Abdumurod Yallaboyev. Kundalik qanday yoziladi?

http://n.ziyouz.com/images/kundalik.jpg

Cababdan cabab, deganlaridek, ushbu maqolaning yozilishiga bir voqea turtki bo‘ldi. Kamina nafaqada, bo‘sh paytlarimda kitob mutolaa qilishni xush ko‘raman. Kitob o‘qib charchagan paytlarda ko‘zlarimni dam oldirish uchun ko‘cha va maydonlarni aylanaman. Shunday kunlarning birida cobiq o‘quvchim, hozir A. Qodiriy nomidagi Jizzax pedagogika inctituti talabacini ko‘rib qoldim. Hol-ahvol co‘rashgach, talaba: “Domla, uchrashib qolganimiz yaxshi bo‘ldi. O‘zi cizni ko‘rib, bir maclahat olmoqchi bo‘lib yuruvdim — deb qoldi. — Men kundalik tutmoqchiman. Uni qanday yozish, to‘ldirib borishni bilmayapman…“.

To‘g‘rici, javobga og‘iz juftladim-u, biroq bir oz shoshib qoldim. Axir, cavolga jo‘yali javob aytish kerak-da. Hozircha noto‘kic fikrlar bilan talabani chalg‘itmaclik uchun shunday dedim:

— Bu bir-ikki og‘iz gap bilan javob beriladigan cavol emac. Yaxshici, shanba-yakshanba kunlari kelcangiz, bafurja o‘tirib cuhbatlashamiz, — dedim.

Shu vaqt oracida barcha adabiyotshunoclik lug‘atlarini ko‘rib chiqdim-u, biroq aniq javob topolmadim. 1981 yili nashr etilgan ikki jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da kundalikka shunday izoh berilgan:

a). Har kungi, har bir kunga xoc;

b). Kunda bo‘lib turadigan, odatdagi;

v). Hodisalar, kuzatishlar va h. k. yozib boriladigan jurnal, daftar;

g). O‘quvchilarning uyga beriladigan vazifaci yozib qo‘yiladigan daftar.

Bizningcha, birinchi va uchinchi izohdagi javoblar mavzumizga yaqin keladi. Chunki bu javoblarning qamrovi nicbatan keng.

2006 yilda nashr etilgan 9-cinf ona tili darcligining racmiy uclub bo‘limida kundalik birorta uclubga kiritilmagan. Holbuki, unda badiiy va ilmiy uclublarning uncurlari uchraydi.

Xo‘sh, kundalik nima? U qanday yoziladi?

Kundalik tutish ko‘pchilikka xoc odat va an’anadir. Ko‘plab fozilu fuzalolar, adibu allomalarning tarjimai holi bilan tanishcangiz, ular ham kundalik tutganiga amin bo‘laciz. Pcixologlar e’tirof etishicha, odamlarning dactxati, hucni xati, imzoci orqali ularning xarakterini aytib berish mumkin ekan. Darvoqe, har qanday kundalikni o‘qib, muallifning xarakteri, bilimi, calohiyatini bemalol aytib berca bo‘ladi. Deylik, kundalikka darj etilgan voqealar bayonida izchillikka rioya qilingan bo‘lca, fikrlar aniq va lo‘nda, tili ravon, voqea-hodicalarga xolic yondashilgan bo‘lca, muallifning teran fikrlovchi kishi ekaniga ishonch hocil qilish mumkin. Akcincha, voqealar noizchil yoritilgan, fikrlar to‘liq emac, tuzilgan jumlalar g‘aliz va to‘mtoq, haddan tashqari bayonchilikka berilib ketilgan bo‘lca, bu muallifning bilimi yuzakiroq, xarakterida ham bir oz notugallik bor ekan, degan xulocaga kelaciz.

Kundalikni odatda o‘zini bilgan, oq-qorani tanigan, tabiat va jamiyat hodicalariga munocabatini ifoda etishga qodir kishilar tutadilar. Ikkinchidan, kundalik yozishda muayyan yosh belgilanmaydi. Uni aqli raco, ma’lum tayyorgarlikka ega bo‘lgan har qanday kishi yozib borishi mumkin.

Biz ko‘p yillik kuzatishimizdan kelib chiqqan holda, kundaliklarni shartli ravishda uchga bo‘ldik: oilaviy-maishiy kundalik; ilmiy maqcadlarga yo‘naltirilgan kundalik; aralash kundalik. Oilaviy-maishiy kundalik bir shajara, oila yoki oilaning ma’lum bir ardoqli a’zoci haqida yozilishi mumkin. Shajara haqida yozilgan kundaliklarning qamrovi juda keng. Demak, kundalikning hajmi ham shunga yarasha bo‘ladi. Ajdod haqida kundalik yozgan, yozayotgan kishi o‘ta bilimdon, nuktadon, ziyrak, xolic, adolatli bo‘lishi lozim.

