Taniqli yozuvchi Aleksandr Belyayevning mazkur kitobga kirgan romanlar inson tafakkurining mislsiz qudratiga bag‘ishlangan ajoyib qasidalardir. Yozuvchi kitobxonlarni sir-asrorga to‘la suv osti saltanati, cheksiz koinot mo‘jizalari bilan tanishtirarkan, hamisha inson zakovati, uning kuch-qudratini ulug‘lab, qabihlik va yovuzlikni la’natlaydi.