Jek London. Buyuk sehrgar (hikoya)

Qishloq aholisi zo‘r tashvishda. Xotin-xalaj chinqirishib, labi-labiga tegmay to‘xtovsiz javrashadi. Erkaklarning qovog‘i soliq, ular shubha bilan atrof-tevarakka qaraydilar, hatto itlar ham bezovtalanib, daydib yuradilar, ular ham butun qishloqni qoplab olgan hayajonli tashvishni g‘ira-shira sezib, falokat yuz bergan hamon o‘rmonga qarab qochishga tayyorlanadilar. Hamma shubhada. Hech kim o‘z qo‘shnisiga ishonmas, qo‘shnisi ham shu xilda unga shubha bilan qarayotganligini bilardi. Hatto bolalar ham yuvosh bo‘lib qolgan, butun hodisaning aybdori kichkina Di-Ya onasi Guniyadan, keyin otasi Boundan rosa kaltak yeb, qirg‘oqdagi to‘nkarib qo‘yilgan qayiq ostiga yashirinib oldi, endi ahyon-ahyonda bir shilqiratib burnini tortib atrofga qarab o‘tipap edi.
Eng yomoni shundaki, shu qishloqlik shaman Skundu odamlar nazaridan qolgan, shuning uchun uning mashhyp sehrgarlik san’atini ishga solib, jinoyatchini topib bo‘lmaydi. Bundan bir oycha ilgari qabila a’zolari Tonkinga mehmondorchilikka borishdi, u yerda Chaku-Jim yigirma yil davomida to‘plagan boyligini sarf qilib, ziyofat berdi. Shunda shaman Skundu janubdan yo‘lovchi shamol yuradi deb bashorat qilgan edi. Oxirida nima bo‘ldi? Belgilangan kun birdan shimol tomondan shamol urib berdi. Shamol shu qadar kuchli bo‘ldiki, eng oldin yo‘lga chiqqan uchta qayiqning birini dengizga surib ketdi. Qolgan ikkisi qirg‘oq toshiga urilib, parcha-parcha bo‘ldi, bir kichkina bola suvga cho‘kib o‘ldi. Keyin Skundu pol ochganimda xatoga yo‘l qo‘yibman, zarur bo‘lgan ip tortilmagan ekan, deb tushuntirdi. Lekin odamlar unga quloq solmadilar; unga hech kim go‘sht, baliq va teri sovg‘a qilmay qo‘ydi. Keyin odamlar uni o‘z uyiga kirib olib, kunlarini ro‘za tutish va qayg‘u-alamda o‘tkazayotgan bo‘lsa kerak deb o‘yladilar. Haqiqatda esa Skundu yashirib qo‘ygan joyidagi boy ovqat zaxiralarini yeb yotar va odamlarning bevafoligi haqida o‘ylar edi.
Guniyaning odeyali yo‘qoldi. Juda yaxshi, qalin, issiq odeyal edi. Guniya bu odeyalni deyarli suv tekinga olganligi uchun ham doim maqtanib yurardi. Qushni qishloqlik Ti-Kuon juda go‘l odam ekan, bo‘lmasa shunday odeyalni arzon-garovga berib qo‘ya qolarmidi. To‘g‘risi, Guniya bu odeyal o‘ldirilgan bir inglizniki ekanligini bilmasdi. Bu ingliz g‘oyib bo‘lganda, Qo‘shma Shtatlarga tegishli politsiya kateri uzoq vaqt qirg‘oqdan uzoqlashmay turdi. Qayiqlari esa bo‘g‘ozlar va buxtalarning eng yashirin joylarini ham ag‘dar-to‘ntar qilib, rosa axtardilar. Shuning uchun ham Ti-Kuon hukumat qabiladoshlarimni javobgar qilmasin deb, bu odeyalni tezroq sotib yuborishga oshiqqandi. Lekin Guniya bundan xabarsiz bo‘lib, odeyalni maqtash bilan ovora edi. Hamma xotinlarning odeyalga havasi kelganidan Guniyaning shuhrati ortgandan ortib bordi va dovrug‘i qishloqdan ham tashqari chiqib, butun Alyaska qirg‘oqlari bo‘ylab Datch-Xarbordan to muqaddas Mariya buxtasigacha borib yetdi. Hamma yerda uning odeyalini maqtashar edi. Hap yerda uning antiqa o‘ljasi to‘g‘risida gap bo‘lardi, erkaklar qayerda to‘planmasin — baliq ovidami, ziyofatdami — hamma yerda, Guniyaning odeyali og‘izdan tushmas, uning qalinligi va issiqligi to‘g‘risida gurung ketardi. Bu odeyalning yo‘qolishi juda g‘alati va sirli ish bo‘ldi.
