Maritsa Bodrojich. Yulduzlarga jilo berib
Mening olmon tilidagi hayotim Inson qalbi tarixidan hikoya qilish tarjimai holni o‘rab-chirmashdan xalos bo‘lishdir. Mening olmon tilim mohiyatan madhiya bo‘lib yangraydi. Qalb xotirasida. Botinimdagi gobelen vujudimning birdan-bir, yagona jon qulog‘iga aylangan. Bunda Yevropani bosh deb olsak, undagi xotira inson yanglig‘ davomi…


Maritsa Bodrojich (Marica Bodrožić) 1973 yilning 3 avgustida Xorvatiyada tavallud topgan. 1983 yili Germaniyaga ko‘chib kelgan. O‘n yoshidan e’tiboran Berlin shahrida istiqomat qilmoqda. “Tito o‘ldi” nomli hikoyalar to‘plami (2000) orqali adabiy jamoatchilikka tanildi. “Botiniy lahzalar o‘yinchisi” (2005) romani, “Bitta patida o‘zgarmabdi kolibrining” (2007) she’riy kitobi nashr etilgan. “Xotiraning qalb surati” badiiy filmi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan. O‘nga yaqin mukofotlar sovrindori.