Edogava Rampo. Kursi odam (hikoya)
Har tong Yosiko erini ishga jo‘natib, nufuzli “N” jurnalining yozgi sonida chop etilishi lozim bo‘lgan romani ustida ishlash uchun ovro‘pacha jihozlangan ijodxona (eri ikkalasi uchun bitta bo‘lma)da yolg‘iz qolardi. Yosiko nafaqat latofatli, iqtidorli, qolaversa, shunday mashhur ediki, Tashqi ishlar vazirligining davomi…


Asl ismi Taro Xiroi bo‘lgan Edogava Rampo (江戸川 乱歩) yapon adabiyotida detektiv janriga asos solgan yozuvchi sanaladi. Taro yoshligida Edgar Allan Poning asarlarini yutoqib o‘qiydi, shuning uchun ham keyinchalik amerikalik yozuvchining ismi-sharifiga ohangdosh ravishda o‘ziga “Edogava Rampo” taxallusini tanlaydi. Lekin G‘arb detektiv asarlaridan farqli ravishda Edogava Ramponing ijodida milliylik yetakchilik qiladi. “Egizaklar”, “Iblis”, “Zulmatdagi maxluq”, “Kursi odam”, “Alvasti” kabi asarlari mashhur.