Ernest Xeminguey har qanday insonni ta’sirlantiradigan, o‘zi atigi olti so‘zdan iborat hikoya yoza olishdan bahs boylashgan. Unga g‘alaba olib kelgan hikoya:
«Bolalar poyafzali sotiladi. Kiyilmagan…» («For sale: baby shoes, never used»).
* * *
An’anaviy hikoyachilikning tugun, kulminatsiya va yechim kabi tarkiblaridan iborat bo‘lgan eng qisqa hikoyalar tanlovida O’Genri g‘olib bo‘lgan:
«Chekib olgan haydovchi qancha yoqilg‘i qolganini ko‘rish uchun benzobak tomon egildi. Marhumning yoshi yigirma uchda edi.»
* * *
Frederik Braun eng qisqa qo‘rqinchli hikoyani yozgan:
«Erdagi oxirgi odam xonada o‘tirardi. Birdan eshik taqillab qoldi…»
* * *
Ushbu hikoyalar hajmi 55 so‘zdan oshmaydi:
Robert Tompkins. Haqiqatni qidirib (hikoya)
Alan Ye. Mayer. Omadsizlik (hikoya)
Endryu E. Xant. Shukrona (hikoya)
* * *
Afrikalik bolakay tomonidan yozilgan ushbu hikoya «2005 yilning eng yaxshi hikoyasi» tanlovida g‘olib bo‘lgan ekan:
«Tug‘ilganimda, men qora edim;
Qora bo‘lib ulg‘aydim;
Men quyoshda uzoq tursam, yana qorayaman;
Hattoki o‘lganimda ham qoraligimcha qolaman.
Siz, oqlar esa:
Tug‘ilganingizda — qizg‘ish bo‘lasiz;
Ulg‘ayganingizda — oqarasiz;
Oftobda toblanganingizda — qizarasiz;
Sovqotganingizda — ko‘karasiz;
Qo‘rqqaningizda — sarg‘ayasiz;
O‘zingizni yomon his qilganingizda — yashil tusga kirasiz;
O‘lganingizda esa bo‘zarasiz.
Va siz meni rangli (qora tanli) deysiz».