Anushaxon

Aabulmuzaffar Muhammad

(?-1686 yil)

(1663-1687)

Xiva xoni, Shayboniylardan. Abulg‘ozi Bahodirxonning o‘g‘li. Buxoro xoni Abdulazizga qarshi jang (1657 yil)da qahramonlik ko‘rsatib, jang taqdirini xivaliklar foydasiga hal qilgan va otasini o‘limdan saqlab qolgan. Uning qo‘shinini Buxoroga yetib borib, Samarqandni egalladi. 1685 yilda G‘ijduvon yaqinidagi jangda Xiva qo‘shinlari tor-mor etildi. Buning uchun otasi Anushaxonga tug‘, lashkar va Hozarasp shahrini in’om etgan va Xivada uning nomiga katta hammom qurdirgan. Anushaxon taxtga o‘tirgach, xonlik chegaralarini mustahkamlash uchun Yangi Kot, Shohobod qal’alarini qurdirgan. So‘ng, 1686 yil Buxoro xonligiga yurish qilib, G‘ijduvon, Hazora, Samarqand, Qarshi va Shahrisabzni egallagan. Anushaxon davrida Buxoro-Xiva munosabatlari yanada keskinlashdi. Anushaxon Buxoroni xonavayron qilgan bir necha marta harbiy yurish uyushtirgan. Uning qo‘shini hatto Buxoroga yetib borgan. Samarqandni egallagan. U Samarqand viloyati hokimi Xojaqulibiy o‘tarchi bilan birgalikda Buxoro xoni Subhonqulixonga qarshi urush boshlagan.

1686 yili Subhonqulixon Anushaxonxonga qarshi fitna uyushtirdi. Anushaxon 1687 yil taxtdan tushirilib, ko‘ziga mil tortiladi. Anushaxon davrida Qoraqalpog‘istondagi Sulton Bays bobo va Xivadagi Pahlavon Mahmud maqbaralari, Oq masjid ta’mirlangan, “Shajarayi turk” asari oxiriga yetkazilgan. Anushaxon Xivadagi Pahlavon Mahmud maqbarasiga dafn etilgan.