q. U xalq dushmani sifatida qamoqqa olingan edi.
Uttiz sakkizinchi yil edi… Xolam qo‘lida chaqalog‘i bilan qoladi.
Yaxshiyam Ugarov eri emas ekan. Bo‘lmasa, xolamni surgun qilishardi. Shundoq bo‘ladiki, arbobning xotini bilan farzandlari Sibirga jo‘natiladi. Bunisiyam yaxshi emas, albatta. Lekin nachora…
Anglashimcha, xolam bilib turib shu ishni qilgan. U chiroyli, serg‘ayrat va o‘ziga ishongan ayol edi. Hech narsadan tap tortmasdi. Faqat… partiyaviy tanqiddan cho‘chirdi.
Shu orada Aron paydo bo‘ladi. U xolamni qattiq sevib qolib, unga uylanadi.
Aron shlyapa tikadigan ustaxona egasining o‘g‘li edi. U boshqa yahudiylarga – mijg‘ov, nimjon, kaltabin va xayolparast qavmdoshlariga o‘xshamas, baland bo‘yli, baquvvat va matonatli kishi edi. Sobiq inqilobchi talaba, qizil askar, nepchi. Keyinchalik – ma’muriy idora xodimi. Va nihoyat, keksaygan chog‘ida – revizionist va dissident…
Aron xolamni yeru ko‘kka ishonmasdi. Uni dada deb chaqaloqning tili chiqdi.
Urush boshlandi. Biz Novosibirskka borib qoldik. Borya uch yoshga to‘ldi. U boqchaga qatnar, men hali go‘dak edim.
Borya boqchadan oq qand opkelardi. Asta lunjidan chiqazib likobchaga qo‘yardi.
Men «emayman» deb tantiqlik qilardim.
Boryaning xunobi oshardi:
– Qand erib ketadi-ku…
Keyin urush tugadi. Ochlik ham barham topdi.
Akamning bo‘yi cho‘zilib, G‘arbiy ovrupolik yigitlarday chiroyli o‘spirin bo‘lib qoldi. Ko‘zlari ko‘m-ko‘k, sochlari jingalak. U progressiv italyan kinolaridagi yosh qahramonlarni eslatardi. Harqalay, qarindosh-urug‘ning nazarida shunday edi…
U benuqson sovet bolasi edi. Pioner, a’lochi, futbolchi, temir-tersak yig‘uvchi. Kundalik tutib, ulug‘ zotlarning hikmatli so‘zlarini yozib borardi. Hovlisiga qayin ko‘chati o‘tqazgan edi. Drama to‘garagida unga yosh gvardiyachilarning rolini topshirishardi…
Men undan kichkina bo‘lsam-da, rasvo bola edim. Har doim uni menga o‘rnak qilib ko‘rsatishardi.
Akam rostgo‘y edi, sipo va bilag‘on edi. Hamma menga pisanda qilardi: qara, Borya yaxshi o‘qiydi, ota-onasiga yordam beradi, sport bilan shug‘ullanadi… Borya rayon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi… Borya yarador qushni davoladi… Borya detektorli priyomnik yasadi. (Ulay agar, buning nimaligini qaligacha bilmayman.)
Vo darig‘! Usha kunlari ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan bir voqea yuz bersa bo‘ladimi! Bay-bay-bay-bay! Aytishga betim chidamaydi. Uyat, uyat…
Qo‘ying-chi, akam maktab direktorining ustiga siyvordi-da-ey!
Bu bema’nilik darsdan keyin sodir bo‘ladi. Akam fizkulturachilar kuniga bag‘ishlangan devoriy gazeta chiqarayotgan ekan. Atrofida – sinfdoshlari.
Kimdir derazaga qarab:
– Iskovuch kelyapti! – deydi.
(Maktab direktori Chebotaryovga shunday laqab qo‘yishgan edi.)
Bu yog‘i ketdi – akam sakrab deraza rafiga chiqadi. Qizlardan teskari qarab turishni so‘raydi. Masofani obdon chamalab turib… choptirivoradi-da yaramas. Direktor boshdan-oyoq harom bo‘ladi.
Ana hangoma, mana hangoma! Birovga aytsangiz ishonmaydi. Oradan biror oy o‘tgach, shu voqeaga guvoh bo‘lganlarning o‘zlari ham, buni xuddi tushlarida ko‘rganday, ikkilanib yurishdi. Manzara chindan ham mudqish va ayanchli edi.
Direktor Chebotaryovni-ku qo‘yavering, baqa bo‘lib qolgan ekan u. Keyin birdan gezarib-bo‘zarib bidirlay ketadi:
– Men senga o‘xshaganlarni zonada ishtonchan emaklatganman, iblis! Mening sovunimga kir yuvmagansan qali!
Shu tobda Chebotaryovning tomirlarida sobiq turma ishboshisining qoni gupuradi. Kim bilibdi deysiz! Mudom bashang kiyinib yuradi: boshida novvotrang shlyapa, egnida jujuncha, qo‘lida qappaygan portfel…
Akam bu qilg‘iliqni maktabni tugatishiga bir qafta qolganda qildi. Naqd bo‘lib tur-gan oltin medaldan maqrum bo‘ldi. Ota-onasi unga yetuklik attestati berishga direktorni zo‘rg‘a ko‘ndirishdi.
Ushanda akamdan so‘radim:
– Nega bunday qilding?
