Fridrix Nitshe. Maktublar
Bazel, Frants Overbekga[1] Kannobno, Badia villasi, 1887 yil 14 aprel Muhtaram do‘stim, Uchinchi apreldan buyon shu yerda, Lago-Majordaman, pullar vaqtida yetib keldi, hamma pulni yubormaganing ham mamnun etdi, chunki hatto ayni pallada ham yozni qayerda o‘tkazishimni aniq bilmayman. Ko‘hna Zils-Mariyani, davomi…


Fridrix Nitsshe (Friedrich Wilhelm Nietzsche) – XX asr jahon falsafiy tafakkuri o‘sishiga katta hissa qo‘shgan buyuk nemis faylasuflaridan biri. U 1844 yilda Lyuttsen yaqinidagi Rekken shahrida tavallud topgan. 1864-1868 yillarda Bonn va Leyptsig shaharlarida o‘qiydi. 1869-1878 yillarda Bazel universitetining professori sifatida faoliyat yuritadi va kasalligi tufayli ishni tashlaydi. 1888 yilda Nitsshe falajlanib qoladi. Singlisi Elizabet Fyorster-Nitsshe unga turli g‘amxo‘rliklar ko‘rsatish bilan birga uning asarlarini nashr etish borasida jonbozlik ko‘rsatadi. Faylasuf 1900 yili Veymar shahrida vafot etadi.