Chog‘roqqina, ammo juda go‘zal surat chizgan bir rassom uni oynada aks etadigan tarzda osib qo‘yishga qaror qildi.
— Suratni oynada ko‘rsangiz,— dedi rassom,— unda miqyosi chuqurlashadi, bo‘yoqlari muloyimlashadi. Meningcha, surat anchagina latiflashadi.
O‘rmonda yashovchi hayvonlarga bularning hammasi to‘g‘risida xonaki mushuk gapirib berdi. U o‘zining bilimdonligiyu hassosligi, g‘aroyib boodobligiyu o‘ta madaniyatligi bilan hamisha ularning havasini keltirardi.
Mushuk boshqa hayvonlarning xayoliga ham kelmagan narsalar to‘g‘risida bahs etishi mumkin edi. Biroq ular: aksar uning hikoyalaridan keyin ham gaplariga to‘la-to‘kis ishongilari kelmasdi.
Mushukdan bu yangilikni eshitgach, o‘rmonda yashovchi hayvonlar juda hayajonlanib ketdilar. Unga savollar yog‘dirib bor gapni batafsil aytib berishiii talab qildilar. Ularni, ayniqsa, surat degani nima ekanligi qiziqtirardi.
— Bilasizlarmi,— dedi mushuk, — surat degani yapasqi bir narsa. Shu qadar yapasqiki, zavq-shavqingizni oshirib yuboradi. Qolaversa, o‘zi juda go‘zal!
Shundan keyin hayvonlarning qiziqishi nihoyatda kuchayib ketdi, ular mushuk surat deb atagan narsani ko‘rish uchun borliqlaridan kechishga tayyor ekanliklarini aytdilar.
— Darvoqe, uni bunchalik go‘zal qilib ko‘rsatadigan narsa nima?— deb so‘radi ayiq.
— Hayratomuz ko‘rkamligi,— deb javob berdi mushuk.
Bu ularning zavq-shavqini yanada oshirib yubordi, ayni bir vaqtda ko‘tillarida muayyan gumon tug‘dirdi. Hayvonlarning qiziqishlari had-hududsiz edi.
— Oyna degani nima?— deb qiziqsindi sigir.
— Devordagi bir tuynuk,— deb tushuntirdi mushuk.— Unga qarasangiz — suratni ko‘rasiz. Bu suratda shu qadar nafosat, latofat, samoviy shaffoflik aks etganki, u o‘zining aql bovar qilmaydigan ko‘rkamligi bilan sizni shu qadar ilhomlantirib yuboradiki, boshingiz aylana boshlaydi. Hushingizdan ketib qolayozasiz.
Shu paytgacha churq etmay turgan eshak daf’atan hamma yor-birodarlarini o‘yga cho‘mdirib qo‘ydi:
— Mushuk lof urayotgan go‘zallikka o‘xshagan go‘zallik hech qachon bo‘lgan emas,— deya hukm chiqardi u,— ajab zmaski, hozir ham bo‘lmasa. Qolaversa, mushukning ana shu go‘zallikni ta’riflash uchun — shu qadar uzundan-uzoq tashbehlarni qo‘llashga majbur bo‘layotganligi shubha tug‘diradi.
Eshakning so‘zlari hayvonlarga ma’lum darajada ta’sir qilganini payqash qiyin emasdiki, dili-diligacha g‘oyatda ozor yetgan mushuk oradan chiqib ketdi. Bir necha kungacha o‘rmonda bu borada gap ochilmadi-yu, ammo so‘nib bitmagan qiziqish bora-bora yangi kuch bilan alangalanib ketdi-da, hayvonlar o‘rinsiz shubha-gumonlari bilan quvonchlariga rahna solgan eshakka ta’na qila boshladilar. Biroq, eshakka bas kelish mahol edi. Eshak pinagini buzmay, u haqlimi, mushuk haqlimi ekanligini hal qilish uchun birgina yo‘l borligini aytdi. Eshak rassomning uyiga borib, o‘sha tuynukka ko‘z tashlaydi-da, qaytib kelgach, nima ko‘rganini aytib beradi. Shundan so‘ng barcha hayvonlarning ko‘ngli joyiga tushib, eshakdan tezroq rassomnikiga borib kelishni iltimos qila boshladilar. U yo‘lga tushdi.
Lekin manzilga yetib kelgach, eshak yanglish ish tutib oyna bilan surat o‘rtasida turib qoldi-da, tabiiyki, surat degan narsani ko‘rmadi. O‘rmonga qaytib kelgach, qat’iyat bilan shunday dedi:
— Mushuk yolg‘onchi ekan! Tuynukda allaqanday eshakdan boshqa hech narsa ko‘rinmaydi. Yapasqi buyumdan-ku asar ham yo‘q. Men ko‘rgan eshak garchand, anchagina yoqimtoy bo‘lsa ham, lekin bari bir o‘zimiz bilgan eshak-da.
— Sen sinchiklab qaradingmi o‘zi?— deb so‘radi fil.— Yaqinrog‘iga bordingmi ishqilib?
— O, hayvonlarning hoqoni Xatxi, men hammasini sinchiklab ko‘zdan kechirdim, shu qadar yaqin bordimki, tumshug‘imni tumshug‘iga urib oldim.
— Bularning barchasi g‘alati,— dedi fil.— Hammamizga ayonki, shu paytgacha mushuk hamisha rost gapirib kelgan edi. U yerga yana birontalaringiz borib kelinglar. Sen bora
qol, Balu, o‘sha tuynukka razm sol. Qaytib kelganingda u yerda nima ko‘rganingni aytib berasan.
Ayiq yo‘lga tushdi. U qaygib kelgach, hayvonlar shu gaplarni eshitdilar:
— Mushuk ham, eshak ham yolg‘on aytishibdi: o‘sha tuynukda allaqanday ayiq yotibdi, xolos.
Hayvonlarning orasida astoydil to‘s-to‘polon ko‘tarildi. Ulardan har biri kim haqli ekanligiga shaxsan amin bo‘lgisi kelardi.
Ammo fil ularni bitta-bittalab jo‘natdi.
Avval sigirni jo‘natdi. U tuynukda sigirdan boshqa hech kimni ko‘rolmay qaytib keldi.
Yo‘lbars yo‘lbarsdan boshqa hech kimni uchratmadi.
Arslon arslondan boshqa hech kimni uchratmadi.
Qoplon qoplondan boshqa hech kimni uchratmadi.
Tuya esa tuyanigina ko‘rib qaytdi.
Shundan so‘ng darg‘azab bo‘lgan Xatxi o‘zi borib haqiqatni haq toptirib kelishini aytdi. U qaytib kelgach, bugundan e’tiboran o‘zining barcha talablarini yolg‘onchi deb hisoblajagini ma’lum qildi, mushukning naqadar past ketganligini o‘ylay-o‘ylay, anchagacha o‘zini bosolmadi.
— Tuynukda fildan boshqa kimsa yo‘qligini kaltabin ahmoqlargina payqamagan bo‘lishlari mumkin,— dedi Xatxi.
MUShUK ChIQARGAN HISSA:
Agar san’at asari bilan tasavvuringiz oynasi o‘rtasida turib qolsangiz — o‘zingiz olib kirgan narsanigina ko‘ra olasiz. Unda quloqlaringizni ko‘rasizmi-yo‘qmi, ammo quloqlaringizning mavjud bo‘lishi muqarrar, bunisidan ko‘nglingiz to‘q bo‘laversin.