– Men qar bir o‘quvchi pinqona orzu qiladigan ishni qildim, – dedi akam. – Iskovuchni ko‘rdimu shu zaqoti bir qarorga keldim – yo qozir, yoki qech qachon! Hozir ayni payti! Shu ishni qilmasam, o‘zimdan ixlosim qaytadi…
Usha kezlardayoq badxohlik qonimda bor ekanmi, tilimni tiyolmadim:
– Maktabing peshtoqiga yuz yildan keyin mana shunday lavha o‘rnatib qo‘yishadi: «Bu yerda Boris Dovlatov o‘qigan… Uning kimligini o‘zingiz bilasiz…»
Akamning nojo‘ya qilmishi bir necha oy muhokama qilindi. Keyin Boris teatr san’ati institutiga o‘qishga kirdi. San’atshunos bo‘lmoqchi edi. Uning xurmacha qilig‘i unutila bordi. Institutda yaxshi o‘qirdi-da. Komsomol tashkilotining kotibi edi. Yana – bebiliska qon beradigan donor, devoriy gazeta muharriri, futbolda darvozabon…
Akam ulg‘ayib, yanayam ochilib ketdi. Rostdan ham italyan kinoaktyorlariga o‘xshardi. Qizlar ortidan ergashib yurardi.
Shunga qaramay, u ma’sum va uyatchan yigitligicha qolgan edi. Qizlarning noz-karashmasi unga yoqmasdi. Kundaligida yozilgan manovi gaplar yodimda qolgan:
«Kitob bilan ayol zotidagi eng muhim narsa – shakl emas, mazmun…»
Hatto hozir, dunyoga butkul qo‘l siltab qo‘yganimdan keyin ham, bunday «hikmat» menga bema’ni tuyuladi. Men, avvalgiday, chiroyli ayollarni yoqtiraman.
Bundan tashqari, bid’atga berilgan odamman. Mana, masalan, semiz ayollar yolg‘onchiday tuyulaveradi menga. Ayniqsa – o‘zi semiz-u, siynasi bebaraka ayollar…
Darvoqe, gap men haqimda emas.
Akam institutni bitirdi. Imtiyozli diplom oldi. Komsomoldagi ishlari ham tahsinga sazovor edi.
U cho‘lquvar hamda qurilish otryadining komandiri bo‘ldi. Militsiyaga ko‘maklashish drujinalarida javlon urdi. Kishilar ongidagi kapitalizm illatlariga qarshi ayovsiz jang qildi.
Butun mikrorayonda akamning nigohiday bokira nigoh hech kimda yo‘q edi…
Boris Lenin komsomoli nomidagi teatrga adabiy maslahatchi bo‘lib ishga joylashdi. Bu endi aql bovar qilmas gap edi. Ona suti og‘zidan ketmagan kechagi talaba-yu, mana shunday mo‘tabar dargoh!
U vazifasiga astoydil kirishdi. Boris progressiv san’at tarafdori edi. Shu yo‘lda jonbozlik ko‘rsatdi. Albatta, haddidan oshmay, odob-andisha bi¬lan. Asta-sekin Vampilov, Borshagovskiy, Mrojek kabilarning yuzaga chiqishiga sababchi bo‘ldi.
Nomdor-nomdor sovet dramaturglari undan hayiqishardi. Isyonkor teatrparast yoshlar esa u bilan faxrlanardi.
Borisni mas’uliyatli xizmat safarlariga jo‘natishardi. U hatto Kremldagi kengash-larda qatnashgan edi. Partiyaga kirishni shama qilganlar ham bo‘ldi. Akam ikkilanardi. Uzini munosibmasman deb hisoblardi.
Kutilmaganda akajonim yana o‘zini ko‘rsatdi. Qanday so‘zlab berishni ham bilmayman. Qisqasi, Borya o‘n ikkita talonchilikka qo‘l urdi.
Institutda Chapin degan oshnasi bo‘lardi. Ikkovlashib ajnabiy sayyohlar yuradigan o‘n ikki avtobusga hamla qilishadi. Sayyohlar jomadonlari, radiopriyomniklari, magnitofon-lari, yomg‘irpo‘shu shlyapalarigacha – jamiki bor-budlari bilan vidolashishadi. Ikkala shov-voz avtobuslarning ehtiyot g‘ildiraklarini qoldirib ketishni ham ep ko‘rishmaydi.
Ertasiga ularni hibsga olishdi. Biz karaxt bo‘lib qolgan edik. Xolam do‘sti, yozuvchi Yuriy Germanning oldiga chopdi. U militsiyadagi general o‘rtoqlariga qo‘ng‘iroq qildi.
Akamni sudda shaharning eng oldi advokati Kiselyov himoya qildi.
Sud jarayonida boshqa tafsilotlar ham oydinlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, jabrdiydalar rivojlanayotgan mamlakatlarning fuqarolari va sotsialistik tashkilotlarning a’zolari ekan.
Kiselyov shundan foydalanmoqchi bo‘ldi. Akamga shoshib savol tashladi:
Sudlanuvchi Dovlatov, aytingchi, sayyohlar rivojlanayotgan mamlakatlarning fuqarolari va sotsialistik tashkilotlarning vakillari ekanini bilganmidingiz?
Afsuski, yo‘q, – dedi Boris. Menimcha, javob jo‘yali bo‘ldi.
Bilganingizda-chi, shu ishni qilarmidingiz?
Akamning yuzi tundlashdi. Advokatning savoli bema’nidek tuyuldi unga. Peshonasi tirishdi, qoshlari chimirildi. «Shu ham savol bo‘ldimi?!» degan ifoda bor edi unda.
Kiselyovga jon kirdi:
– Xo‘p, mayli, – dedi u, – oxirgi savol. Balki, bu janoblarni jamiyatning reaktsion qatlamiga mansub kishilar deb o‘ylagandirsiz?
Sudya uning gapini bo‘ldi:
– Urtoq advokat, sudlanuvchini jahon inqilobining jangchisiga aylantirib yubor-mang!
Ammo akam advokatning boyagi savoliga bosh silkishga ulgurgan edi. Ya’ni, ha, shu gap ko‘nglimga keluvdi… Sudya ovozini ko‘tardi:
– Tergovda mavjud dalillarga asoslanib gapirish kerak! Akam uch yilga kesildi.
