Karlo Emilio Gadda. Tugallanmagan lavhalar
I. Rapallolik ko‘katfurush Ta’rifiga til ojiz ko‘katfurush hirqiroq tovushda nola chekishdan to‘xtadi va uyquga to‘ymagan ko‘zlarini menga tikdi: u odatdagiday erta tongda uyg‘ongandi. Bu inobatga olishim shart bo‘lgan jihat edi. Og‘zidagi o‘chib qolgan tamaki men yoqtiradigan bovizancha uslubda lab burchida davomi…


Italyan yozuvchisi Karlo Emilio Gadda (Carlo Emilio Gadda) 1893 yili Rimda tavallud topgan. Uning “Birinchi Jahon urushi kundaligi”, “Merulan ko‘chasidagi baxtsizlik” detektiv romani, “Italiya fashizmi” kabi bir qator roman-esselari nashr etilgan. Adib ijodidagi o‘ziga xoslik parodiya, janrlar uyg‘unligi, italyan va lotin klassiklaridan iqtiboslar, jargonlar, so‘zlashuv tiliga keng murojaat kabi bir necha jihatlarda o‘z aksini topadi.