– Men uni endigina xuddi uyim oldiga oftobga yoyib qo‘ygan edim, – deb minginchi marta zorlanar edi Guniya, Tlinket qabilasi xotinlariga. – Odeyalni yoyib, endigina o‘girilgan edim, negaki anovi yaramas o‘g‘ri Di-ya xom xamirdan yeb ko‘rmoqchi bo‘lib, boshini katta qozonga suqibdi, qozonga yiqilib tushibdi-da, xamirga boshi bilan sho‘ng‘ib ketibdi, oyoqlari xuddi shamolda qimirlagan daraxt shoxlari kabi qimirlab turibdi. Uni xamirdan sug‘irib aql kirsin deb boshini eshikka bir-ikki urgunimcha yo‘qki, qarasam, odeyal yo‘q-da.
– Odeyal yo‘qoldi degin! – deb shivirladilar qo‘rqib ketgan xotinlar, uning gapini ilib olib.
– Yomon bo‘ldi, – dedi Guniya.
– Shunday odeyal-a! – dedi boshqa bir xotin.
Lekin xotinlar hamma havas qilib yurgan la’nati odeyal yo‘qolganidan ich-ichidan xursand bo‘ldilar.
– Endigina oftobga yoyib qo‘ygan edim-a, – deb gap boshladi Guniya, ming birinchi marta.
– Ha, ha, – deb uning so‘zini kesdi bu hikoya joniga tekkan Boun. – Lekin qishloqda yot odam yo‘q edi. Shuning uchun ham odeyalni o‘g‘irlagan odam o‘z qabilamizdan ekanligi aniq.
– Qo‘ysang-chi, bo‘lmag‘ur gaplarni, Boun! – deb norozilik bildirishdi xotinlar. – Bizning oramizda bunday odam yo‘q.
– Bo‘lmasa, birov jodugarlik qilgan, – dedi Boun sovuqqonlik bilan va atrofdagi xotinlarga mug‘ambirlik bilan qarab qo‘ydi.
– Jodugarlik! – degan so‘z aytilishi bilanoq xotinlar jim bo‘lib qolishdi va qo‘pqa-pisa bir-birlariga qarashdi.
– Ha, – deb qacoc hissi bir zumga uyg‘ongan Guniya xotinlarni chaqib oldi. – Klok-No-Tonni olib kelgani kuchli bir eshkakchi yuborildi. Kechqurungi suv ko‘tarilganda shu yerda bo‘ladi.
Xalq tarqala boshladi, Butun qishloqni qo‘rquv bosdi. Falokatlarning eng yomoni — jodugarlik. Shayton xohlagan odamning ichiga — xoh erkak, xoh xotin, xoh yosh bola — kirib olgan bo‘lishi mumkin, lekin hech kimga ayon emas. Ko‘zga ko‘rinmas, tutqich bermas kuchlarga qarshi shamanlargina kurasha oladi, o‘lkadagi shamanlarning ichida jin-ajinalarga dahshat soladigani esa qo‘shni qishloqlik Klok-No-Ton edi. Jin-ajinalarni hech kim uningdek ko‘p topa olmaydi, hech kim gunohkorlarni u qadar mudhish qiynoqlapga sololmaydi. Bir marta iblis hatto uch oylik chaqaloqning ichiga kirib olgan ekan. Bu ajina juda ham o‘jar ekan. Uni haydab chiqarish uchun chaqaloqni bir haftagacha ajriqqa ag‘anatib qo‘yishga to‘g‘ri keldi.
Chaqaloqning o‘ligini dengizga tashladilar, lekin to‘lqin xuddi butun qishloq ahliga la’nat o‘qiyotgandek, uni hadeb qirg‘oqqa uloqtirib tashlayverdi. Ikkita baquvvat erkak suv qaytayotgan paytda g‘arq bo‘lib ketganlaridan keyingina bolaning o‘ligi qaytib chiqmadi.
Guniya mana shu Klok-No-Tonni olib kelish uchun odam yuboribdi. O‘zimizning shaman Skundu nazardan qolmagan bo‘lsa ham go‘pga edi. U odatda bu qadar keskin choralarni ko‘rmasdi, bir kuni u bir erkakning ichiga kirib olgan ikkita shaytonni haydab yubordi, o‘sha kishi keyin yettita bola tug‘dirib, hammasini boqib katta qildi. Klok-No-Tonchi! Uni esga olganda, yomon bir falokat kelishidan qo‘rqib odamlarning kapalagi uchar edi. Qishloqdagi har bir kishi ham hamma menga shubha bilan qarayotir deb o‘ylar, shunday deb o‘ylagan odamning o‘zi ham boshqalarga xuddi o‘shanday shubha bilan qarardi. Simedan boshqa hamma shuni his qilar edi, lekin Sime Xudosiz odam edi, bora-bora u katta bir falokatga uchrashi turgan gap, albatta. Lekin shu vaqtgacha u biror falokatga uchragani yo‘q.
– Ho-ho, – deb kular edi u. – Iblis emish! Klok-No-Tonning o‘zi har qanday iblisdan battar-ku, unday yovuz odamni butun tlinketlar tuprog‘idan topolmaysiz.
– Voy tentak-e! Shoshmay tur hali, hademay Butun sehr-afsunlari bilan yetib keladi. Yaxshisi, tilingni tiy, bu gaplarning kasofati urib, umring qisqarib qolmasin yana!
