Filip Chesterfild. Farzandga maktublar
Tenbrij, 1739 yil, 15 iyul. Azizim. Mening sog‘lig‘im haqida qayg‘urayotganingdan minnatdorman. Anchadan beri o‘zim haqimda darak bermaganim sababi — muolajalarning ko‘pligidan vaqt topolmadim. Salomatligim hozir ancha durust, shuning uchun yana bir oy shu suvda qolmoqchiman. Sinor Dzamboni bu yerda seni davomi…


Chesterfild (Filip Dormen Stenxop, Philip Dormer Stanhope, 4th Earl of Chesterfield) 1694-1773 yillarda yashagan ingliz davlat arbobi, diplomat. Ayni paytda u o‘tkirqalam yozuvchi bo‘lgan. Uning axloq-odob mavzularidagi satirik ruhda yozilgan esselari XVIII asr o‘rtalarida jurnallarda tez-tez chop etilib turgan. Ma’rifatparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan asarlari zamon kishisining qiyofasini ochib berish bilan bir paytda, haqiqiy vatan o‘g‘loni, davlat xizmatiga o‘zini tayyorlamoqchi bo‘lgan yosh inson qanday xislatlarni o‘zida mujassamlashtirishi kerak, degan savolga javob berishga qaratilgan. Bu o‘rinda Chesterfildning adabiy merosi orasida “Farzandga maktublar”i alohida ahamiyatga ega.