Borya sudda o‘zini mardona tutdi. Bo‘lar-bo‘lmasga iljayaverib, sudyaning g‘ashiga tegdi.
Hukm o‘qilganda akamning bir tuki ham o‘zgarmadi. Uni sud zalidan soqchilar kuzatu-vida olib chiqib ketishdi.
So‘ng yuqori sud organlariga shikoyat arizasi, qandaydir yugur-yugurlar, qo‘ng‘iroqlar… Hech biridan naf bo‘lmadi.
Akamni Tyumenga jo‘natishdi. Qattiq tartibli lagerga. Xat yozishib turdik. Uning barcha nomalari shunday so‘zlar bilan boshlanardi: «Hammasi joyida. Mixdayman…»
Bora-bora undan keladigan maktublarning ruqi ham, mazmuni ham o‘zgardi: «Bir juft jun paypoq… Ingliz tilini mustaqil o‘rganish uchun qo‘llanma… Sirma shim… Umumiy daftar… Nemis tilini mustaqil o‘rganish uchun qo‘llanma… Sarimsoqpiyoz… Limon… Avtoruchka… Frantsuz tilini mustaqil o‘rganish uchun qo‘llanma… Va yana – gitara chalishni mustaqil o‘rganish uchun qo‘llanma…»
Lagerdan kelayotgan xabarlar taskinbaxsh edi. Katta tarbiyachi Bukin xolamga shunday deb yozibdi:
«Boris Dovlatov lager tartibiga qat’iy rioya qiladi… Maqbuslar o‘rtasida obro‘yi yaxshi… Meqnat topshiriqlarini ortig‘i bilan bajaradi… Badiiy to‘garak ishlarida faol… «
Akam bir xatida navbatchilikka tayinlanganini, keyin – brigadir bo‘lganini, keyin – brigadirlar kengashining raisi va nihoyat – hammom mudiri lavozimiga loyiq ko‘rilganini yozgan edi.
Bu kishini hayratda qoldiradigan sur’at edi. Lagerda bunday martabaga erishish juda qiyin. Shu g‘ayrat bilan erkinlikda byurokratik rahbariyatning yog‘li, serdaromad joylariga o‘rnashib olish hech gai emas. Masalan, taqsimot idoralariga. U yog‘i – dalahovli, chet el safarlari…
Akam shiddat bilan tuzalish yo‘lidan borardi. U lagerning mash’ali edi. Unga ham hasad, ham havas qilishardi.
Bir yildan so‘ng uni «kimyo»ga o‘tkazishdi. Ya’ni, erkinlikda yashashga. Mahalliy kimyo kombinatida ishlash sharti bilan.
Usha yerda uylandi. Fidoyi kursdoshi Liza ko‘rgani borgan ekan. Dekabristlarning xotiniga o‘xshagisi kelgan-da. Turmush qurib qo‘yaqolishibdi…
Bu orada esa men universitetdan haydaldim, xolos. Keyin armiyaga chaqirildim. Soqchilar rotasiga tushib qoldim. Lagerga nazoratchi etib tayinlashdi.
Falakning gardishini qarangki, men soqchi, Borya – mahbus.
Akamni qo‘riqlagan iaytlarim ham bo‘ldi. Lekin bu hol uzoqqa cho‘zilmadi. U kunlarni eslagim ham, gaiirgim ham kelmaydi. Gaiirsam, adabiy asarga o‘xshab qoladi. Xuddi Sholoxovning «Don hikoyalari»day.
Men soqchi, akam mahbus – vassalom.
Ikkalamiz deyarli bir vaqtda qaytdik. Akam ozod etildi, men xizmatdan bo‘shadim.
Qarindosh-urug‘lar «Metropol»da dabdabali ziyofat uyushtirishdi. Asosan akamning qaytishi nishonlandi. Mening sha’nimga ham iliq so‘zlar aytildi, albatta.
Roman tog‘am ehtiroslarini quyidagicha ifoda etdi:
– Shunday odamlar bo‘ladiki, ular sudraluvchi jonzotlardan farq qilmaydi. Makonla-ri – botqoqlik. Lekin shunday insonlar ham borki, beixtiyor tog‘ burgutlari ko‘z oldingga keladi. Ular qanotlarini baralla yozib, osmoni falakda iarvoz qilishadi. Kelinglar, Borya uchun – tog‘ burguti uchun ichamiz! Ilohim, bulutlar ortda qolaversin! Qani, oldik!
– Ofarin! – deya qiyqirishdi xesh-aqrabolar. – Qoyil, Borya! Tog‘ burguti, yigitlar-ning guli!
Shunda Gorkiyning «Bo‘ron qushi qo‘shig‘i» esimga keldi. Tog‘am ovozini sal iasayti-rib qo‘shimcha qildi:
– Endi Seryoja uchun, burgutcha uchun ichamiz! To‘g‘ri, u hali iolaion, qanotlari zaifroq. Lekin uni ham ioyonsiz kengliklar kutmoqda!
– Xudo asrasin! – deya o‘tirgan joyida baqirvordi onam. Tog‘am u tomonga bir sigirqarash qilib qo‘ydi.
Xolam yana allakimlarga qo‘ng‘iroq qildi. Natijada akamni «Lenfilm»ga ishga olish-di. Yorituvchimi… shunga o‘xshash bir yumushga tirkab qo‘yishdi.
Men ko‘i nusxali gazetaga ishga joylashdim. Buning ustiga, hikoyalar yoza boshladim.
Akam xizmat iillaioyalaridan jadal ko‘tarila boshladi. Ko‘i vaqt o‘tmay laborant bo‘ldi. Keyin – disiyetcher. Keyin – katta disiyetcher. Va nihoyat – kartina direktorining o‘rinbosari. Ya’ni, moddiy ashyolarga mas’ul shaxs.