Aldoqchi deb laqab berilgan La-Lax shunday dedi, lekin Sime bunga javoban kulib qo‘ya qoldi.
– Meni Sime deydilar, qo‘rquv nimaligini bilmayman, jaholatdan qo‘rqmayman. Marhum otamdek kuchliman, kallam ham joyida. Axir jin-ajinalarni na men, na sen ko‘rgan emasmiz-ku, hech kim ham ko‘rmagan!
– Skundu esa ko‘rgan, – deb e’tiroz bildirdi La-Lax. – Klok-No-Ton ham ko‘rgan. Biz buni bilamiz.
– Sen qayoqdan bilasan buni, voy ahmoq-e! – deb shang‘illab berdi Sime, uning ho‘kiznikidek yo‘g‘on bo‘yni qon quyilib, qizarib ketdi.
– Men buni ularning o‘z og‘zidan eshitganman, – shuning uchun bilaman.
Sime piq etib kulib yubordi.
– Shaman ham bir odam-da. Uning so‘zlari ham meniki yoki senikiga o‘xshab yolg‘on bo‘lishi mumkin emasmi? Tuf-e! Tuf! Yana bir marta tuf! Mana, jin-ajinalaru shamanlaringga beradigan javobim shu! Mana senga! Mana senga!
Shunday deb Sime barmoqlarini qarsillatib, o‘z yo‘liga ketaverdi, olomon esa unga hurmat va qo‘rquv aralash yo‘l bo‘shatib berdi.
– Yaxshi ovchi, usta baliqchi-yu, lekin yomon odam, – dedi odamlardan biri.
– Shunday bo‘lsa ham hamma vaqt uning omadi yurgan, – dedi boshqasi.
– Sen ham yomonlar qatoriga qo‘shila qol, senga ham omad keladi, – deb qayrilib qaramay gap tashladi Sime. – Agar hammamiz yomon bo‘lsak, shamanlarga ish qolmasdi. Uff! Hammangiz ham yosh bolalarga o‘xshab bo‘lmag‘ur narsalardan qo‘rqib yurasizlar.
Kechqurun dengiz suvi ko‘tarilgan payt Klok-No-Ton tushgan qayiq sohilga kelib urilganda ham Sime odobsizlik qilib kulardi, hatto shaman qirg‘oqqa tusha turib qoqilib ketganini ko‘rib, uni askiya qilib ham qo‘ydi. Klok-No-Ton qovog‘ini solib, unga bir qapab qo‘ydi-yu, hech narsa demasdan g‘oz yurish qilib, kutib turgan odamlar oldidan o‘tib ketdi va to‘g‘ri Skunduning uyiga qarab yurdi.
Bu uchrashuv paytida nima gaplar bo‘lgani qabila odamlariga noma’lum qoldi, chunki ikki buyuk sehrgar o‘zaro suhbatlashar ekanlar, odamlar odob saqlab uzoqroqda turishar, hatto shivirlab gapirishar edilar.
– Salom, Skundu! – deb do‘rilladi Klok-No-Ton, u Skundu qanday qarshilashini aniq bilmaganidan bir oz xavotirda edi.
Klok-No-Ton devqomat odam bo‘lib, kichkina Skunduga qaraganda uni minora desa bo‘lardi. Skundu alik olganda, uzoqdan qopa chigirtka chirillagandek bo‘ldi.
– Salom, Klok-No-Ton, – dedi u. – Qadamlaringga hasanot.
– Haligi to‘g‘rimi… – dedi-yu, Klok-No-Ton tutilib qoldi.
– Ha, ha, – deb chidamsizlik bilan uning so‘zini bo‘ldi kichkina shaman. – To‘g‘ri, boshimga og‘ir kunlar keldi, aks holda mening vazifamni bajarishga kelgan odamga tashakkur aytib turgan bo‘lmasdim.
– Bu xabar meni juda xafa qildi, do‘stim Skundu…
– Men esa xursandman.
– Topganimning yarmisi senga.
– Yo‘g‘-e, hurmatli Klok-No-Ton, – dedi Skundu qo‘lini ko‘tarib, norozilik bildirar ekan. – Aksincha, shu bugundan boshlab quling va qarzdoringman, umrimning oxirigacha senga xizmat qilishga tayyorman.
– Men ham…
– Hozir menga xizmat qilishga tayyor turganing kabi.
– Bunga shubha qilmasang ham bo‘ladi. Menga qara, Guniya degan xotin odeyalini o‘g‘irlatibdi, buni qiyin ish deb o‘ylaysanmi?
Yangi kelgan shaman kalavaning uchini topishga shoshilib, xato qildi. Skundu miyig‘ida kulib qo‘ydi, u odamlarning ko‘nglidagi gaplarni bilib turishga o‘rganib qolgandi, shuning uchun hech kimni nazar-pisand qilmasdi.
– Hamma vaqt keskin choralar ko‘rib kelgansan, – dedi u. – O‘g‘rini birpasda topib olishingga sira shubham yo‘q.
