…Hech bir amaliy ish qilmaydigan odamgina xato qilmaydi.
V. I. LENIN
Hech nima qilmaydigan odamgina xato qilmaydi, holbuki uning asosiy xatosi ham shudir.
A. N. TOLSTOY
Shunday odamlar borki, hech qanday aqlli fikrlar bilan mashg‘ul emaslar va shuning uchun ham hech qachon adashmaydilar.
I. GYoTE
Shunday odamlar borki, ularning bor xizmati hech nima qilmaslikdir.
V. O. KLYuChEVSKIY
Ko‘p narsaga ruju qilgan odam ko‘p iarsada xato qilishi muqarrar.
MENANDR
Har bir odam o‘zicha xato qiladi, negaki xatolar ko‘pincha apiqlikni har xil tushunishdan kelib chiqadi.
G. LIXTENBERG
Xatoning boisi mukammallikni bilmaslikdadir.
DEMOKRIT
Xato bor-yo‘g‘i noto‘g‘ri mulohazalarping oqibati, xolos, ammo o‘jarlik bilan xatoda turib olnsh ko‘zga yaqqol tashlansa, bu irodasizlik belgisidir.
K. BOUVI
Turlicha xato qilish mumkin, ammo to‘g‘ri yo‘l esa bitta. shu sababli ham to‘g‘ri yo‘ldan ko‘ra xato qilish oson; mo‘ljalga tegishdan ko‘ra tegmaslik o‘ng‘ay.
ARASTU
O‘zni benuqson hisoblash adashishniig eng to‘g‘ri yo‘lidir.
P. BUAST
Xatolardan qo‘rqmang, ularsiz yashab bo‘lmaydi.
M. GORKIY
Xatolar aql beradi.
L. N. TOLSTOY
Birovning xatosi — boshqaga saboq.
J. REY
Birovlarning nuqsoni uchun o‘zingga pand berishing — men ko‘pincha shunday qilaman — noto‘g‘ri bo‘lganidek, o‘z nuqsonlaringni birovda ko‘rib, uni tanqid qilishing ham mutlaqo o‘rinsizdir, nuqsonga hech yerda o‘rin qoldirmay, hamisha va hamma joyda uni fosh etish kerak.
M. MONTEN
Xatolaring va adashgan yo‘lingdan xafa bo‘lma. Hech narsa senga o‘z xatoingni anglab yetishingdan ortiqroq saboq bermaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalashning eng asosiy omillaridan biri ham shudir.
T. KARLEYL
Doimo xato qilib qo‘yishdan qo‘rqish hayotda yo‘l qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan eng katta xatodir.
E. XABBARD
Kim uzluksiz ravishda g‘ayrat bilan oldinga intila borib o‘z xatolarini yo‘qotsa va kamchiliklarini yengsa, u shaxsiy kamolotnda yuksak cho‘qqilarni zabt etadi.
E. TELMAN
Hali yosh ekanmiz, xato ham foydadan holi emas, faqat uni to qariguncha sudrab yurmasak bo‘lgani.
I. GYoTE
Xatolar, agar ularni tan olishga bo‘yin yor.bersa, hamisha kechirimlidir.
F. LAROShFUKO
Kishi xato qilishi mumkin. Xatoni riyokorlikka yo‘ymaydilar… Haq ish bir qancha xatodan keyin ham o‘lmaydi. Juda bo‘lmaganda asosiy g‘oyasi mustahkamligicha qoladi. Agar birinchi qadamdan natija chiqmasa, ikkinchisidan chiqadi.
F. M. DOSTOEVSKIY
Buyuk kishilar ham xato qiladilar, ulardan ayrimlari shunchalik ko‘p yanglishadilarki, ularni o‘rtamiyona odamlar qatoriga qo‘shib qo‘yishingga sal qoladi.
G. LIXTENBERG
Gap hech vaqt xato qilmaslikda emas, balki uni mardlarcha tan olib, aql bilan ish ko‘rigaingdadir.
V. G. BELINSKIY
Odam qanchalik qudratli, axloqi qanchalik yuksak bo‘lsa, o‘zining zaif tomonlari va kamchiliklariga ham gaunchalik jur’at bilan qaray oladi.
V. G. BELINSKIY
Xatolarni tuzatish o‘rniga qaysarlik qilish har bir odam-ning yoki butun bir jamoatning obro‘sini to‘kadi.
B. FRANKLIN
Soxta fazilatli kishilar o‘z kamchiliklarini boshqalardan ham, o‘zlaridan ham yashiradilar, yaxshi fazilatli kishilar esa o‘z xatolarini aniq biladilar va ular haqida ochiqdan-ochiq gapiraveradilar.
F. LAROShFUKO
Kim hech qachon telbalpk qilmagan ekan, u o‘zi o‘ylaganchalik dono emas.
