Abdulkarimbiy

Abdulkarimbiy ibn Shohruhbiy

(1710-1750)

(1733-1750)

Ming sulolasidan bo‘lgan Qo‘qon xoni. Shohruxbiyning o‘g‘li. Akasi Abdurahimbiy vafot etgach (1733), taxtga o‘tirgan. Xonlik o‘rdasini Qo‘qon yaqinidagi Tepaqo‘rg‘ondan Qo‘qonga ko‘chirgan. 1746 yil O‘ratepa hokimi Fozilbiy yordamida Qalmoqlar hujumini qaytargan. Abdulkarimbiy Qo‘qon shahrida saroy, madrasa, bozor va Isfara, Qatag‘on, Marg‘ilon, Toshkent, Haydarbek nomli shahar darvozalarini qurdirgan.

Akasi vafot etgach hukmdor etib tayinlanadi, u Qo‘qonga ko‘chib boradi va uni qaytadan quradi. 1746 yilda xitoyliklar Qoshg‘arni bosib oladilar va jung‘or davlatini tor-mor qiladilar, qalmiq ko‘chmanchilarining bir qismi g‘arbga yurib, Farg‘ona vodiysiga bostirib kiradilar. Abdukarim qalmiqlarga qarshi Qipchoq bachcha boshchiligida qo‘shin yuboradi, lekin u o‘ldiriladi. Uning ishongan qo‘shini esa qochib ketadi, natijada qalmiqlar Qo‘qonga yaqinlashib qoladilar. O‘ratepa xoni Fozilbiy (Sodiqbiyning o‘g‘li va Abdukarimning atalgan o‘g‘li) buni bilib qolib, qo‘shin bilan yordamga keladi. Qonli janglardan so‘ng qalmiqlar Qo‘qondan chekinadilar.

Abdukarim 1750 yilda 40 yoshida vafot etadi, Qo‘qon xonligi taxtiga esa uning o‘g‘li Abdurahmon o‘tiradi.

U o‘z poytaxtini Tepaqo‘rg‘ondan Qo‘qon shahri o‘rniga ko‘chiradi. U Qo‘qonning Eski o‘rda degan joyida o‘rdaqal’a qurdiradi. Atrofini shahar qilib, devor bilan o‘ratadi. O‘shanda Qo‘qonning Qatag‘on, Marg‘inon, Toshkand, Haydarbek degan to‘rt darvozasi bo‘lgan.

Abdulkarimxon o‘z davlatini mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga intildi. 1745-1746 yillari qalmoqlar Farg‘ona vodiysiga hujum qilib O‘sh, Andijon, Marg‘ilon shaharlarini bosib olib, Qo‘qon ostonalariga kelib poytaxtni qamal qiladilar. Qo‘qonliklar og‘ir ahvolga tushib qolganda O‘ratepa hokimi Fozilbek qo‘shinlari bilan birga qalmoqlarga yordamga yetib keladi va xoinlar ham tor-mor etiladi. Shu tariqa, farg‘ona vodiysi dushmandan ozod qilinadi.