Mori Ogay. Raqqosa (qissa)
Ko‘mir ortilgan. Ikkinchi toifali kayut-kompaniya bo‘m-bo‘sh, elektr chirog‘i behuda charaqlab yonib turibdi. Odatda kechqurunlari bu yerda qartabozlar yig‘ilishardi, bugun esa hammasi mehmonxonada, qirg‘oqda tunashadi, kemada yolg‘iz o‘zim qoldim. Ezgu niyatim ushalgandan buyon besh yil o‘tdi: men Yevropaga xizmat safariga yuborilgan davomi…


Mori Ogay (森 鷗外) Yaponiyaning Simane viloyatiga qarashli Suvana shaharchasida, shifokorlar oilasida tavallud topdi. Bolaligida Konfutsiy maktabi mumtoz adabiyotini va golland tilini o‘rgandi. 1881 yili tibbiyot bilim yurtini bitirdi va 1884 yili Germaniyaga yuborildi. U yerda tibbiy ma’lumotini oshirdi hamda Lessing, Shiller, Gyote, Gofman, Russo va Turgenev asarlarini qiziqib o‘qidi.