Alber Kamyu – nafaqat o‘z vatani Frantsiyada, balki butun dunyoda shuhrat topgan buyuk adib va faylasufdir. Uning roman, qissa, hikoya, badia va hatto kundaliklaridagi yozuvlari ham badiiyot, fikr, tafakkur, umuman, adabiyotni qadrlaydiganlar uchun doimiy kungil hamrohidir.
Nashriyot Nobel mukofoti laureatining dunyo kitobxonlarini tulqinlantirgan «Begona» qissasi, «Vabo» romanini takdim etar ekan, Ovrupoda «o‘y-fikr hukmdori» sifatida dong taratgan ulkan yozuvchi uzbek kitobxonlarimizning ham muhabbatini albatta qozonishiga ishonch bildiradi.