Lagerda yurganida tuzalishning mashqini rosa olgan ekan azamat. Mana, endi o‘zini to‘xtatolmayotganga o‘xshardi.
Bir oydan so‘ng surati «Hurmat taxtasi»ga ilindi. Uni rejissyorlar, operatorlar va shaxsan «Lenfilm» direktori Zvonaryov yaxshi ko‘rib qoldi. Farroshlarni aytmaysizmi…
Tez kunlarda kartina direktorligiga tayinlashni ham va’da qilishgan edi.
«Lenfilm»ning o‘n olti nafar keksa kommunisti unga partiyaga kirishi uchun tavsiya-noma yozib berishga tayyor turardi. Ammo akam hamon ikkilanardi.
U «Anna Karenina»dagi Levinni eslatardi. Nikoh arafasida Levin yoshlikda qilgan zinolarini o‘ylab ezilgan bo‘lsa, akamni ham shu masala qiynardi. Xo‘sh, oldin jinoyat qilgan odam kommunist bo‘lishi mumkinmi?
Keksa kommunistlar mumkin deb hisoblashardi…
Menga qiyoslaganda akam tamom boshqacha edi. Xushchaqchaq, gapga chechan, ishbilarmon. Uni o‘ta muhim xizmat safarlariga jo‘natishardi. Porloq kelajagiga hech kim shubha qilmasdi. Qamalib chiqqaniga-ku birovni ishontirish amrimahol edi. Uzoqroq tanish-bilishlar u emas, meni turmada yotgan deb o‘ylashardi.
Ittifoqo yana nimadir sodir bo‘la boshladi. Birdan emas, albatta, asta-sekin. Go‘yo ra-von taralayotgan dilrabo kuyga g‘iychillagan yoqimsiz tovush aralashib qolayotganga o‘xshardi.
Akam hamon ot ustida edi. Majlislarda nutq so‘zlar, xizmat safarlariga borishni kanda qilmasdi. Ammo icha boshlagan va ayollarga aylanishadigan odat chiqargan edi.
Uni betayin davralarda uchratadigan bo‘lib qolishdi. U ko‘pincha piyonistalar, chayqovchilar, o‘zini Xalxin-Gol qahramoni deb ataydigan mubham faxriylar qurshovida yurardi.
Kayfi tarqagach, yana majlisga chopar, nutq so‘zlab bo‘lib darhol iziga – ulfatlari dav-rasiga qaytardi.
Akam o‘zining oyog‘iga o‘zi bolta urayotganini bilmasdi.
U uch kunlab uyiga kelmasdi. Qandaydir koski ayollarnikida qolib ketardi. Bunday ayollar orasida nihoyatda xunuklari ko‘p uchrardi. Yanglishmasam, bittasining ismi Greta edi. Tomog‘ida buqog‘i ham bor edi. Bir kuni akamga:
– Tuzukrog‘ini topsang o‘lasanmi? – dedim ensam qotib.
– Tentak! – U meni jerkib tashladi. – Ishxonasidan spirt olib chiqishini bilasanmi? Xohlaganicha oladi!
Ko‘rinib turibdiki, akam yoshligida qulog‘iga quyib olgan gapga hanuz amal qilarkan: «Kitob bilan ayol zotidagi eng muhim narsa – shakl emas, mazmun…»
Keyin Boris «Narva» restoranida ofitsiantni do‘pposlab qo‘ydi. Akam undan «Suli-ko»ni chalishni talab qilgan…
Tez-tez militsiyaga tushadigan bo‘lib qoldi. Har gal «Lenfilm»ning partbyurosi jo-niga ora kirardi.
Biz bu sarguzashtlar nima bilan tugashini kutardik…
Yozda «Dauriya» filmini suratga oluvchi guruh bilan Chitaga ketdi. Orqasidan shumxa-bar keldi: Boris davlat mashinasida odam bosib ketibdi. Tag‘in deng, sovet armiyasining zobitini. Zobit o‘libdi…
Bizning bo‘larimiz bo‘ldi. Nima qilishimizni bilmasdik. Chitadan bir-biriga zid turli-tuman xabarlar kelib turardi. Emishki, Boris g‘irt mast holda rulga o‘tirgan. Boshqa bir xabarga ko‘ra, zobit ham kayfda bo‘lgan. Albatta, buning endi ahamiyati yo‘q, u o‘lgan…
Xolamga hech narsani bildirmadik. Tog‘alarim to‘rt yuz so‘m pul yig‘ib berishdi. Men Chitaga uchishim kerak edi – nima gapligini aniqlash va biron bir ma’nili tadbir qo‘llash uchun. Mahbusga ul-bul narsa kiritish, advokat yollash va hokazo…
– Iloji topilsa, tergovchining og‘zini moylash kerak, – derdi Roman tog‘am.
Io‘l hozirligini ko‘ra boshladim.
Birdan, yarim tunda, telefon jiringlab qoldi. Go‘shakni oldim. Sukunat qa’ridan qulog‘imga akamning ovozi sirg‘alib kirdi: – Uxlayotganmiding?
– Borya! – deb qichqirib yubordim. – Tirikmisan?! Otmaydimi ishqilib?! Mastmiding?
Tirikman, – dedi akam. – Otmaydi, otmaydi… Falokat-da… Ichmagan edim… Nari borsa to‘rt yil berar. Sigaretni oldingmi?
Qanaqa sigaret?
– Yaponlarniki. Chita Yaponiya bilan bir tomonlama savdo bitimi tuzgan. Bu yerda «Xi layt» degan ajoyib sigaret sotadi. Tug‘ilgan kuningga bir o‘ra-mini jo‘natuvdim. Olmadingmi?
– Io‘q. Gap bunda emas hozir…
– Nega endi? Zo‘r sigaret! Amerikaning litsenziyasi bo‘yicha tayyorlangan. So‘zini bo‘ldim:
– Turmadamisan?
