Nikolay Leskov. Mtsensk uyezdidan chiqqan Makbet xonim (qissa)
Ilk qo‘shiqni sen yonib kuyla. Matal BIRINChI BOB Bizning tomonlarda ba’zan shunaqangi toifa odamlar uchraydiki, bunday uchrashuvlardan so‘ng oradan ancha-muncha yil o‘tgan bo‘lsa-da, ularning ayrimlarini eslaganingda vujuding jimirlab, qalbing hayajonlanib ketadi. Savdogar xotini Katerina Lvovna Izmaylova ana shunday odamlar toifasidan davomi…


Yirik rus yozuvchisi Nikolay Semyonovich Leskov (1831-1895) Oryol guberniyasida kichik ma’mur oilasida tug‘ildi. Bolalik chog‘ida onasining diniy yo‘nalishdagi tarbiyasini oldi. Otadan yosh yetim qolgan Leskov, oiladagi moddiy qiyinchilik tufayli, 1874 yilda Oryol jinoiy sudi palatasiga ishga kiradi. Bu ish unga bo‘lg‘usi asarlari uchun ko‘pgina mavzular beradi. 1849 yilda u Kiyevdagi tog‘asi meditsina professori Alferev huzuriga borib, Kiyev universitetida erkin tinglovchi sifatida agronomiya, huquq, kriminalistika, anatomiya fanlari bo‘yicha lektsiyalar tinglaydi.