Faqir Boyqurt. Uchoq chiptasi (hikoya)
– Senga aytyapman, ketma. Nima, turkchani tushunmaysanmi?– Oysha jufti halolining miyasini qoqib qo‘liga berardi.– Ketma! Mojaro qasabaning eng chekkasidagi polizda yuz berayotgan edi. Pomidor, kartoshka, baqlajonu garmdorilar, choyyaproq, oddiy karam, gulkaram va bodringlar to‘linoyning asal yorug‘ida tovlanib yilt-yilt qilib turardi. davomi…


Faqir Boyqurt – hozirgi zamon turk adabiyotining yirik namoyandalaridan biri. Uning haqiqiy ismi Tohir. Bir kuni u bir jo‘natma oladi. Unda kimdir xato qilib, Tohir o‘rniga Faqir yozib yuborgan edi. Avvali u rosa kuladi, keyin o‘ylanib qoladi: o‘zi chindan ham faqir oiladan bo‘lsa, hamqishloqlari ham faqir,– nima uchun bu nomdan orlanishi kerak? Shu kundan e’tiboran o‘z asarlariga Faqir Boyqurt deb imzo qo‘ya boshlaydi.