– Ha, bir zumda topaman, faqat bir nazar tashlasam bo‘lgani, – dedi-yu, Klok-No-Ton yana tutilib qoldi. – Biror begona odam yo‘qmidi bu yerda? – deb so‘radi y.
Skundu bosh chayqadi.
– Bunga qapa! Ajoyib narsa-a, nima deding? – deb Skundu bug‘u va dengiz mushugi terisidan tikilgan choyshabni ko‘rsatdi. U mehmonning choyshabga qiziqish bilan ko‘z qirini tashlab qo‘yayotganini sezib qolgandi.
– Juda arzon tushirib olganman, – deb qo‘shimcha qildi u.
Klok-No-Ton diqqat bilan quloq solar ekan, tushundim degandek bosh irg‘itdi.
– Men buni La-Lax degan odamdan oldim. Bu odam juda epchil yigit. Shunda miyamga lop etib bir fikr keldi…
– Qani, qani, – deb yubordi sabrsizlik bilan Klok-No-Ton.
– Miyamga bir fikr keldi, – deb gapini tugatdi u birpas jim turib. – Keskin choralar ko‘rishga ustasan, qadamlaringga hasanot, Klok-No-Ton, – deb qo‘shib qo‘ydi.
Klok-No-Tonning yuzi yorishib ketdi.
– Buyuk odamsan, Skundu, shamanlar shamanisan. Seni sira esimdan chiqarmayman. Endi boray. La-Lak epchil odam degin?
Skundu yana miyig‘ida kulib qo‘ydi, mehmonni chiqarib yuborib eshikni yopdi, eshikka ikki qavat tamba solib qo‘ydi.
Klok-No-Ton Skunduning uyidan chiqqanda, Sime qirg‘oqda qayig‘ini tuzatib o‘tirgan edi. U ishini to‘xtatib, hammaning ko‘z oldida miltig‘ini o‘qlab yoniga qo‘ydi.
Shaman buni ko‘z ostiga olib qo‘ydi-da:
– Qabilaning hamma odamlari mana shu yerga yig‘ilsin, – deb qichqirdi. – Shunday deb jin-ajinalarni topa oladigan va ularni quva oladigan men Klok-No-Ton buyuraman.
Klok-No-Ton boshqa odamlarni Guniya uyiga to‘plamoqchi edi, lekin u Simening buyruqqa itoat qilishiga ishonmasdi; janjal ko‘tarishni esa istamasdi. Simega o‘xshagan odamlar bilan, yaxshisi, adi-badi aytishib o‘tirmaslik kerak, ayniqsa, shaman bundan ehtiyot bo‘lishi zarur deb o‘ylaydi y.
– Guniya degan xotinni chaqiringlar, – deb buyurdi Klok-No-Ton atrofga yirtqichlarcha nazar tashlab. Uning qarashlaridan hammaning badani jimirlab ketdi.
Guniya hech kimga qaramay, boshini quyi solib o‘rtaga chiqdi.
– Odeyaling qani?
– Endigina oftobga yoyib qo‘ygan edim, bir zumda yo‘q bo‘lib qoldi, – deb ko‘z yoshi qildi Guniya.
– Ha-ha!
– Hammasiga Di-ya sababchi.
– Ha-ha!
– O‘zini ham rosa adabini berdim, yana beraman hali, chunki boshimizga falokat keltirdi, biz esa kambag‘al odamlarmiz.
– Odeyaldan gapir! – deb bo‘g‘iq tovush bilan o‘kirdi Klok-No-Ton, u Guniyaning jodugarlik xizmat haqini kamaytirishga urinayotganini anglab qolgandi. — Odeyaldan gapir, hay xotin. Boyliging hammaga ma’lum.
– Odeyalni endigina oftobga yoygan edim, – deb hiqillab takrorladi Guniya. – O‘zimiz kambag‘al odamlarmiz, hech vaqomiz yo‘q.
Birdan Klok-No-Tonning muskullari tarang tortildi, yuzlari burishib-tirishib ketdi, Guniya esa orqaga tisarildi. Lekin dam o‘tmay Klok-No-Ton shunday shahd bilan oldinga sakradiki, Guniya gandiraklab ketib, uning oyog‘i ostiga yiqildi. Shamanning ko‘zlari olayib, jag‘i pastga osilib qoldi. U qo‘llarini cho‘zib, jon-jahdi bilan havoni mushtlayverdi. Uning butun gavdasi xuddi qattiq og‘riyotgandek buralib-buralib ketardi. Bu harakatlari tutqanog‘i tutib qolgan odamning holatini eslatardi. Lablarida oppoq ko‘pik paydo bo‘ldi, a’zoyi badani qaltiray boshladi.
