Abdullaxon I

Abdullaxon I ibn Ko‘chkunchixon

(XV  asr oxiri – 1540 yil 14 sentyabr, Samarqand)

(1540 yil mart-sentyabr)

Shayboniylardan bo‘lgan Movarounnahr xoni. Abulxayrxonning nevarasi, Ko‘chkunchixonning o‘g‘li.

1514-1540 yillarda Abdullaxon I Yassi (Turkiston)da hokimlik qilgan. 1540 yil martda shayboniy Ubaydullaxon vafot etgach, Buxoro xonligi 3 qismga bo‘lingan davrda Samarqandda hukmronlik qilgan. Uning qisqa hukmdorligidan so‘ng mamlakatda qo‘sh hokimiyatchilik vujudga kelgan, ya’ni bir davlatda ikki hukmdor paydo bo‘ldi.

Abdullaxon I Samarqandda Registon yaqinidagi Chihil (Chil) Duxtaron qabristonida dafn etilgan. Uning vafotidan so‘ng Samarqanddagi shayboniylar taxtiga ukasi Abdulatifxon o‘tirgan.