Gus Xiddink biznesmenlar mamlakati – Niderlandiyadan keldi. Biznesmenning nutq mahorati bo‘lmasa, qanday foyda ko‘radi? Shu sababli niderlandlarning ko‘pchiligi bir nechta chet tilida bemalol gaplasha oladi. Bu ularning hayot tarziga aylanib qolgan. Eng muhimi, nutqiy ustalik. Notiqlik bilimi ovqat stolidan boshlanadi. Qanday deysizmi? Buning uchun Gus Xiddinkning “ovqatlanish vaqti” usulini qo‘llab ko‘ring…
Xiddink milliy terma jamoamizda bosh murabbiy bo‘lib ishlab yurgan kezlarda mamlakatimiz futbolchilarini ko‘rib, eng hayron bo‘lgan narsasi – bir-birlari bilan arzimagan narsalar haqida suhbatlashib turishganligini e’tirof etdi. U o‘n bir futbolchi bir tan, bir irodaga aylanib yugurishsa ham uzoqlashib, xavfli vaziyatda hammasi ayri holda harakat qilganda qanchalik tashvishga tushganini tasavvur qilish mumkin. Shuning uchun tartib o‘rnatish maqsadida futbolchilarga ovqatlanish vaqtini bir soatdan qilib belgilab qo‘ydi. Bu vaqt mobaynida telefon qilish mumkin emasligini aytdi. Futbolchilar boshida no‘noqlik qilishdi va tez orada jahl bilan shovqin sola boshlashdi. Tabiiyki, bu holatda futbolchilar birlashishi yuzaga keldi.
Xiddink Jahon Chempionatiga sanoqli kunlar qolganida televideniye orqali intervyu berdi. “Evropalik futbolchilar bolaligidan maqsadni aniq belgilab olish fanini o‘rganishadi. Bunday tarbiya hatto ta’lim dasturiga kiritilgan.Bu futbolchilar o‘ylagan narsaning ilojini topishda, amalga oshirishda qo‘l keladi. Dastlab, koreys futbolchilarining tortinchoqligi ko‘proq edi. O‘zlarining muloxazasini oydinlashtirishdan qo‘rqishardi. Men jamoadagilarning fikrlarini bilish muhim, deb o‘yladim”, dedi Gus Xiddink. U bu gaplarini ahamiyatli tarzda urg‘uladi. Biroq biz jur’atli murabbiyga nima deyishni bilmay qoldik. Uning so‘zlarini jimgina tingladik. Biz futbolni bilardik. O‘ylab qarasak, faqatgina futbolni bilishning o‘zi kamlik qilarkan. Biz kuchli terma jamoalar to‘rtligiga kirish uchun qo‘llagan “ovqatlanish vaqti” usuli qanday ekan?
Otabek Yo‘ldoshev tarjimasi