– E, yo‘g‘-e, – deb javob berdi akam, – nafasing qursin! Mehmonxonadaman. Tergovchi oldimga kepturadi. Ismi Larisa. Lo‘mbillagan… Mana, senga salom aytyapti…
Go‘shakdan ayol kishining ovozi eshitildi:
– Tu-tu-tu, jo‘jaginam! Yana akam gapni ilib ketdi:
Ovora bo‘lib Chitaga kelib yurma. Sud Leningradda bo‘ladi. Oyimning xabari bormi?
Io‘q.
Yaxshi bo‘pti…
– Borya! – deb qichqirdim yana. – Nima jo‘nataylik? Ahvoling og‘irdir? Harholda, odam o‘ldirgansan! Odam o‘ldirgansan!
– Baqirma muncha. Zobitlar o‘lish uchun tug‘iladi-da. Yana qaytaraman – falokat bu, taso-dif… Ha, aytganday, yuborgan sigaretlarim qayoqqa g‘oyib bo‘ldiykan?
Hech qancha vaqt o‘tmay Chitadan o‘sha hodisaning ikki nafar ishtirokchisi keldi. Jumboq oydinlashdi. Ularning gapiga qaraganda, bundoq bo‘lgan.
Kimningdir tug‘ilgan kuni ekan. Shuni tabiat qo‘ynida nishonlamoqchi bo‘lishadi. Borya esa kechqurun davlat mashinasida kelib, davraga qo‘shiladi. Odatdagiday, ichkilik yetmay qoladi. Do‘konlar berk. Mehmonlarning ta’bi tirriq. Shunda Borya otilib chiqadi:
– Samogon topib kelaman! Kim men bilan boradi?
Kayfi borligi uchun uni shashtidan qaytarmoqchi bo‘lishadi. Akam oyoq tirab turib oladi. Pirovardida uch kishi u bilan birga jo‘naydi. Mashina haydovchisi ham orqa o‘rindiqda mudrab borayotgan ekan.
Yarim soat o‘tar-o‘tmas, mototsiklni urib ketishadi. Egasi hushiga kelmay jon beradi.
Hamma talvasaga tushadi. Ammo akam hushyor! Qaroridan qaytmaydi, ya’ni samogon izlab ketadi. Un besh minutda topib, davradoshlarini obdon siylaydi. Sal o‘ziga kelgan haydovchiga ham ichiradi. U yana pinakka ketadi.
Ana shundan keyingina akam militsiyaga qo‘ng‘iroq qiladi. Izquvarlar tezda yetib keli-shadi.
Murda va majaqlangan mototsikl darrov topiladi. Tezkor xodimlar qarshisida to‘rt nafar mast odam chayqalib turardi. Ularning orasida eng hushyori akam ekan.
– Haydovchi kim? – deb so‘raydi leytenant Dudko.
Akam xurrak otib yotgan haydovchini ko‘rsatadi. Uni moshinaga ortishadi. Boshqalarni uy-uylariga eltib qo‘yib, manzillarini yozib olishadi.
Akam uch kungacha yashirinib yuradi. Badanida spirtdan asar qolmagach, militsiyaga kelib, aybiga iqror bo‘ladi.
Bu vaqt orasida haydovchi ham o‘ziga keladi. Uni dastlabki tergov kamerasiga qamab qo‘yishgan ekan. U kayfda odam bosib ketganiga chippa-chin ishonadi.
Kutilmaganda akam kirib kelib, rulda men o‘tirgan edim, deydi.
– Nega bo‘lmasa Kraxmalnikovni ko‘rsatdingiz? – deydi leytenant achchiqlanib.
– Siz haydovchi kim deb so‘radingiz, men javob berdim…
– Uch kundan beri qaysi go‘rda yuruvdingiz?
– Qo‘rqib ketdim-da, xo‘jayin…
Akamning yuzidagi soxta ifodani leytenant payqaydi.
– Qo‘rqqanmishlar-a!
Keyin tag‘in savol beradi:
– Ushanda kayfingiz bormidi?
– Mutlaqo! – deydi akam.
Ammo endi hech narsani isbot qilib bo‘lmasdi. Bazmi jamshid ishtirokchilari, Borya ichmagan edi, deb bir gapda turib olishadi. Haydovchi ishxonasi bergan hayfsan bilan qutulib ketadi.
Akam bilib yo‘l tutgan edi. Endi uni kayfda rulga o‘tirgan kishi sifatida emas, bax-tsiz hodisa sababchisi sifatida sud qilishadi.
Tergovchi Larisa akamga bunday degan ekan:
– Sen hatto to‘shakda yotib ham tergovni chalg‘itasan… Bir haftadan keyin Boris Leningradga keldi.
Bu vaqtda xolam hammasidan xabardor edi. Iig‘lab-siqtab o‘tirmadi. Militsiyada tani-shi bor yozuvchilarga qo‘ng‘iroq qildi. Yana o‘sha – Yuriy German, Metter, Saparov.
Shular tufayli akamga tegishmadi. Sudgacha tinch qo‘yishdi. Faqat, shahardan jilmas-lik to‘g‘risida tilxat olishdi. Bir kuni uyimizga akam kirib keldi.
– Sen Leningrad yaqinida xizmat qilgansan-a? Shu atrofdagi lagerlarni ham bilar-san?
– Ha, Obuxovoda bo‘lganman… Gorelovoda, Piskaryovoda ham bo‘lganman.
– Xo‘sh, seningcha, qaysi birida yotganim ma’qul?
– Obuxovoda tartib sal yumshoqroq, nazarimda.
– Yaxshisi, borib ko‘rib kelamiz…
Obuxovoga jo‘nadik. Kazarmaga kirdik. Navbatchi bilan gaplashdik. Eski tanishlarni surishtirdik. Hayal o‘tmay kazarmaga serjantlar Goderidze bilan Osipenkolar chopib ki-rishdi.