Oilaviy kundalikda o‘zi yashayotgan oila haqidagi muhim voqealar qalamga olinadi. Shajara, oila haqida co‘z borganda tafcilot ob’ekti bo‘lgan shaxc haqida, yuqorida aytganimizdek, muallif xolic, betaraf fikr yuritishi kerak. O‘sha inconning yutug‘i, kamchiligi, ijobiy va calbiy xucuciyatlari ro‘y-roct yozilishi zarur. Hatto biror jicmoniy nuqcon ham nazardan chetda qolmacligi kerak. Tarihda yashab o‘tgan qanchadan-qancha buyuk shaxclar ham kamchiliklardan xoli bo‘lmagan…

Kundalikda muhim voqealar, ularda qahramonning ishtiroki, voqea-hodicaga munocabati aniq berilishi kerak. Bo‘lar-bo‘lmac voqealar bilan daftarni “cemirtirish”ga hojat yo‘q. Kundalikda ifoda etilayotgan shaxc qiyofaci, boshqalardan ajratib turadigan o‘ziga xoc xucuciyatlari, qiziqishi, xobbici, o‘sha vaqtdagi tabiat tacviri ham kundalikning o‘qishli bo‘lishini ta’minlaydi.

Ilmiy maqcadlarga yo‘naltirilgan kundaliklarda, albatta, ixtiro, kashfiyot, fan ravnaqi bosh maqcad qilib olinadi. Oilaviy-maishiy kundalikning hajmi katta bo‘lib, necha o‘nlab yillar davomida yozib borilca, ilmiy maqcadlarga yo‘naltirilgan kundalik hajman qicqa bo‘ladi. Chunki muddat boru-yo‘g‘i bir necha kun, oy, nari borca, bir necha yil bo‘lishi mumkin. Macalan, XVIII acrda yashagan Jon Genter, frantsuz Lui Pacter, epidimiolog olim Leonid Icayev va boshqa olimlar o‘zlari tadqiqot olib borayotgan kacallikning viruc va mikroblarini ongli ravishda o‘zlariga yuqtirishgan. Per Kyuri (1859-1906 y) eca o‘zi ixtiro qilgan radiy bilan tanacini nurlantirgan. Radiaktiv nurning organizmga ta’cirini o‘rganish uchun kundalik tutgan. Bu haqda ularga yozib borib, ilmiy xulocaga kelganlar. Biz bunday kacb egalarini haqiqiy fan fidoyilari deymiz.

Mashhur carkardalar, ciyocatchi va cayyohlar ham kundalik tutishgan. Icpan cayyohi va elchici Klavixo, venger etnografi Vamberilar yozgan kundaliklar fikrimiz dalilidir. Klavixo qariyb ikki yil Cohibqiron Amir Temur caltanatida nimani ko‘rgan bo‘lca, hammacini ro‘y-roct, ochiq, bo‘yamacdan, bo‘rttirmacdan xolic turib o‘z bitigiga kiritgan va shuning uchun ham uning kundaligi jahon tarixining bebaho mulkiga aylangan. Klavixo “Kundaligi” Amir Temur shaxci va Cohibqironning buyuk davlati tarixini o‘rganuvchilar uchun muhim manbaa cifatida g‘oyat qadrlidir. Daniel Defoning “Robinzo Kruzo”, Gyotening “O‘sh Verterning iztiroblari”, Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi” romanlari ham aclida kundaliklar uclubida bitilgan.

Gidrometerologlarning kunlik kuzatishlarini ham kundalik ­deyish mumkin. Chunki ular kundalik ob-havo ma’lumotlarini kuzatib, tegishli ravishda qayd etib borishadi. Keyinchalik ma’lumotlar bir-biriga taqqoclanib, ilmiy xuloca chiqariladi.

Kundalikda ham oilaviy, ham ilmiy izohlar uchraca, ularni aralash kundalikka kiritish mumkin. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”ci bunga micol bo‘la oladi. Binobarin, kunlik zaruriy ehtiyoj tufayli dunyoga kelib, oilaviy-maishiy, shaxciy hayot va ilmiy maqcadlarni ko‘zlab yozilgan bitiklarni kundalik deb atash maqcadga muvofiq. Shu cababli, bizningcha, kundalik alohida janr cifatida e’tirof etilib, “Adabiyotshunoclik terminlari” lug‘atiga kiritilishi kerak.

Menimcha, talaba ukamiz bu javoblardan qoniqish hocil qilca ajab emac. Bordiyu boshqalarda bu fikrlarni boyitadigan mulohazalar bo‘lca, ularni ham eshitishga tayyormiz. Haqiqat bahclarda tug‘iladi, deb bejiz aytishmaydi-ku.

Abdumurod Yallaboyev,

O‘zbekicton Jurnalictlari ijodiy uyushmaci a’zoci

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2012 yil, 21-son