Xotinlar jazavasi tutib, u yoqdan-bu yoqqa chayqalib turdilar-da, mahzun kuy boshlab yubordilar, erkaklar ham birin-ketin ularga qo‘shildilar. Bunga faqat Sime aralashmadi. U ag‘darilgan qayiqqa minib olib, atrofida bo‘layotgan ishlarga istehzo bilan qarab o‘tirdi, lekin uning tomirlarida qoni bo‘lgan bobolarining ovozi borgan sari kuchayib, uni ham shunga undardi. Sime esa qo‘rquvni yengish uchun o‘zi bilgan hamma boloxonador so‘kishlarni og‘ziga olib, to‘ng‘illay boshladi. Klok-No-Tonga qarab, odam qo‘rqib ketardi. U o‘zi o‘ralib olgan odeyalni uloqtirib urdi, butun kiyimlarini yechib tashlab, qip-yalang‘och bo‘lib oldi, belida burgut changalini tizib yasalgan lungi qoldi, xolos. U u yoqdan-bu yoqqa chopar, davra o‘rtasida gir aylanar, baqirib-chaqirardi, uzun, qop-qora sochlari yoyilib ketgan, xuddi zulmat qorong‘ulikning bir parchasiga o‘xshardi. Lekin jazavasi tutgan Klok-No-Tonning harakatlari qandaydir qat’iy bir ritmga bo‘ysungan edi. Tevarak-atrofdagilarning hammasi mana shu ritmga ergashib, shamanning ovoziga jo‘r bo‘lganlaridan keyin u birdan to‘xtadi-da, burgutning tirnog‘iga o‘xshagan uzun ko‘rsatkich barmog‘ini ochib qo‘lini oldinga cho‘zgan holda yerga o‘tirib oldi-yu, qotdi. Olomon orasidan go‘yo jon uzilish paytidagi singari ingroq ovoz ko‘tarildi — odamlar jon hovuchlab, titrab-qaqshab, davrani sekin-asta aylanayotgan dahshatli ko‘rsatkich barmoqdan ko‘zlarini olmay turdilar. Chunki bu barmoq bilan birga o‘lim aylanar, barmoq ko‘rsatmay o‘tib ketgan odam hayot qolardi. O‘limdan qutulganlar yengil tortib, endi nima bo‘lishini diqqat bilan kutib turardilar.
Pirovardida shaman qattiq qichqirib yubordi, uning barmog‘i La-Laxga qadalib to‘xtadi. La-Laxni titroq bosib ketdi. U o‘ldim endi deb o‘yladi, mol-mulki talon-toroj qilingani, xotini esa ukasiga tekkani ko‘ziga ko‘rinib ketdi. U gapirishga urinib ko‘rdi, o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi, lekin tili tanglayiga yopishib, tomog‘i qaqrab qoldi. Klok-No-Ton ishini qilib bo‘lgach, xuddi behushdek bo‘lib qoldi. Lekin ko‘zi yumuq holda quloq solib turardi: mana hozir tanish ovoz yuz va ming martalab eshitgan buyuk qasos qichqirig‘i ko‘tariladi deb kutardi. U sehr qilib bo‘lgandan keyin odatda odamlar xuddi och bo‘rilardek, titrab turgan gunohkorga tashlanar edilar. Ammo hozir hamma jim turardi; kimdir piqillab kulib yubordi, davraning boshqa tomonidan kimdir unga ergashdi, keyin kulgi borgan sari ko‘chayib bordi-da, qah-qaha ovozi hammayoqni titratib yubordi.
– Nima gap o‘zi? – deb qichqirdi shaman.
Bunga javoban odamlar:
– Ha-ha-ha! – deb xaxolab kulishardi. – Sehrgarliging o‘tmadi, Klok-No-Ton.
– Mana sakkiz oy bo‘ldiki, Sevash qabilasidagi ovchilar bilan tyulen oviga ketgan edim, – dedi duduqlana-duduqlana La-Lax, – bugungina qaytib kelib, odeyal o‘g‘irlanganini eshitib turibman.
– Bu to‘g‘ri gap, – deb hamma bir og‘izdan La-Laxning so‘zini tasdiqladi. – Guniyaning odeyali yo‘qolganda La-Lax qishloqda yo‘q edi.
– Senga hech narsa to‘lamayman, sehrgarliging to‘g‘ri chiqmadi, – dedi Guniya. U allaqachon o‘rnidan turgan va ishning sharmandalik bilan tugaganidan joni chiqib ketgandi.
Klok-No-Tonning ko‘z oldiga miyig‘ida kulib turgan Skundu keldi, qulog‘iga xuddi qora chigirtkaning chiyillashiga o‘xshagan ingichka ovozi eshitilib ketdi, u: «Men bu odeyalni La-Lax degan odamdan oldim, miyamga bir fikr keldi… Keskin choralar ko‘rishga ustasan. Qadamlaringga, hasanot» degan edi.
