Taniqli gruzin adibi, Lenin komsomoli mukofoti va Lenin mukofoti laureati Nodar Dumbadzening ushbu romanida chegarachilarning jangovar hayoti maroqli hikoya qilinadi. Kitob sahifalarida kunu tun, issig‘u sovuq demay vatan sarhadlarini, el osoyishtaligini sezgirlik bilan qo‘riqlab kelayotgan yosh jangchilar orasidagi navqiron gruzin yigiti Avtandil Jakeli bilan do‘stlari hayotining jangovar, lirik lavhalari, quvonch va tashvishlari namoyon bo‘ladi.