Bobobek

Bobobek ibn Abdurahimbiy

(? – taxm. 1753)

(1752-1753)

Minglar sulolasidan bo‘lgan Qo‘qon xoni. Abdurahimbiyning katta o‘gli. Jung‘orlar (ba’zi manbalarda qalmoqlar) 1740 yillarda Qo‘qonni qamal qilganlarida Abdurahimbiy jiyani Bobobekni garov sifatida oq uylik qilib dushmanlarga berishga majbur bo‘lgan. Bobobek Qo‘qon yaqinidagi Qaynar degan qishloqda jung‘orlar (qalmoqlar) orasida yashagan va taxminan 1752-1753 yillarda Qo‘qon taxtini qalmoqlar nomidan 10 oy boshqargan.1753 yil beklar kengashi Qo‘qon lashkarini O‘ratepani egallash uchun jo‘natishga qaror qilgan. Qo‘shin safarga otlanib, Beshariqqa yetganda Bobobek o‘ldirilgan.