• Barmog‘ing sig‘magan joyga boshingni suqma.
• Dunyo bir narvondir: biri chiqar, biri tushar.
• Boriga sevinma, yo‘g‘iga achinma.
• Egri o‘tirsang ham to‘g‘ri gapir.
• Mushuk yo‘q uyda sichqonlar xurrak otarmish.
• O‘layotgan qo‘y bo‘ridan qo‘rqmas.
• Shoshilgan ishga shayton aralashadi.
• Och ayiq o‘yin o‘ynamas.
• Och yot — tinch tur.
• Ochning qorni to‘ysa ham ko‘zi to‘ymas.
• Och tovuqning tushiga don kirarmish.
• Qurtsiz yog‘och bo‘lmas.
• Og‘alik ehson-la bo‘lur.
• Yig‘lamagan chaqaloqqa ko‘krak tutmaydilar.
• Uy sohibining ishiga aralashma.
• Oqajak qon tomirda turmas.
• Aql bozorda sotilmas.
• Orif dushman ahmoq do‘stdan yaxshiroq.
• Aql yoshda emas, boshda.
• Egilgan boshni qilich kesmas.
• Onasiga boq, qizini ol.
• Tushunganga pichirlash soz, tushunmaganga dovul-surnay oz.
• Izlagan toparmish, ingragan o‘larmish.
• Do‘sting kimligini ayt — sening kimligingni aytaman.
• Sevgan ko‘rdir.
• Otdan indi, eshakka mindi.
• Otash tushgan yerini yoqar.
• Olov bo‘lmagan yerdan tutun chiqmas.
• Otilgan o‘q qaytib kelmas.
• Boshingni sovuqda tutsang ham oyog‘ingni issiq tut.
• Ayiqni so‘ymasdan terisini sotma.
• Jonivordan qo‘rqqan toqqa chiqmas.
• Qusursiz do‘st qidirgan do‘stsiz qolar.
• Oz bo‘lsin — soz bo‘lsin.
• Otasiz qolgan yetim emas, onasiz qolgan — yetim.
• Bol-bol degan bilan og‘iz totli bo‘lmas.
• Bol tutgan barmog‘ini yalar.
• Menga tegmagan ilon ming yil yashasin.
• Qarg‘a asrasang ko‘zingni cho‘qiydi.
• Besh barmoq bir emas.
• Pichoq sopini kesmas.
• Pichoq yarasi unutilar, til yarasi unutilmas.
• Bir chechak-la yoz kelmas.
• Ikki tovushqonni birdaniga tutib bo‘lmaydi.
• Bir qo‘ydan ikki teri chiqmaydi.
• Bir qichima qo‘y butun podani bulg‘aydi.
• Bizga kelgan bizga o‘xshar.
• Yo‘l yurish bilan, qarz to‘lash bilan bitar.
• Bekor o‘tirgandan bekorga ishla.
• Quruq so‘z bilan to‘rva to‘lmas.
• Baliq loyqa suvda tutiladi.
• Jon bo‘g‘izdan kelar.
• Ishlamagan yemaydi.
• Ko‘pni izlagan ozdan ham qolar.
• Ko‘p yashagan emas, ko‘p ko‘rgan bilar.
• Toma-toma ko‘l bo‘lar.
• Dovulning sasi uzoqdan xush eshitiladi.
• Teshik tosh yerda qolmas.
• Jinniga qonun yo‘q.
• Jinniga har kun bayram.
• Bir tutam o‘t tuyani jardan chiqarar.
• Tikansiz gul bo‘lmas.
• Til — pichoqdan o‘tkir.
• Tilning suyagi yo‘q.
• Tug‘ilmagan bolaga to‘n bichilmas.
• To‘g‘ri so‘z achchiq bo‘ladi.
• Do‘stlik boshqa, tijorat boshqa.
• Temir namdan, inson g‘amdan yemiriladi.
• O‘limga chora topilmas.
• Non qo‘ldan, suv ko‘ldan.
• Qo‘l qo‘ldan ustundir.
• Yalpoq qo‘zi ikki qo‘yni emadi.
• Eski do‘st dushman bo‘lmas, bo‘lsa-da, yarashmas.
• Eski ovulda yangi odat chiqarma.
• Et tirnoqdan ayrilmas.
• Faqirlik — masxaralik.
• Kech kelgan mehmon suyak g‘ajir.
• Inson qariydi, yurak qarimaydi.
• Ko‘z ko‘rar, jon sevar.
• Ko‘z qo‘rqar, qo‘l bajarar.
• Ko‘zdan uzoq — ko‘ngildan uzoq.
• Kulma qo‘shningga, kelar boshingga.
• Har qo‘yni o‘z oyog‘idan osadilar.
• Xo‘rozsiz ham tong otaveradi.
• Ikki dorboz bir ipda o‘ynamas.
• Inson olasi ichida, hayvon olasi tashida.
• Ip ingichka yeridan uziladi.
• Ishlagan temirni zang tutmas.
• Ayiq tulkiga buyurar, tulki — quyrug‘iga.
• It olishdan avval tayoqni hozirla.
• Jon chiqsa ham fe’l chiqmas.
• Eshikni qulfla, qo‘shnini o‘g‘ri sanama.
• Qiz — beshikda, sepi — sandiqda.
• Qo‘shnining tovug‘i g‘oz ko‘rinadi.
• Bo‘ri qo‘zi bilan do‘st bo‘lolmaydi.
• Lof lofga yo‘l ochar.
• Birlik qayda bo‘lsa, tiriklik o‘sha yerda.
• Erta turganga Alloh berar.
• Sabr — achchiq, mevasi — shirin.
• Saqla somonni, kelar zamoni.
• Ko‘p kun yig‘lashning bir kun kulishi ham bor.
• Suv oqa-oqa yo‘lini topar.
• Sel ketar, qum qolar.
• Suv kichikdan, so‘z kattadan.
• Suv quriydi, dushmas qurimas.
• Suruvdan ayrilganni bo‘ri yer.
• Totli til ilonni inidan chiqarar.
• To‘q ochning holini bilmas.
• Non-tuz haqini bilmagan ko‘r bo‘lar.
• Arzon go‘shtning sho‘rvasiz mazasiz.
• Uxlayotgan ilonning dumini bosmasang, chaqmaydi.
• Bir tosh bilan devor bo‘lmas.
• Bugungi tuxum ertangi tovuqdan afzal.
• Yozda yotdan qishda och qoladi.
• Yerning ham qulog‘i bor.
Davronbek Tojialiyev tarjima qildi.
Gagauzlar — Moldaviya (147 ming kishi, 2004) va Ukraina (32 ming kishi, 2001)da yashovchi turkiy xalq. Shuningdek Rossiya (13 ming, 2010), Bolgariya, Ruminiya, Gretsiya, Turkiya, qisman Qozog‘iston (Sirdaryo bo‘ylari) va O‘zbekistonda (Toshkent viloyati) ham yashaydi. Umumiy soni — 250 ming kishi (2000 yillar o‘rtalari). Gagauz tilida so‘zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar.