Afrig‘

Ofrig‘

(IV asr)

Milodiy IV asr boshida Xorazmda hukmronlik qilgan xorazmshoh, afrig‘iylar sulolasi asoschisi. Qadimgi Xorazmdagi ko‘plab qal’alarning bunyod etilishi Afrig‘ nomi bilan bog‘liq. 305 yilda xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qal’asi ichida shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrig‘iy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo‘lib oladilar.