Imre Kertes. Stokgolm ma’ruzasi
Ehtimol, biroz g‘ayritabiiy, biroq batamom samimiy iqrordan boshlashim kerak. Ushbu yilda adabiyot bo‘yicha topshiriladigan Nobel mukofotini olish uchun jo‘nab ketayotib, samolyot bortiga ko‘tarilganim hamon ortimda sovuqqon kuzatuvchining pinhon nigohini sezdim. Mana shu tantanali lahzalarda o‘zimga o‘zim kutilmaganda jamoatchilik e’tiboriga tushgan, davomi…


Imre Kertes (Kertész Imre) 1929 yil 9 noyabrida Budapeshtda kambag‘al yahudiylar oilasida dunyoga keldi. Otasi mayda savdogar, onasi esa ishchi edi. 1944 yil ko‘pgina yahudiy bolalari qatori 15 yoshli o‘spirin Imreni qamoqqa olishdi va Aushvitsga jo‘natishdi. So‘ng u Osventsim va Buxenvalddagi qamoqxonalarga ko‘chirildi. Kontratsion qamoqxonadan ozod qilinganidan keyin Imre Vengriyaga qaytdi va mamlakatning mashhur gazetalaridan biri “Vilagossag”da muxbir bo‘lib ishlay boshladi. Biroq mamlakat tepasiga kommunistlar kelganidan keyin uni ishdan bo‘shatishdi va Kertes zavodga oddiy ishchi bo‘lib joylashdi. O‘shandan buyon yozuvchi siyosatdan uzoqroq yurishni ma’qul ko‘radi va asosan tarjimalari hisobiga kun ko‘radi. Tarjimonlik faoliyati orqali u Alber Kamyu asarlari bilan tanishdi va bu tanishuv uning ijodiga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Faqat 1980 yilga kelib mamlakatda yozuvchi sifatida tanilgan va tan olingan Kertesga shuhrat 73 yoshida nasib etdi va 2003 yida u Berlindagi San’at akademiyasi a’zosiga aylandi.