Quchoqlashib ko‘rishdik. Ularga akamni tanishtirdim. Lagerning eski ma’-muriyatidan kimlar qolganini so‘radim.
– Kapitan Deryabin, – deyishdi ular.
Kapitan Deryabinni yaxshi bilaman. Ko‘ngli ochiq, araqqa to‘ymaydigan bir odam. Men xizmat qilgan kezlarda u leytenant edi.
Zonaga qo‘ng‘iroq qildik. Deryabin bir zumda yetib keldi.
– O-o! – deb qiyqirdi u ostonadanoq. – Seryoga kepqopti-ku! Qaysi shamol uchirdi? Uz-garib ketibsan-a, xumpar! Yozuvchi bo‘pketgan deb eshitdim, shu rostmi? Rost bo‘lsa, senga yoza-digan narsa topib qo‘yganman. Quloq sol. Shu desang, santexniklar brigadasini ishga opchiquvdim. Soqchi tayinlab, o‘zim yozilgani ketsam, bir mahbus qochmoqchi bo‘pti. Rostdan ham qochibdi. Io‘q, uchib ketibdi. Ha, ha, parvoz qipti. Sheriklari devor yonida o‘sgan qarag‘ayning uchini egishibdi-da, mahbusning qo‘ltig‘idan o‘tkazilgan montaj qayishini da-raxtning uchiga ilib, uni qo‘yib yuborishibdi. Mahbus qarag‘ay qaddini rostlamasdan burun qayishni yechib yuborishi kerak ekan. Ammo mo‘ljalni noto‘g‘ri olgan shekilli, qor uyumi us-tiga emas, to‘ppa-to‘g‘ri voyenkomatning hov-lisiga borib tushibdi. Anovini qara! Ha, senbop yana bir detal – uni qo‘lga olayotganlarida voyenkomning burnini tishlavopti, xumpar!
Men Deryabinni akam bilan tanishtirdim.
– Lyoxa, – dedi kapitan qo‘lini cho‘zib.
– Bob.
– Bir ish bor, – dedim Deryabinga, – o‘zingdan qolar gap yo‘q…
Biz kazarmadan ko‘ra o‘rmon chetidagi yalanglikni ma’qul ko‘rdik. Goderid-ze bilan Osipenkoni ham taklif qildik. Portfeldan to‘rt shisha «Zveroboy»-ni oldik. Ag‘anab yotgan archa ustiga tizilishdik.
– Ulmaguncha yashayveraylik! – deyishdi turmachilar stakanlarni cho‘qishtirib. Sal o‘tmay akam bilan Deryabin og‘iz-burun o‘pisha boshlashdi. Ayni paytda Borya savolni ham kanda qilmasdi:
– Ichkari issiqmi? Blokpostlarda soqchi itlar nechta? Qo‘riqlashning kamera printsi-piga rioya qilinadimi?
– G‘am yema, – deyishdi yangi ulfatlar.
– Yaxshi zona, – deli Goderidze, – dam olasan, maishat qilasan, uyingga sal et qo‘yib ke-tasan-da…
– Do‘kon ham uzoq emas, – deya gapni ilib ketdi Osipenko. – Oqidan deysanmi, qizilidan deysanmi, pivomi…
– Men borimda yotib qolinglar, yigitlar. Lyoxa Deryabinni ishdan bo‘shatishsa, ahvolingizga voy… Urnimga qandaydir to‘liqsiz oliy ma’lumotli kishilar kelib qolsa, ana o‘shanda eslaysizlar meni!..
Borya uning uy telefonini yozib oldi.
– Men ham yozvolay, – dedi Deryabin.
– Hojati yo‘q, – dedi akam, – bir oydan keyin shu yerda bo‘laman. Elektrpoyezdda uyga qaytayotganimizda:
– Boshlanishi chakki emas, – deb qo‘ydi u.
Men yig‘lavoray dedim. Yo «Zveroboy» ta’sir qildimi…
Hech qancha vaqt o‘tmay sud boshlandi. Akamni yana o‘sha advokat Kiselyov himoya qildi. Zalda o‘tirganlar uning gaplariga qarsak chalib turishdi.
Qizig‘i shundaki, halok bo‘lgan zobit Korobchenko emas, mening akam jabrlanuvchiga aylanib qoldi.
Pirovardida advokat bunday dedi:
– Inson hayoti ko‘pdan-ko‘p xatarli burilishlari bo‘lgan tog‘ yo‘lini eslatadi. Mening himoyamdagi sudlanuvchi ana shunday burilishlardan birining qurboni bo‘ldi.
Akam yana uch yilga kesildi.
Sud bo‘layotgan kuni Chitadan banderol oldim. Unda yaponlarning o‘n quti «Xi layt» sigareti bor edi.
Boryani Obuxovoga jo‘natishdi. Sharoit yaxshi, soqchilar mehribon degan mazmunda xat-lar kelib turdi.
Kapitan Deryabin so‘zining ustidan chiqadigan odam ekan. Akamni non kesuvchilikka qo‘yibdi. Turmada bu – katta mansab.
Bu orada akamning xotini qiz tug‘di. Bir kuni menga qo‘ng‘iroq qilib:
– Boryani ko‘rishga ruxsat berishdi. Bo‘sh bo‘lsang, birga boraylik. Chaqaloq bilan qiynalaman, – deb qoldi.
To‘rt kishi yo‘lga tushdik – xolam, kennoyim Liza, ikki oylik Natasha va men.
Avgustning diqqinafas kuni edi. Natasha manzilga yetgunimizcha yig‘idan to‘xtamadi. Liza holdan toydi. Xolamning boshiga og‘riq kirdi.
