Patrisia Bernard. Yuvati (hikoya)
Yuvati ota-onasi o‘tirgan odamlarga liq to‘la qayiq Karnapxuli[1] daryosining uncha katta bo‘lmagan irmog‘idan qayrilib, ulkan va tezoqar daryo bag‘rida ko‘zdan g‘oyib bo‘lguniga qadar (ota-onasiga) qo‘l silkitib turdi. Advika va Lalit ham unga javoban qo‘l silkishardi. Yuvati ularga qarab bazo‘r iljaydi. davomi…


Patrisia Bernard 1942 yilda Avstraliyaning Melburn shahrida tug‘ilgan. Uning ilk ijodiy ishi Judi Nann hamda Fiona Ueyte bilan hammualliflikda yozilgan “Trampalar jumbog‘i” asari 1981 yilda chop etiladi. Yozuvchi mazkur asarni Judi Bernard-Ueyt taxallusi ostida nashr ettiradi. Fantastika janrida yozilgan va bolalar uchun mo‘ljallangan mazkur asar “yashil” qit’ada katta shuhrat qozonadi. Hikoya qahramoni – Trampalar asarda tabiat himoyachisi, daraxtlar qo‘riqchisi sifatida talqin etilgan va o‘z vaqtida adabiyotshunoslar hamda adabiyot ixlosmandlari tomonidan abadiy obraz, kuchli timsol, deya ta’riflangan.