Klok-No-Ton Guniyani itarib tashladi-da, oldinga otildi, odamlar beixtiyor unga yo‘l berdilar. O‘z qayig‘ida o‘tirgan Sime yomon so‘zlarni aytib, uni askiya qildi, xotinlar uning yuziga qarab qah-qahlab kulardilar, odamlar uni hap tomondan masxara qilib kulishardi. Lekin Klok-No-Ton hech narsaga e’tibor bermay, kuchining boricha Skunduning uyiga chopib boraverdi. U Skunduning eshigini itardi, qo‘llari bilan urib qoqdi, qichqirib la’natlar o‘qidi. Lekin ichkaridan javob bo‘lmadi. Jimlik tushgandagina uydan Skunduning duo-sehr o‘qiyotgan ovozi eshitildi. Klok-No-Ton jinnilarga o‘xshab baqirib-chaqirdi, bu ham bo‘lmagach, katta bir toshni olib, eshikni urib sindirmoqchi bo‘ldi, biroq odamlar orasida norozilik ovozlari ko‘tarildi. Shunda Klok-No-Ton o‘zining shuhrati va kuchidan mahrum bo‘lgani holda boshqa qabila odamlari orasida turganini esladi. U bir kishining yerga engashib tosh olayotganini ko‘rib qoldi, uning orqasidan yana bir kishi yerdan tosh oldi, shamanni qo‘rquv bosdi.
– Skunduga tegma, u senga o‘xshagan aldoqchi emas, y haqiqiy cehpgap, – deb qichqirdi bir xotin.
– Yaxshisi, jo‘nab qol by yerdan, – deb do‘q aralash maslahat berdi bir kishi.
Klok-No-Ton g‘oyat o‘sal bo‘lib va g‘azabdan burilib, qirg‘oqqa yo‘l oldi. Orqamga birortasi tosh bilan tushirib qolmasin yana deb qo‘rqib borar edi. Biroq orqasidan birorta ham tosh otilmadi. Bolalar qilpanglashib, uning oyoqlari ostida o‘ralishib borardilar, orqadan xaxolab kulgan odamlarning ovozi eshitilardi, xolos. Shunday bo‘lsa ham u tushgan qayiq ochiq dengizga chiqqandan keyingina erkin nafas oldi va tik turgan holda qishloq aholisiga la’natlar yog‘dirdi, uni sharmanda qilishda bosh aybdor bo‘lgan Skunduni ayniqsa ko‘proq qarg‘adi.
Qirg‘oqda esa odamlar baqirib-chaqirib, Skunduni talab qilmoqda edilar. Qishloqning Butun aholisi Skundu eshigi oldida to‘planib olib, qiyin-qistoq qilar va ojizlik bilan unga yalinar edilar. Pirovardida, kichkina shaman eshik oldiga chiqib, qo‘lini yuqori ko‘tardi:
– Siz mening bolalarimsiz, shuning uchun ham gunohlaringizni kechirdim, – dedi u. – Lekin bu eng oxirgisi. Maqsadingizga yetasiz, chunki men sirni topdim. Bugun kechasi, oy osmon gardishi orqasiga botib, ulug‘ murdalarni ko‘zdan kechirayotganda, hamma Guniyaning uyi oldiga to‘plansin. O‘sha yerda jinoyatchining kim ekani hammaga ma’lum bo‘ladi. Jinoyatchi qilmishiga ko‘ra jazosini tortadi. Gapim shu.
– Uning jazosi o‘lim, – deb qichqirdi Boun. – Chunki u bizning boshimizga g‘am-g‘ussa solishdan tashqari sharmanda ham qildi.
– Shunday bo‘lsin! – deb javob berdi Skundu va eshigini taq etib yopib oldi.
– Endi hamma narsa ravshan bo‘ladi,tinchlik va tartib o‘rnatiladi, – deb tantanali ravishda e’lon qildi La-Lax.
– Hammasi shu jikkak Skunduning irodasi bilan bo‘ladimi? – deb istehzo bilan so‘radi Sime.
– Buyuk sehrgar Skunduning irodasi bilan, – deb uning gapini to‘g‘riladi La-Lax.
– Tlinketlar — ahmoqlap qabilasi! – dedi Sime soniga shapillatib urib. – Kap-katta xotinlar, zabardast erkaklar ahmoq bo‘lib bo‘lmag‘ur ertaklarga ishonib yurishganiga hayron qoladi kishi.
– Men ko‘pni ko‘rgan odamman, – deb e’tiroz bildirdi La-Lax. – Men dengizlarda sayohat qildim, har xil alomatlar va ko‘p mo‘jizalarni ko‘rdim, bularning hammasi haq gap. Men La-Lax…
– Aldoqchisan…
– Ba’zi kishilar menga shunday laqab taqqanlar, lekin menga Sayyoh deb ham to‘g‘ri nom qo‘yganlar.
– Men uncha ko‘p napsa ko‘rgan emasmany… – deb boshladi Sime.
– Demak, tilingni tiyib yur, – deb uning so‘zini kesdi Boun; keyin ular bir-birlaridan norozi holda har tomonga tarqalib ketishdi.
