Alan Ye. Mayer. Omadsizlik (hikoya)

Tanamdagi shiddatli og‘riqdan uyg‘onib ketdim. Ko‘zimni ochishim bilan karavotim oldida turgan hamshirani ko‘rdim.
— Mister Fudjima, — dedi u, — omadingiz bor ekan, siz ikki kun avval Xirasimadagi bombardimondan omon qoldingiz. Hozir siz gospitaldasiz, ortiq xavf ostida emassiz.
Madorsizlikdan bazo‘r so‘radim:
— Qayerdaman?
— Nagasakida, — javob berdi u.

Davronbek Tojialiyev tarjimasi