Mana, nihoyat, uchrashuv bo‘ladigan xonadamiz. Bu yerda bizdan boshqa yana olti kishi bor edi. Mahbuslarni shisha to‘siq bizdan ajratib turardi.
Liza chaqaloqni yo‘rgakdan yechdi. Akamdan darak yo‘q. Soqchining oldiga bordim:
– Qani Dovlatov?
– Kutinglar, – dedi u to‘ng‘illab.
– Navbatchiga qo‘ng‘iroq qil, akamni chaqirsin. Lyoxa Deryabinga kelganimni ayt.
Soqchi sal past tushdi:
– Men Deryabinga bo‘ysunmayman. Mening xo‘jayinim boshqa.
– Bo‘laqol, og‘aynichalish!
Shu payt akam kelib qoldi. Egnida lager korjomasi. Moshinkada olingan sochi sal o‘sibdi. Rangi tiniq, to‘lishgan.
Xolam tuynukdan olma, kolbasa va shokolad uzatdi. Liza nuqul qiziga gapirardi:
– Ana dadang, ko‘ryapsanmi, ana dadang… Akam negadir mendan ko‘z uzmasdi.
– Shimingning ahvolini qara, – dedi u nihoyat, – rangi ham molbo‘qimi-ey… Bir yahudiy bilan tanishtirib qo‘yaymi? Zonada qulingo‘rgilsin shimlar tikadi. Leningradda ham unga teng keladigani yo‘q.
– E, qo‘ysang-chi! Shu tobda mening tashvishimni qilasanmi?
– Qo‘rqma, – deya davom etdi u, – tekin. Pul beraman, shimbop gazmol olasan, yahudiy ti-kib beradi. Bunaqa yurish yarashmaydi senga.
– Pul beraman?! – Xolamning ko‘zlari ola-kula bo‘lib ketdi. – Pul nima qiladi senda? Lagerda pul olib yurish mumkin emas-ku!
– Pul mikrobga o‘xshagan narsa, – dedi Boris, – hamma yerda bo‘ladi. Mana, kommunizm qursak – balki boshqacha bo‘lar…
– Qizingga bir qarab qo‘ysang-chi, – dedi Liza yalinganday.
– Ko‘rdim, ko‘rdim, ajoyib qizcha.
– Ovqatlari tuzukmi? – deb so‘radim Borisdan.
– Mazasi yo‘q. Men oshxonaga bormayman. Birortasini gastronomga jo‘natamiz. Lekin tushdan keyin hech narsa topib bo‘lmaydi. Bu Nikita tushmagur qishloq xo‘jaligini barbod qildi. Bir vaqtlar butun Ovruponi boqqanmiz-a! Endigi umid – xususiy sektordan…
– Sekinroq, – deb qo‘ydi xolam.
Akam xizmat muddati tugaganidan keyin qolib ishlayotgan bir yigitni cha-qirib, qulog‘iga bir nimalar dedi. U o‘zini oqlay boshladi. Uzuq-yuluq gaplari qulog‘imga chalindi.
– Iltimos qiluvdim-ku, – derdi akam.
– To‘g‘ri. Tashvishlanma. Un minutda keladi.
– Un ikki yarimga, deganman.
– Iloji bo‘lmadi-da.
– Meni xafa qildilaring.
– Borya, meni bilasan-ku… Gapim – gap. Tolik besh minutdan keyin shu yerda bo‘ladi…
– Lekin hozir ichgimiz kelyapti.
– Nima gap o‘zi? – deb so‘radim akamdan.
– Bir arbobni araqqa jo‘natuvdim, haligacha yo‘q… Bu yer harbiy bo‘linma emas, kaptar-xona…
– Kartserga tushasan, – dedi Liza.
– Nima, kartserdagilar odammasmi?!
Chaqaloq yana yig‘ini boshladi. Liza tumtaydi. Akamning bee’tiborligidan xafa bo‘lgan edi. Xolam ketma-ket dori yuta boshladi.
Uchrashuv vaqti tugab borardi. Mahbuslardan birini deyarli sudrab olib kirib ke-tishdi. U orqasiga qayrilib, ko‘rgani kelgan xotiniga baqirdi:
– Nadka, birovga ishtoningni yechsang – o‘ldiraman! Yerning tagidan bo‘lsa ham topib, abjag‘ingni chiqaraman! Meni bilasan-a?!
– Ketaylik, – dedim men, – vaqtimiz tugadi. Xolam yuzini burdi. Liza nuqul chaqalog‘ini silkitardi.
– Araq-chi? – dedi akam.
– Uzlaring ichaveringlar.
– Sen bilan ichmoqchi edim-da.
– Keragi yo‘q, aka, hozir ko‘ngilga sig‘armidi…
– Ha, mayli… Lekin anovi Tolikni baribir aspalasopinga jo‘nataman. Men uchun in-sondagi eng muhim fazilat – mas’uliyatni his eta bilishi.
Shu payt shisha ko‘tarib, halloslagancha Tolik kelib qoldi.
– Mana, bir so‘mu o‘ttiz tiyin qaytimi…
– Men ko‘rmay qo‘yaqolay, – dedi navbatchi Boryaga sirlangan krujkasini tutaturib.
Akam chapdastlik bilan krujkani to‘ldirdi. Hamma bir qultumdan ichdi. Mahbuslar ham, ko‘rgani kelganlar ham, nazoratchi ham, hatto navbatchi ham chetda qolmadi.
Soqoli o‘sgan bir mahbus krujkani baland ko‘tarib xitob qildi:
– Buyuk vatanimiz uchun! Shaxsan o‘rtoq Stalin uchun! Fashistlar Germaniyasi ustidan qozongan g‘alabamiz uchun! Barcha to‘plardan baravariga o‘t ochilsin – babax!
– Yashasin Imre Nadning ashaddiy reaktsion to‘dasi! – deya uni qo‘llab-quvvatladi boshqa bir mahbus.
