Ayron ichgan qutular,
Chelak yalagan tutilar.
Allop un yalar,
Qassob — qon.
Arazchiga olti tayoq.
Ariqni kimlar qazir,
Suvini kimlar ichar.
Baliq yegan «suv-suv» der,
Qo‘sh haydagan «chuv-chuv» der.
Ber, dedi subhon,
Berib soldi sulton.
Berma, dedi subhon,
Nimani bersin sulton.
Bersa ol, ursa qoch.
Bin semizini yeydi,
Biri egizini yeydi.
Bitmagan savdoga shirinkoma yo‘q.
Bitta edi moyam,
Ikkita bo‘ldi dastmoyam.
Boshning yugurigi — boshga,
Qo‘lning yugurigi — oshga.
Boshsiz bo‘rk bo‘lmas,
Toysiz — turk.
Buzoqni tilga olsang,
Ipini uzib kelar.
Buyuigan olar,
Yugurgan qolar.
Buyurgan oshga tish tegar,
Yoz tegmasa, qish tegar.
Buyursa, bola,
Buyurmasa, chala.
Buyursa quyruq,
Buyurmasa yumruq.
Bo‘zchi belboqqa yolchimas,
Kulol — mo‘ndiga.
Bo‘zchi ishtonga yolchimas,
Temirchi — taqaga.
Bo‘ri xom yeb o‘lmas,
Ho‘kiz ishlab boy bo‘lmas.
Gadoga bir eshik yopiq bo‘lsa, bin — ochiq.
Etim yetti uydan osh ichar.
Etim kimniki — osh berganniki.
Yoqangdagini olguncha, qo‘lingdagi to‘kilar.
Jo‘jali tovuqdan don ortmas.
Ikki marta o‘lmaysan,
Bir martasidan qochib qutulmaysan.
Itga it o‘limi.
Ichib turgan oshimga,
Chivin otdi boshimga.
Yiroqqa borsang, yaqindan qolasan,
Yiroqqa qo‘ysang, yaqindan olasan.
Karvon ko‘p, rizqi boshqa.
Kim tekkanini yeydi,
Kim — suyganini.
Kimga — barmoqday,
Kimga — tirnoqday.
Kimga — to‘y, kimga — aza.
Kimga tuynukning yorug‘i,
Kimga — shamchiroq.
Kimga — hoy-hoy,
Kimga — voy-voy.
Kimning etagiga o‘t tushsa, o‘sha kuyar.
Kun — kuchliniki,
Qobirg‘a — tishliniki.
Ko‘kdan arpa yog‘sa ham,
Eshakning yemi nimcha.
Ko‘ppak yugurgani bilan tozi bo‘lmas.
Lxj’lining chirmandasi yorilsa,
Gardishi maymunga o‘yinchoq bo‘lar.
Mol ozig‘i — dalada,
Er ozig‘i — yo‘lida.
Mol ozsa, semiradi,
Odam ozsa, kemiradi.
Mol egasini topadi,
So‘z — jo‘yasini.
Nasib etsa, kelar Shom-u Iroqdin,
Nasib yitsa, ketar qosh-u qoboqdin.
Ne eksang, shu ko‘karar.
Non — nonda, kaliti — osmonda.
Ovchi non qidirar,
Konchi — kon.
Ovchining o‘limi — ovda,
Suvchining o‘limi — suvda.
Olgan — o‘g‘ri, beigan — tangri.
Olib qochguncha, sochib ket.
Ollo-ollo degan bilan
Osmondan chalpak yog‘ilmas.
Olomonchining yiqqani olomonga ketar.
Oltin, kumush tosh bo‘lar.
Tomoqdan o‘tsa, osh bo‘lar.
Oriq boqilar, semiz so‘yilar.
Osilmagan qozonga otilmagan quyon tushar.
Ot aylanib qozig‘ini topar,
Suv aylanib — yorig‘ini.
Ot aylanib qozig‘ini topar,
Er aylanib — yozig‘ini.
Ot bosmagan yerlarni toy bosar.
Ot boqsang — uloqqa,
Qo‘y boqsang — qo‘noqqa.
Ot jallobi och qolar.
Ot topadi, eshak yeydi.
Ot topganga qamchi topilar.
Ot o‘yini — qirq yilda.
