Robert Shekli. “Betizgin iste’dodlar” uyushmasi (hikoya)
Fikriy quvvati bilan gilamni yondirib teshishga yoki Yerdan uzilib, Oy sari parvoz qilish uchun shay turgan raketani portlatib yuborishga qodir odamni bilasizmi? Agar bilsangiz, “Betizgin iste’dodlar” uyushmasining rahbari Sem Ueverliga murojaat qiling, chunki u mana shunday g‘aroyib odamlarni ishga joylashtirish davomi…


Robert Shekli (Robert Sheckley) Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Nyu-York universitetini bitirgan. 1951 yildan professional yozuvchilik faoliyatini boshlagan. Birinchi asari 1952 yili «So‘nggi tekshiruv» nomi bilan chop etilgan. 70-yillar oxirida «Omni» jurnalining nasr bo‘limi muharriri bo‘lib ishlagan. Uning asarlari asosan hajviy va fantastik hikoyalardan iborat. «Inson qo‘li bilan ushlanmagan» (1952), «Fikr hidi» (1953), «Mutaxassis» (1953), «Forma» (1953) «Qayiqlar qo‘zg‘oloni» (1955), «Mening o‘xshashim — robot» (1973), «Robot Reks», «Qush-qorovul» (1953) «Vaqt o‘g‘risi» (1952), «Jang» (1954) «Shayton» (1953), «Buxgalter» (1953), «Ideal ayol» (1954), «Er ziyorati» (1956), «Sevgi tili» (1957) kabi asarlari mashhur.