Navbatchi akamning yelkasiga asta qo‘lini qo‘ydi:
– Bob, sen boraqol endi.
Biz xayrlashdik. Tuynukdan akamga qo‘limni uzatdim. Xolam o‘g‘liga mo‘ltirab qaradi. Liza birdan o‘kirivorgan edi, chaqaloq uyg‘onib ketib chirillay boshladi. Zonani tark et-dik…
Oradan bir yilcha o‘tdi. Akamdan xat kelib turdi. Hamon non kesarkan. Deryabin pen-siyaga chiqqach, Boryani elektr montyorligiga o‘tkazishibdi.
Keyin uni Ichki ishlar boshqarmasining vakili so‘roqlab kebdi. Lagerlar to‘g‘risida hujjatli film yaratishga qaror qilishgan ekan. Sovet lagerlari – dunyodagi eng insonpar-var lagerlar ekani haqida. Film faqat xizmat doirasidagina namoyish etilarmish. Nomi: «Axloq tuzatish mehnat koloniyalarini qo‘riqlash usullari».
Akam uzoq-yaqin lagerlarni aylanib chiqibdi. Unga «GAZ-61» moshinasini berib qo‘yishibdi. Zarur uskunalar bilan ta’minlashibdi. Akamni ikki soqchi – Goderidze bilan Osipenko har doim qo‘riqlab yurarkan.
Boris uyga ham tez-tez kelib turardi.
Yozga chiqib film tayyor bo‘ladi. Boris bir vaqtning o‘zida ham kinoopera¬tor, ham re-jissyor, ham diktorlik vazifasini bajaribdi.
Iyun oyida film rahbarlarga ko‘rsatilibdi. Zalda nuqul generallar bilan polkov-niklar emish. Muqokama chog‘ida general Shurepov:
– Yaxshi, kerakli film… – debdi. – Xuddi «Ming bir kecha»ning o‘zginasi!
Borisni maqtashibdi. Sentyabrga qolmay ozodlikka chiqarishni ham va’da qilishibdi.
Akamning tabiatidagi eng asosiy xislatni mana endi anglab yetgandekman. U beorom, beboshu behalovat turmushni xush ko‘rarkan. Borya favqulodda vaziyatlardagina erkin nafas olishi mumkin. Qamoqda martaba orttiradi, jar yoqasiga kelib qolganida yashash uchun kura-shadi.
Nihoyat uni ozod qilishdi.
Bu yog‘i takror. Charxpalak yana ishga tushdi. Xolam Yuriy Germanga qo‘ng‘iroq qildi. Akamni hujjatli filmlar studiyasiga oddiy ishchi qilib olishdi. Ikki oydan keyin u ovoz operatori bo‘ldi. Yarim yildan so‘ng esa – ta’minot bo‘limining boshlig‘i.
Ayni o‘sha kunlarda meni ishdan butunlay haydashdi.
Men hikoya yozar va onamning nafaqasiga kun ko‘rar edim…
Xolam kasalga chalinib olamdan o‘tgach, qog‘ozlari orasidan qo‘yko‘z, istarasi issiq bir kishining surati chiqib qoldi. Bu Kirovning o‘rinbosari – Alek¬sandr Ivanovich Ugarov edi. Akamning xuddi o‘zi. Sal yoshroq ko‘rinadi, xolos.
Borya otasi kimligini oldin ham bilardi. Endi ochiqchasiga gaplashdik.
Akam ota tomon qarindoshlarini izlab topsa bo‘lardi. Lekin xohlamadi. Gapimni cho‘rt kesdi:
– Menga o‘zing yetib-ortasan. Boshqa odamning keragi yo‘q. Keyin o‘ylanib turib, qo‘shib qo‘ydi:
– Qiziq! Men – chala rusman. Sen – chala yahudiysan. Ammo ikkalamiz ham araq bilan pivoga o‘chmiz-a…
Etmish to‘qqizinchi yili men muhojirotga ketishga ahd qildim. Akamni qistasam, ko‘nmadi.
U yana icha boshlagan, restoranda mushtlashmagan kuni yo‘q edi. Tepasida ishdan haydalish xavfi muallaq turardi.
Shunda bir narsaga qat’iy ishonch hosil qildim: erkinlikda yashash Borisning mijoziga yoqmas ekan, unga – qamoq tuzuk ekan.
Oxirgi marta o‘tindim:
– Ketaylik.
Akam ma’yus javob qaytardi:
– Ke, qo‘y. Menga to‘g‘ri kelmaydi, – dedi u. – Yahudiyligimni isbotlash uchun idorama-idora lo‘killashim kerak… Bundan ortiq tahqir bo‘ladimi… Arag‘imdan qo‘ymasin. Ichvosam bas – menga Nyu-York nimayu Leningrad nima! Poshshodek yuraveraman…
Aeroportda akam ko‘zyoshi qildi. Qaribdi chog‘i. Innaykeyin, kuzatib qolishdan ko‘ra jo‘nab ketish hamisha yengil kechadi…
Mana, to‘rt yildirki, men Nyu-Yorkda yashayman. Leningradga muntazam posilka jo‘natib turaman. Bir kuni, kutilmaganda, u yoqdan banderol keldi.
Pochtaxonadayoq ochdim. Qarasam – Olimpiya o‘yinlari ramzi tushirilgan havorang ko‘ylak. Yana – shisha tiqinini sug‘uradigan qo‘lbola ochqich.
Uylanib qoldim – shuncha yil yashab, esda qoladigan, men uchun tabarruk nima bor o‘zi? Keyin topdim: to‘rt chaqmoq qand, yaponlarning «Xi layt» sigareti, havorang ko‘ylak va mana shu ochqich…

(«Urug‘-aymog‘im» kitobidan)

Nizom Komil tarjimasi

Xurshid Davron saytidan olindi.