Francua Moriak. Ilonlar changalida (qissa)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Fransua Moriak (1885.11.10, Bordo — 1970.1.9, Parij) — frantsuz yozuvchisi. Frantsiya Fanlar Akademiyasi a’zosi. Ijodiy faoliyatini shoirlikdan boshlagan. Birinchi romani «Zanjir jafosini tortgan bola» (1913)da qishloklik yigitning Parijdagi sarguzashtlari tasvirlangan. «Moxovga hadya etilgan bo‘sa» (1922), «Volida» (1923), «Tereza Deskeyru» (1927), «Ilonlar o‘rami» (1939), «Boshi berk ko‘cha» (1939) kabi romanlari mashhur. 1943 yilda Frantsiya Qarshilik harakatiga qo‘shilib, Forez taxallusi bilan fashizmga qarshi maqolalar yozgan («Qora daftar»). Uning urushdan keyin yozilgan asarlaridan «Maymun» (1951), «Xudoyiga atalgan qo‘zichoq» (1954), «O‘tmish o‘spirini» (1969) kabi romanlari mashhur. Moriak 1952—70 yillarda Frantsiyada chiqadigan «Ekspress» va «Figaro» gazetalarida o‘zining siyosiy, axloqiy va estetik mavzularda yozilgan «Yon daftarlar» ini e’lon qildi. Uning ijodi uchun illatlarni ruhiy taxlil qilish va tabiiy detallashtirish xos. «Roman» (1928), «Romannavis va uning personajlari» (1938), «Ruhiyat xotiralari» (1956) kabi asarlarida yozuvchining badiiy-estetik karashlari o‘z ifodasini topgan. So‘z san’atidagi har qanday modernizmga qarshi turgan Moriak hayotni qanday bo‘lsa, shundayligicha tasvirlashga intilgan. Nobel mukofoti laureati (1952).
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.