Ota ko‘rganni bola ko‘rmas,
Bola ko‘rganni ota ko‘rmas.
Otang — qui, enang — qui.
Otangga ne qilsang,
Oldingga shu kelar.
Otlining nasibasi — oltov,
Tuyalining nasibasi — to‘rtov.
Och to‘yar, yalang‘och kiyar, o‘lgan ketar.
Ochiq og‘iz och qolmas.
Ochofat tishi bilan o‘ziga go‘r qazir.
Osh ozga qoldi,
Bosh tozga qoldi.
Oq qo‘yni ham o‘z oyog‘idan osarlar,
Qora qo‘yni ham.
Oqajak qon tomirda turmas.
Oqqan ariq oqmay qolmas,
Oqmay qolsa, ikki ko‘zing boqmay qolmas.
Og‘ilda uloq tug‘ilsa,
Adirda o‘ti unib chiqar.
Og‘riq — go‘rda,
Sog‘ — to‘rda.
Og‘riq-og‘riq — ko‘z og‘rig‘i,
Har kimsaning o‘z og‘rig‘i.
Palov desang, payshanbaga,
Do‘lma desang, dushanbaga.
Palovning qamchisi — choy.
Rizq kamimas,
Banda ochidan o‘lmas.
Rizqli mehmon osh ustidan chiqar.
Ro‘zingni sot, ro‘shnolik ol.
Savol — osmondan,
Javob — tegirmondan.
Sakson kunda — saboq,
To‘qson kunda — toboq.
Son tegmaganga son tegdi,
Zog‘ora tegmaganga — non.
Suv oqqan soyga yana suv oqar.
Suvga yaqin — rizqqa yaqin.
Supraga tushgan sichqonning
Boshi oqarmay qolmas.
Tariq sochilsa, tovuq to‘yar.
Tegirmonga kirgan gardsiz chiqmas.
Tekkanga — tuya boshi,
Tegmaganga — quyon boshi.
Til bilan tomoq qarimas.
Tirik yurgan quruq qolmas.
Tirik qulga mol bitar.
Tishi butunning rizqi butun.
Tishi yo‘qning rizqi yo‘q.
Tovoq sindirgan kosa to‘lar.
Tomoq ko‘rmay o‘lgandan,
Tomoq ko‘rib, yeyolmay o‘lgan yomon.
Tomoqdan o‘tganning bari tomoq.
Tongdagi — tangridan.
Topgan suyunar, tanigan olar.
Totgan ham bir, botgan ham.
Tushda suv ichgan bilan tashnalik qonmas.
Tushlik oshga tushlik yerdan kishi kelar.
Tushning oshi — tishga dori.
Tuyaday qiz uzatib,
Tugmaday jaz yemadim.
To‘ydan — to‘piqcha.
Umid o‘lmas, rizq kamimas.
Umringdan bir kun qolguncha, osh ye,
Pulingdan bir tiyin qolguncha, osh ye.
Uxlaganga ulush yo‘q.
Chekingga tushsa, chekchayma.
Shuvoq bor joyda tuyoq bor.
Er luqmasi er qornida qolmas.
Er molsiz bo‘lmas,
Yigit — yorsiz.
Erta turgan yigitning bir rizqi ortiq,
Erta turgan ayolning bir ishi ortiq.
Ertagi nasibadan qolma,
Kechki nasibaga borma.
Ertalabki ilitma,
Balo-qazoga yugurtma.
Ertalabki mushtdan qaytma.
Eshak — ishi bilan,
To‘ng‘iz — tishi bilan.
Eshakka bir tup shuvoq ham oziq, ham qoziq.
Yugurganniki emas, buyurganniki.
Yuzi yupqalik rizqqa zarar.
Yutganing o‘zingniki,
Chaynaganing — gumonda.
Otning o‘limi — itning bayrami.
O‘ttiz ikki tishda o‘ttiz ikki ish bor.
Qayerga borsang ham, qora qozoning og‘ayning.
Qaratgan quruq qolmas.
Qilgan eshikka boqar,
Qilmagan — teshikka.
Qilsa nasib, yeysan hasip.
Qutlug‘ uydan quruq ketma.
Qo‘li tekkanning og‘zi tegar.
Qo‘lni yuvib, och qolma.
Har kim nasib qilganini oshar.
Hasip — qilganniki emas,
Nasib qilganniki.