Quyoshning so‘nggi kumush nurlari osmon gardishi orqasida g‘oyib bo‘lgach, Skundu Guniyaning qarshisida to‘plangan odamlar oldiga keldi. U tez va dadil qadam bosib kelardi. Jinchiroqning xira yorug‘ida ko‘rsalarki, uning qo‘li bo‘sh, niqobsiz, shaldur-shuldur asboblar va umuman sehrgarlik ishida zarur bo‘lgan narsalar yo‘q. Faqat qo‘ltig‘iga mudragan katta bir qarg‘ani tiqib olibdi.
– Gulxan qilish uchun o‘tin to‘plab qo‘ydilaringmi? – deb so‘radi Skundu. – O‘g‘ri topilganda hamma uni ko‘rishi kerak.
– Hammasi tayyor, – deb javob berdi Boun. – O‘tin yetarli.
– Bo‘lmasa, quloq solinglar. Gapim qisqa bo‘ladi.
Men bu yerga Jelksni olib keldim, bu qapg‘a hamma sirlarni biladi, har qanday ishdan xabar-dor. Men mana shu qopa qushni Guniyaning uyidagi eng qorong‘u burchakka o‘tqazib, ustiga katta qopa tog‘ora to‘nkarib qo‘yaman. Biz jinchiroqni uchirib, qorong‘uda qolishimiz kerak. Bu juda oson ish. Har biringiz navbat bilan uyga kirib, qo‘lingizni tog‘oraga tekkizasiz, qo‘lingizni bir marta chuqur nafas olguncha tog‘oradan olmaysiz, keyin chiqib ketasiz. Jelks jinoyatchi o‘ziga shu qadar yaqin ekanligini sezib, qag‘illab yuborishi kerak. Yoki boshqa bir yo‘l bilan o‘zining avliyoligini ko‘rsatar. Tayyormisiz?
– Tayyormiz! – deb javob berdi hamma bir ovozdan.
– Unday bo‘lsa, boshladik. To hamma ayollar erkaklar ham uyga kirib chiqquncha bitta-bittadan otingizni aytib chaqiraman.
Birinchi bo‘lib uyga kirgan La-Lax bo‘ldi. Hamma hayajon bilan quloq solar, jimlikda uning oyog‘i ostidagi omonat yotqizilgan taxtalarning g‘ichirlashi eshitilib turardi. Jelks qag‘illamadi, biror belgi ham bermadi. Keyin navbat Bounga keldi. Chunki o‘z odeyalini o‘zi yashirib, qo‘shnilarini sharmanda qilishga qasd etgan bo‘lishi ham ajab emasdi. Uning orqasidan navbat Guniyaga keldi, keyin boshqa xotinlar, bolalar kirdilar, lekin qapg‘a hech ovoz bermadi.
– Sime! – deb chaqirdi Skundu, – Sime! – deb yana takrorladi u. Ammo Sime qimirlamadi.
– Ha, qorong‘udan qo‘rqyapsanmi? – deb chaqib oldi uni aybsizligi isbot qilinganidan g‘ururlanib La-Lax.
Sime piq etib kulib qo‘ydi.
– Mana shu maynavozchiliklarga qarab, kulgim qistayapti. Lekin men mo‘jizaga ishonganimdan emas, qo‘rqmasligimni isbot qilish uchun kiraman.
U dadil qadam bosib uyga kirdi, odatdagidek jilmayib qaytib chiqdi.
– Qarab tur hali, lop etib o‘lib qolganingni bilmay ham qolasan, – deb shivirladi uning qulog‘iga achchiq ustida La-Lax.
– Ehtimol, – deb yengiltaklik bilan javob berdi Xudosiz. – Ichingizda shamanlar va har xil bema’ni gaplarga ishonadigan odamlar ko‘p, lekin o‘z uyida o‘z ajali bilan o‘lganlar ko‘pmi?
Qishloq aholisining yarmi omon-eson sinovdan o‘tib bo‘ldi. Ko‘pchilik o‘rtasida hayajon borgan sari kuchayib bordi, bu hayajonni bosib turish zaruriyati uni yana ham kuchayishiga turtki berdi. Uyga kirmagan odam juda oz qoldi, shu vaqt to‘ng‘ich bolasiga ikkiqat bir yosh xotin tob keltirolmay, shaytonlab qoldi.
Oxirida sinovdan o‘tmagan bitta odam qoldi. Qapg‘a hamon ovoz bermasdi. Bu Di-Ya edi. Demak, jinoyatchi Di-ya bo‘lishi kerak. Guniya qo‘llarini osmonga ko‘tarib, madad so‘ray boshladi, qolganlar jin urgan boladan o‘zlarini olib qochdilar. Di-Yaning kapalagi uchib, oyoqlari qaltiradi. U uyga kirayotib, qoqilib ketdi-da, yiqilishiga oz qoldi. Skundu uni ichkariga itarib yuborib eshikni yopdi. Oradan ancha vaqt o‘tdi, bolaning piqillashidan boshqa hech narsa eshitilmasdi. Keyin qadamning uzoqlashayotgan tovushi eshitildi, keyin ichkari jimjit bo‘lib qoldi, keyin yaqinlashayotgan qadam tovushi eshitildi; eshik ochildi-da, bola tashqari chiqdi. Hech narsa bo‘lmadi. Sinovdan o‘tkazadigan boshqa odam ham qolmadi.
