“Tinch Don” romanining ikkinchi kitobidya 1917 yilning oxiri va 1918 yil boshlarida ro‘y bergan voqealar yuksak mahorat bilan tasvirlanadi. Yozuvchi bu voqealarda qatnashgan turli tabaqa vakillarining hamda Don kazaklaridan chiqqan revolyutsionerlarning yorqin obrazlarini yaratgan.
“Tinch Don” romanining uchinchi kitobida Dondagi grajdanlar urushi — 1919 yil mart oyida Don viloyatining shimoliy qismida ro‘y bergan Don kazaklari qo‘zg‘oloni tasvirlanadi.
M. Sholoxov «Tinch don» romanining IV kitobida Don kazaklarining 1919 yilgi qo‘zg‘oloni hamda kontrrevolyutsion «Ko‘ngilli armiya»ning mag‘lubiyatga uchragani hikoya qilinadi. Oq gvardiyachilarning nayrangiga uchib, Sovet hokimiyatiga qarshi qurol ko‘targan Yuqori Don kazaklarining isyoni tarix tomonidan halokatga mahkum etilganligini yozuvchi yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlab beradi.