F. LAROShFUKO
Kishining ziyrakligi hech qachon xato qilmaslikda emas, balki uni qayta takrorlamaslikdadir.
K. BOUVI
Tuzatib bo‘lmaydigan mayda xatolardan yirik illatlarga o‘tish oson.
SENEKA
Inson o‘zini boshqacha qilib bo‘yab ko‘rsatmagan bo‘lsagina o‘z kuchiga ishonadi.
P. A. PAVLENKO
Faqat kuchli odamgina o‘z aybiga iqror bo‘ladi. Faqat kuchli odam kamtar, faqat kuchli odam kechiradi… hatto yozilib kulgan ham kuchli odam, aksariyat uning‘ kulgisi ko‘z yoshlaridir.
A. I. GERSEN
Kim o‘z kamchiliklarini tan olishdan uyalsa, bora-bora u orsizlarcha katta gunoh bo‘lgan o‘z qabihliklarini ham oqlay boshlaydi.
G. S. SKOVORODA
Fanda darslarni yodda tutish uchun ularii takrorlab turish kerak; axloqda esa xatolarni qaytarmaslik uchun ularni yodda tutish kerak.
V. O. KLYuChEVSKIY
Ko‘plar xato qilmaslikka intilishdan ko‘ra xatodan pushaymon bo‘lishni yaxshi fazilat deb hisoblaydilar.
G. LIXTENBERG
Agar kishi aynan bir xatoni ikki marta takrorlasa, u qo‘lini ko‘tarib yo tuturuqsizligini, yoki qaysarligini tai olishi kerak.
J. LORIMER
Shuni yodda tutki, fikringni o‘zgartirib, xatoingni tuzatadigan yo‘lga yurishing o‘z xatoingga yopishib olganingga qaraganda ko‘proq senga erkinlik beradi.
MARK AVRELIY
Barcha odamlar yanglishadilar, lekin buyuk kishilargina o‘z xatolarini tan oladilar.
B. FONTENEL
Ishni tuzatib bo‘lmaydigan darajaga olib borgandan ko‘ra xatoni tan olnsh ancha olijanobroqdir.
L. N. TOLSTOY
…Agar xatoda turib olinsa, agar uni chuqur asoslab bera boshlansa, agar uni «oxirigacha yetkazilsa», arzimagan xatodan ham har vaqt haddan tashqari katta xato keltirib chiqarish mumkin.
V. I. LENIN
Og‘ir xato ko‘pincha jinoiy ahamiyat kasb etadi.
SENEKA
Har kim xato qilishi mumkin, faqat nodongina o‘z xatosini tan olmaydi.
SISERON
Bizning har qanday nuqsonimiz shu nuqsoini yashirmoqchi bo‘lib qilgan nayranglarimizdan ko‘ra kechirarlidir.
F. LAROShFUKO
Uyatchanlik o‘z xatolaringni tan olishdan boshqa barcha hollarda o‘runlidir.
G. LESSING
Sernuqsonlik, shubhasiz, yomon, ammo undan ham yomonrog‘i, o‘zingda ularni tan olmaslik istagi, bunda mazkur nuqsonlarga o‘z-o‘zini aldash ham qo‘shiladi.
PASKAL
O‘zini-o‘zi aldash dahshat, chunki bunda aldovchi hamisha aldanuvchida mujassam bo‘ladi.
AFLOTUN
O‘zgalarni aldash ishni chigallashtiradi va bir qarorga kelishni qiyinlashtiradi, lekin haqiqat deb ro‘kach qilin-gan inson ko‘nglidagi yolg‘on esa odamni umrbod nobud etadi.
L. N. TOLSTOY
O‘z illatlaringni so‘z bilan niqoblashga emas, aksincha, oshkora davolashga urin.
PIFAGOR
O‘z nuqsonini bartaraf etishda o‘zi to‘grisidagi yomon gapdan foydalana bilgan kishigina baxtiyordir.
V. ShEKSPIR
O‘z ustingizdan kulishdan cho‘chimang, o‘z-o‘zini tanqid ham xuddi yuvinish kabi zarurdir.
M. GORKIY
Tom ma’nodagi o‘z-o‘zini tanqid — vijdonning ovozi.
V. A. SUXOMLINSKIY
O‘z ayblaringni yashirish bilan yaxshi odam bo‘lib qolmaysan; bu nuqsonlarni sidqidildan tan olsak obro‘yimiz qaytaga ortadi.
LIXTENBERG
O‘z nohaqligingizni tushunishingiz, avvalgidan ko‘ra aqlliroq bo‘lishingiz demakdir.
P. BUAST
O‘z ojizligini tan olish bilan inson yanada baquvvatlashadi.
O. BALZAK