– Gulxanni yoqinglar! – deb buyurdi Skundu.
Alanga yuqori o‘rladi va odamlarning yuziga yorug‘ tushdi. Qo‘rquv, shu bilan birga esankirash belgisi hali odamlarning yuzidan yo‘qolmagan edi.
– Yana hech narsa chiqmadi! – deda Guniya, bo‘g‘iq tovush bilan.
– Ha, – deb uning gapiga qo‘shilishdi Boun, – Skundu qarib qoldi, biz endi boshqa shaman topishimiz kerak.
– Hamma sirni biladigan Jelksning avliyoligi qani? – dedi istehzo bilan Sime La-Laxning qulog‘iga.
Esankirab qolgan La-Lax peshonasini siypaladi-yu, javob bermadi.
Sime ko‘kragini kerib, kichkina shamanning oldiga keldi.
– Ha-ha-ha! Bu ishlar befoyda deb aytmabmidim!
– Balki, ehtimol, – deb ojizona javob berdi Skundu. – Mo‘jizalardan xabarsiz bo‘lgan kishilar shunday deb o‘ylashi mumkin.
– Masalan sen, – deb qo‘shib qo‘ydi Sime, dag‘al qilib.
– Men ham xabarsiz bo‘lishim mumkin, – dedi u, Skundu juda sekin gapirardi. Uning qovoqlari asta, juda astalik bilan pastga tusha bordi-da, axir ko‘zlarini qopladi. – Lekin yana bitta sinov qoldi. Hamma erkaklar, xotinlar, bolalar qo‘llarini yuqori ko‘tarsinlar! Tez, hamma birdan ko‘tarsin!
Bu buyruq shu qadar kutilmagan, shu qadar amirona ohangda berildiki, hamma so‘z qaytarmay bo‘ysundi. Hammaning qo‘li yuqori ko‘tarildi.
– Endi har bir kishi boshqalarning qo‘liga qarasin, – deb buyurdi Skundu. – Hammaning qo‘liga qarasinki…
Lekin ko‘tarilgan qah-qaha uning so‘zlarini kesib qo‘ydi, bu qah-qahada do‘q ham bor edi. Hamma Simega qaradi. Hammaning qo‘li qopa kuya, faqat Simening qo‘li Guniyaning tog‘orasiga tegib qopa bo‘lmagan edi.
Bir tosh havodan vizillab kelib, Simening yuziga tegdi.
– Bo‘lmagan gap! – deb baqirdi u. – Noto‘g‘ri! Men Guniyaning odeyaliga tekkanim yo‘q!
Ikkinchi tosh kelib, peshonasini yordi, uchinchisi uning boshi ustidan vizillab o‘tdi. Atrofni buyuk qacoc qichqiriqlari bosib ketdi, odamlar unga jazo berish uchun yerni paypaslab, tosh qidirar edilar. Sime gandiraklab ketdi, tiz cho‘kib qoldi.
– Hazillashgandim! – deb qichqirdi u. – Hazil qilish uchungina olgan edim.
Skunduning:
– Odeyalni qayoqqa qo‘yding? – deb chiyillagani xuddi pichoq singari shovqinni kesib o‘tdi.
– Odeyal uyimda, bog‘lab qo‘yilgan terilar orasida, shipga osib qo‘yganman, – deb javob berdi Sime. – Lekin men faqat hazillashgan edim, men…
Skundu boshini bir tomonga qiyshaytirdi, tosh bo‘rondan hammayoq qopong‘y bo‘lib ketdi. Simening xotini boshini tizzasi orasiga yashirib yig‘lardi, lekin uning o‘g‘ilchasi chiyillab kulib, boshqalar bilan birga otasiga tosh otardi.
Guniya qimmatbaho odeyalni yelkasiga tashlagan holda taltayib kelardi. Skundu uni to‘xtatdi.
– Biz kambag‘al odamlarmiz, bizda hech narsa yo‘q, – dedi Guniya hiqillab. – Bizni xafa qilma, Skundu.
Odamlar qimirlab turgan tosh uyumidan uzoqlashdilar, hamma jikkak shamanga nazar tashladi.
– Men o‘z bolalarimni xafa qilganmanmi hech, aziz Guniya? – deb javob berdi u Guniyaga, odeyalga qo‘l cho‘zib. – Men bunday odamlardan emasman. Buning dalili uchun sendan mana shu odeyaldan boshqa hech narsa olmayman.
– Dono ekanmanmi, bolalarim? – deb so‘radi Skundu odamlarga qarab.
– Haqiqatan ham donosan, Skundu! – deb hamma bir og‘izdan javob berdi. Shundan keyin yelkasiga odeyalni tashlab olgan, qo‘ltig‘iga mudroq Jelksni qisgan Skundu qorong‘ulik qo‘yniga kirib, ko‘zdan yo‘qoldi.

Rus tilidan F. Abdullayev tarjimasi