Murza G‘aparov. Boychechak (hikoya)
Telefon uzoq jiringladi. Kiyaz uning ovozini anchagacha eshitib yotib, arang ko‘zini ochdi. Xona ichi qorong‘i. Qay mahal bo‘lgani: kechqurunmi, tun o‘rtasimi, saharmi, bilinmaydi. Aeroportdan samolyotlarning gurillagani eshitiladi. Ular kecha-kunduz uchib turishadi… «Bemahalda kim telefon qilyapti ekan? Shahardan emasligi aniq: telefonning davomi…


Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Murza G‘aparov (Murza Gaparov) – qirg‘iz kitobxonlarining ardoqli adiblaridan biri. U o‘zining zamondoshlari Ashim Jaqipbekov, Mar Bayjiyev, Kengash Jusupovlar bilan bir safda turgan holda, qardosh qirg‘iz adabiyotida hikoyachilik janrini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan. M. G‘aparov 1936 yilda O‘sh viloyatining Novqat tumanidagi Nuyg‘ut qishlog‘ida tug‘ilgan. Mirza og‘a atoqli yozuvchi Chingiz Aytmatov bilan birgalikda ko‘p yillar «Qirg‘izfilm» kinostudiyasida ishlab, qator kinofilmlar ham yaratgan.Murza G‘aparovning «Mehmon» deb nomlangan birinchi kitobi 1963 yilda nashr etilgan. Adibning «Bir shingil uzum», «Arslonbob tomonlarda», «Qorako‘lning g‘ozlari», «G‘aroyib Orol», «Qizil beda», «Yovvoyi o‘rdaklar» singari qator kitoblari qirg‘iz, rus va qardosh tillarda bosilib chiqqan.«Jahon adabiyoti» jurnali muxlislari e’tiboriga havola etilayotgan mazkur qissa olis va sirli Badaxshondagi qirg‘iz elatining turmush tarzi Murza G‘aparovga xos uslubda bayon etiladi.